Mavzu: chempion sportchining shaxsiy sifatlari jamoaviy sport turlari misol kirish mavzuning dolzarbligi
Download 113.63 Kb.
|
CHEMPION SPORTCHINING SHAXSIY SIFATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tarkibi
Kurs ishining maqsadi: chempion sportchining shaxsiy sifatlari haqida ma’lumot berish.
Kurs ishining vazifalari: Sportchining diqqat va taktik harakatlarida kuzatuvchanlik Sportchida taktik tayyorgarligida tafakkur xuxusiyatlari Sportchi xarakteri va temperamenti Sportchining shaxsiy qobiliyatlari Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatdan iborat. I BOB. CHEMPION SPORTCHINING TAKTIK HARAKATLARIDA KUZATUVCHANLIK VA DIQQATCHANLIK 1.1. Sportchining diqqat va taktik harakatlarida kuzatuvchanlik Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta‘minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas‘uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo’yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi. Psixologiya fanida diqqatga har xil ta‘rif beriladi, uni yori-tishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to’plab, muayyan bir obyektga aktiv (faol) qara-tilishi aytiladi (P.I.Ivanov). P.I.Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o’zimiz qilgan ishimiz, o’y va fikrlarimiz diqqat-ning obyekti bo’la oladi. N.F.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, F.N.Gonobolin va boshqalarning nuqtai nazaricha, diqqatning vujud-ga kelishida ongning bir nuqtaga to’planishi ong doirasining torayishini bildiradi, go’yoki ong doirasi bir muncha tig‘izlanadi. Bunday torayish vatig‘izlanish natijasida ongdoirasi yanada yorqinlashadi. Ongning eng toraygan, tig‘izlangan yorqin nuqtasi diqqatning markazi (fokusi) deb nomlanadi. Xuddi shu markaz (fokus)ga tushgan idrok qilinayotgan jismlar, tasavvur obrazlari, o’y va fikrlar to’la, yorqin va aniq ifodalanadi. Jahon psixologlarining fikricha, diqqat uzluksiz ravishda, muayyan darajada aktivlik xususiyatini saklab turadi. Bunday aktivlik, ongning biron-bir obyektga yo’nalishining kuchayishi va ma‘lum vaqt davomida diqqat yo’naltirilgan narsaga ongning faol (aktiv) qaratilishini regulirovka qilib turadi hamda mazkur holatning saklanishini ta‘minlaydi. Shuni alohida ta‘kidlab o’tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Shu-ning uchun barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishga ta‘sir etadi. Shu boisdan diqqat qaratilgan obyektlar ong to’plangan nuqtasida aniq, yaqqol aks ettiriladi. Demak, diqqat aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va samaradorligini ta‘minlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u har qanday inson faoliyatining zaruriy shartidir. Psixologiya tarixining sahifalarini varaqlasak, diqqatning kishi faoliyatidagi roliga berilgan yuksak va qimmatli mulohaza-lar uchraydi. Jumladan, fransuz olimi Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb ta‘riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrini doimo shu masalaga qaratilish jarayoni deyishi, Ushinskiyning diqqat psixik hayotimizning yagona eshigi deb baho berishi bunga yorqin misol bo’la oladi. Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlovchanlik va yo’nalganligi bilan xarakterlanadi. Shu boisdan inson atrof-muhitning ko’plab qo’zg‘atuvchilari, ta‘sirlari orasidan alohida nimanidir idrok etadi, faraz qiladi, allaqaysi narsa to’g‘risidagina mulohaza yuritadi, xolos. Ongning bu xossasi diqqat xususiyati bilan bog‘liq ravishda namoyon bo’ladi. Diqqat bilish jarayonlari singari o’zining alohida mazmuniga, muayyan mahsuliga ega emas, shuning uchun u barcha jarayonlarning jo’shqinligi, ildamligini ta‘minlaydi. Demak, diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo’naltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir (Ye.B.Pirogova). Berilgan ta‘rifga binoan, "ushbu yo’naltirilganlik subyektning ehtiyojlariga, uning faoliyati maqsadlari va vazifalariga mos keladigan obyektlarning tanlanganligida, ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy tanlashda va ajratishda vujudga keladi. Diqqatning muayyan obyektlarga to’planishi, to’planganligi (konsentra-siyalanishi) ayni paytda boshqa jismlardan chalg‘ishni yoki ularning vaqtincha (muvaqqat) inkor etilishini talab qiladi. Ana shu omil-larga ko’ra, aks ettirish ravshanlanib boradi, tasavvurlar, mulohazalar faoliyat yakunlangunga qadar, qo’yilgan maqsadga erishguncha ongda saqlanadi. Ana shu yo’sinda diqqat faoliyatini nazorat qilib boradi va uni boshqaradi. Shuning uchun ko’pgina psixologlar (P.Ya.Galperin va uning shogirdlari) diqqatni yuksak turini bilish jarayonlari, kishining xulq-atvori kechishini boshqarish imkoniyatiga ega ekanligini ta‘kidlaydilar. Diqqatning.biror obyektga yo’nalishiga ko’ra sensor (perseptiv), aqliy (intellektual), harakatlantiruvchi (harakat) shakllariga ajratish mumkin. Diqqatning muayyan obyektga to’planishi ko’p jihatdan insonning his-tuyg‘usi, irodaviy sifati, qiziqishi kabilarga bog‘liqdir. His-tuyg‘ular va emosional holatlar diqqatning obyekti bilan uzviy bog‘langandagina uning uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi. Histuyg‘ular, emosional holatlar qanchalik kuchli va ko’tarinki tarzda namoyon bo’lsa, demak, diqqat ham shunchalik obyektga mustahkam qaratiladi. Hislar, emosiyalar diqqatning ham ixtiyorsiz, ham ixtiyoriy turlarini zo’raytiradi. Insonning amaliy va aqliy faoliyati jarayonida uning ongi muayyan darajada yangi bilimlar ma‘lumotlar bilan boyib borishi natijasida diqqat ham takomillashadi. Yangilikni payqash hissi odam aqliy faoliyatini faollashtiradi (aktivlashtiradi), shu bilan birga, diqqatning obyektga uzoqroq to’planishini ta‘minlaydi. Insonning barqarorlashgan kayfiyati diqqatning kuchi va ildamligini oshiradi, tanlovchanligiga ijobiy ta‘sir etadi. Stress, effekt singari emosional holatlar diqqatga salbiy ta‘sir etib, uning tashqi ta‘sirlariga beriluvchan, kuchsiz qilib qo’yadi. Ana shuning oqibatida diqqat chalg‘iydi, bo’linadi, parishonlik namoyon bo’ladi, faoliyatdagi bir tekislik buziladi. Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko’pincha irodaviy deb nomlanadi. Bu, albatta, bejiz emas, chunki, diqqatning muayyan obyektga yo’naltirilishi iroda kuchi bilan saqlab turiladi. Hatto ixtiyorsiz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham irodaning zo’ri bilan yo’naltirilgan obyektda to’planib turadi. Irodaning faoliyatni amalga oshirishda ishtirok qilishi ko’p jihatdan kishining maqsadiga intilishi, ishchanlik qobiliyati, psixologik tayyorligiga bog‘liq. Shu boisdan diqqatning kuchi, barqarorligi, mustahkamligi ildamligi odamning muayyan faoliyatini bajarishga moyilligi, shayligi bilan o’lchanadi. Diqqatning yuksak darajada mujassamligini ta‘minlab turishda odamning faoliyatni bajarishga muvofiqlashgani muhim rol o’ynaydi. Har qanday faoliyatni amalga oshirishning boshida qiyinchiliklar yuzaga keladi va ular kishidan irodaviy zo’r berishni talab qiladi. Faoliyatni bajarishdagi nuqsonlarning namoyon bo’lishi diqqatni to’plashdagi qiyinchiliklarningoqibati bo’lib hisoblanadi. Diqqatning obyektga to’planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga bog‘liqdir. Hatto ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishining ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyatga egadir. Odatda, faoliyatga qiziqish bevosita va bilvosita shaklda namoyon bo’ladi. Bevosita qiziqish faoliyat jarayoniga, xatti-harakatlarning o’ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqishdan iboratdir. Bilvosita qiziqish esa faoliyatning maqsadiga, uning natijasiga yo’naltirilgan qiziqishdir. Ixtiyoriy, irodaviy diqqat bilvosita qiziqish bilan aloqadordir. Psixologik ma‘lumotlarning tahliliga ko’ra, diqqatning obyektga to’planishi va mustahkamlanishi ko’zlangan maqsadni, faoliyat mahsulining zarurligi hamda sifatining ahamiyatini inson tomonidan anglash orqali ta‘minlab turiladi. Faoliyat maqsadini anglash o’z ish-harakatida kishi diqqatining yuksak darajada mujassamlanishini ta‘min etuvchi eng muhim shart va sharoitlardan biridir. Diqqatning ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda vujudga kelishi o’zining yo’nalishiga ko’ra tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Agar diqqatning manbai ongimizdan tashqarida bo’lsa tashqi deb ataladi. Masalan, haydovchi, tikuvchi, muharrir kabilarning faoliyatida sodir bo’ladigan diqqat tashqi diqqatdir. Tashqi diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo’lmasdan, balki fikr yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o’zi yaratgan narsasi-ni tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, muhandisning to’g‘on qurilishini ko’z o’ngiga keltirish bilan bog‘liq holatlar bunga misol bo’la oladi. Inson ongining o’zida sodir bo’layotgan o’z hissiyotlarini, fikrlarini, orzu-istaklarini va shu kabilarni kuzatishda ichki diqqat yuzaga keladi. Diqqatning har ikkala ko’rinishi ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib hissa qo’shish imkoniyatiga egadir. Sportchining sezgi bilish jarayonlari: Jahon psixologiyasi fanida to’plangan ma‘lumotlarning ko’rsatishicha, sezish oddiy psixik bilish jarayoni hisoblanib, moddiy qo’zg‘atuvchilarning muayyan reseptorlarga bevosita ta‘sir etishi orqali real olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini va shuningbilan birga, inson organizmining (uninga‘zolarining) ichki holatlarini aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki bosqichidir. Sezgi biosfera va neosferada harakatlanuvchi jamiki narsalarning, xoh mikro, xoh makro tuzilishidan qat‘iy nazar, sezgi organlariga ta‘sir qilish mahsulasining sodda obrazlar, timsollarning ayrim tarkibiy xususiyatlar tariqasida aks etishidir. Inson atrof-muhitdagi moddalar shaklini, harakatlar ko’rinishini, ularning xossalarini o’ziga xos xususiyatlarini sezgi organlari yordamida, sezgilar orqali biladi, xolos. Sezgilar to’g‘risidagi ilmiy ta‘limotlarga binoan narsalar va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning o’zi esa tashqi va ichki qo’zg‘atuvchilarning sezgi a‘zolariga ta‘sir etishining mahsulidir. Ma‘lumotlarning ko’rsatishicha, sezgilar moddiy (obyektiv) borliqning, voqealikning haqqoniy tasvirini in‘ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko’rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo’lsa ular xuddi shundayligicha hech o’zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir. Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmla-rini qo’zg‘atuvchilarning o’ziga mutlaq mos (adekvat) bo’lgan analizatorlar ta‘siri natijasida yuzaga keluvchi asab (nerv) jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziologlar va psixologlarning ta‘limotlariga ko’ra analizatorlar uch o’zaro uzviy uyg‘unlikka ega bo’lgan tarkibiy qismlardan iboratdir. Sodda qilib talqin qilin-ganda mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikdagi tuzilishdir: tashqi kuch-quvvatni (energiyani) asab (nerv) jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya‘ni reseptordan; analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan bog‘lovchi afferent (markazga intiluvchi asab tolasi), o’tkazuvchi asab yo’llaridan; periferiya qismlaridan keluvchi nerv impulslari (harakatla-ri) qayta ishlanuvchi analizatorlarning miya po’stidagi qismlari-dan (uchastkalaridan) iboratdir. Boshqacha so’z bilan aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko’z, quloq, teri, burun kabilar), ta‘sirotni eltuvchi (afferent), javob qaytaruvchi (efferent) nerv tolalari, analizatorlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorni tashkil qiladi. Jahon psixologiyasi fanining so’nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikasiya qilinadi (ushbu tasniflanishning dastlabki ko’rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taaluqlidir): tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda reseptorlarga tananing sirtqi qismiga joylashgan sezgilar, ya‘ni eksterioreseptiv sezgilar (reseptorlar); ichki tana a‘zolari holatlarini in‘ikos etuvchi hamda resep-torlari ichki tana a‘zolarida, to’qimalarida joylashgan sezgilar, ya‘ni interoreseptiv sezgilar; tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma‘lumot (axborot, xabar) beruvchi, muskullarda, bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya‘ni proprioreseptiv sezgilar. Birinchi turkum sezgilarni ko’rish, eshitish, hidlash, teri-tuyush, ta‘m-maza, kabi turlar tashkil qiladi. Ko’rish 380 dan 770 gacha millimikron diapazondagi elektromagnit nurlardan iborat jarayondir. Eshitish esa tebranish chastotasi 16 dan to 20000 gacha bo’lgan tovush to’lqinlaridan iboratdir. Ko’rish sezgilari bosh miya po’stini tepa burmasining qismida joylashgan bo’dadi. Teri-tuyush, harakat sezgilari miya po’stini markaziy burmasining orqa qismidan o’rin olgandir. Endi sezgilar klassifikasiyasi, mohiyati va uning negizlari yuzasidan kenfoq mulohaza bildiramiz. A.R.Luriyaning fikricha, interoreseptiv sezgilar asl, tub ma‘nodagi sezgilar emas, balki emosiyalar bilan sezgilar o’rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilarning subyektiv ravishda paydo bo’lishi yetarli darajada chuqur o’rganilmagan, xuddi shu bois ular «noma‘lum hislar» doirasiga kiritilgandir. Ular to’g‘risidagi bilimlar bilan tanishish, o’zgarib borishlarini tekshirish «kasalliklarning ichki manzarasi»ni ifodalab berishda muhim rol o’ynashi mumkin. Ichki organlarning xastaligida vujudga keluvchi mazkur holatlar ichki kasalliklarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etishi turgan gap (A.R.Luriya tadqiqotlaridan). Bunday xususiyatli ixtiyorsiz sezgilar insonda juda erta uyg‘onadi, shuning bilan birga ularning ifodalanishi o’ziga xos shakllarga egadir. Chunonchi, ular «oldindan his qilish» tariqasida paydo bo’lib, hatto inson ularni ta‘riflab berish imkoniyatiga qodir emas, ko’pincha ushbu kechinmalar tush ko’rishda qaysidir kasallik huruj qilayotganligidan darak beruvchanlik vazifasini o’tmaydi, xolos. Ular insonning kayfiyatida, emosional reaksiyalari o’zgarishida ko’zga tashlanadi, bolada esa xatti-harakatning keskin o’zgarishiga sabab bo’ladi. Chunki, bola o’z tana a‘zolaridagi ichki holatlarning o’zgarishini anglash, sezish, his qilish uquviga ega emas, xuddi shu tufayli undagi xatti-harakatning umumiy o’zgarishi belgilaridan buni sezish mumkin. Bu hodisalarning yorqin misoli sifatida quyidagi voqyelikni tahlil qilamiz: bola o’z ichki interoreseptiv sezgilarini namoyish qilish maqsadida «kasal» bo’lib qolgan qo’g‘ircho-g‘ini parvarish qila boshlaydi. Interoreseptiv sezgilarning obyektiv ahamiyati juda yuqori, chunki ular ichki jarayonlarni o’zaro o’rin almashtirish balansini ta‘minlab turishning asosi hisoblanadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, ular organizmlardagi jarayonlarni o’zaro o’rin almashib turishining gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. Ichdan paydo bo’ladigan signallar xatti-harakatni vujudga keltiradi, stress, zo’riqish, effekt holatlarini yo’qotish (bartaraf qilish, pasaytirish), tug‘ilib kelayotgan mayllarni esa qoniqtirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Oqibat natijada, ichki tana a‘zolarining faoliyatini izdan chiqish holati yuz berishi mumkin. Xuddi shu sababdan tibbiyot psixologiyasida interoreseptiv sezgilar ham muhim rol o’ynaydi. Somatik va visperal jarayonlar, ruhiy holatlar (psixosomatika) o’rtasidagi mu-nosabatlarni o’rganish imkonini yaratadi. Interoseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari interosepsiya bilan birgalikda K.M.Bikov, V.N.Chernigovskiylar tomonidan atroflicha o’rganilgan. Bu narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqqan holda sharhlab berilgan. Proprioreseptiv sezgilar tana dvigatel apparatining va gavdaning fazodagi holati to’g‘risida signallar bilan ta‘minlab turadi. Ular inson harakatining regulyatorini va afferent asosini tashkil qiladilar. Periferik reseptorlar muskullarda, paylarda va bo’g‘imlarda joylashgan bo’lib, maxsus tanachalari shakliga egadirlar. Mazkur tanachalar Puchchini tanachalari deb ataladi. Tanachalarda vujudga keluvchi qo’zg‘atuvchilar muskullarining taranglashuvi natijasida va bo’g‘imlar holatining o’zgarishida, nerv tolalari (iplari) yordamida orqa miyaning orqa ustunidagi (stolbasidagi) oq suyuqliklarga yetkaziladi. Qo’zg‘ovchilar Burdax va Goll yadrosining quyi bo’limlariga yetib keladi va undan po’stosti tugunlaridan o’tib, bosh miya katta yarim sharining qorong‘ilashgan zonasida o’z harakatini yakunlaydi. Proprioreseptorlar harakatining afferent asosi ekanligi A.A.Orbeli, P.K.Anoxin (hayvonlarda), N.A.Bernshteyn (odamlarda) tomonidan o’rganilgan. Psixologik ma‘lumotlarga ko’ra, gavdaning fazodagi holati sezgirligi statik sezgilarda o’z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo’lib, o’zaro bir-biriga perpendikulyar bo’shlikda tutash holatda yotadi. Masalan, bosh holatining o’zgarishi quyidagi sxemaga binoan amalga oshadi: o’zgarish endolimfa suyuqligiga bog‘liq qo’zg‘alish; eshitish nervi; vestibulyator nerv; bosh miya po’stining chakka bo’lmasi; miya apparatiga o’tadi. Vestibulyator sezgirlik apparati qurish bilan bevosita aloqada bo’lib, fazoni oriyentirlash jarayonida ishtirok etadi. Masalan, avtomobilning yo’ldan o’tishi (qatnovi), qalin o’rmonni kesib o’tish payti va hokazo. Xuddi shunday holat uchishda ham yuzaga kelishi mumkin. Patologiya holatida ham xuddi shunday jarayonga duch kelinadi. Vestibulyator sezgirlik apparati qurish bilan bevosita aloqada bo’lib, fazoni oriyentirlash jarayonida ishtirok etadi. Masalan, av-tomobilning yo’ldan o’tishi (qatnovi), qalin o’rmonni kesib o’tish payti va hokazo. Xuddi shunday holat uchishda ham yuzaga kelishi mumkin. Patologiya holatida ham xuddi shunday jarayonga duch kelinadi. Ekstroreseptiv sezgilar moddalikdan (5 tadan) tashqari intermodal nospesifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi. Masalan, eshitish organi (a‘zosi) orqali sekundiga 10-15 tebranishni sezish mumkin, lekin quloq bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopqog‘i, tirsak, tizza uchlari orqali) payqash-vibrasiya sezgirlik deyiladi. Masalan, karlarning tovushlarning idrok qilishi, pianinoni ushlab turish, pol yoki mebelning harakati kabilar. Odatda, vibrasion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. Intermodalning boshqa bir ko’rinishi mana bunday holatda namoyon bo’ladi: hid, ta‘m va maza sezgilarida; o’ta kuchli tovushda, o’ta yorqin yorug‘likda; tricheminal, ya‘ni uch xil ta‘sirning uyg‘unlashgan, integrativ holatida kabilar Sezgining nospesifik shakli - terining foto sezgirligi ranglarning nozik jilolarini ajratish, qo’l uchlari bilan sezish orqali ro’yobga chiqadi. Terining foto sezgirligi A.N.Leontev tomonidan kashf qilingan bo’lib, bu narsa ko’pgina holatlarga oqilona yonda-shish imkoniyatini vujudga keltiradi. Ushbu kashfiyot qo’l uchiga yashil va qizil rangli yorug‘lik yuborish orqali dunyo yuzini ko’rgan. Rang signallarining og‘riq qo’zg‘atuvchilar bilan munosabati qiyosiy jihatdan olib borilganda, insonni faol mo’ljallash (oriyentirlash) jarayonida uning qo’l uchi terisiga kelib tushadigan rang nurlarini farklashga o’rgatish mumkin ekan. Psixologiya fanida trening foto sezgirligi tabiati hali yetarli darajada o’rganilgani yo’q. Shunga qaramasdan, talamitik tizim va po’st ostining qo’zg‘alganida asab tizimi hamda teri ektodermlaridan kelib chiqqan, atrofga yoyilgan (tarqalgan), rudimentlar yorug‘lik se-zish elementlari maxsus sharoitda muvaffaqiyatli harakat qiladi. Ko’pincha «oltinchi tuyg‘u, hissiyot» sharofat bilan inson tomonidan «masofa»ni sezish, ko’r odamlarda to’siqni his qilish ushbu jarayon uchun yorqin misol bo’la oladi. Ehtimol, yuz terisining issiq havo to’lqinlarini idrok qilish, to’siq oralig‘ida mavjud bo’lgan tovush to’lqinlarini (tebranishlarini) o’zida aks ettirish terining foto sezgirligini ilmiy jihatdan izohlashga muayyan negiz (asos) bo’lib xizmat qilishi mumkin. Download 113.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling