Mavzu: Chet el korxonalarining kadrlar boshqarish strategiyalari: Amazon kompaniyasi Reja: Zamonaviy korxonalarda boshqaruv jarayoni
Download 0.55 Mb.
|
amazon
Mavzu: Chet el korxonalarining kadrlar boshqarish strategiyalari: Amazon kompaniyasi Reja: 1.Zamonaviy korxonalarda boshqaruv jarayoni. 2. Amazon kompaniyasi haqida siz bilgan va bilmagan ma’lumotlar. 3.Amazonda xodimlar va ularning ish haqi. 4. Amazonda ishlashga qanday erishish mumkin? Kirish. Korxonaga (tashkilotga) istiqbolli va doimiy tarzda samarali iqtisodiy, ham ijtimoiy va psixologik osoyishta muhit yaratuvchi omil - ishlab chiqilgan kadrlar siyosati hisoblanadi. Har qanday zamonaviy korxonaning (tashkilot)ning boshqaruv jarayonidagi asosiy vazifasi – yuqori malakali xodimlarni topish, barcha xodimlarni yagona maqsadga chorlash va ruxlantirish, eng yuqori ijtimoiy va iqtisodiy natijalarga erishish uchun ularni jipslantirish, o‘zgaruvchan bozor munosabatlari sharoitida goho keskin sur’atlarda rivojlanish, goho inqiroz mashaqqatlari sharoiti dan chiqib ketish tadbirlarini qo‘llashni talab qiladi. Milliy iqtisodiyotimizdagi ro‘y berayotgan innovatsion jarayonlar avvalo, kadrlar siyosatida ham o‘zgarishlarni talab qiladi. Alohida qayd etish lozimki, ushbu atama amaliyotda anchadan beri qo‘llaniladi, ammo har bir korxonada (tashkilotda) uning ishlash tartibi qandayligi, kadrlar siyosati o‘z ichiga olgan masalalar qay darajada olib borilayotganligiga bog‘liq. Korxonada kadrlar siyosatining eng muhim jihati rahbar toifasidagi xodimlar zaxirasi bilan ishlashdir. Respublika korxo nalarida (tashkilotlarida) xodimlarning kasbiy (professional) lavozimi o‘sishi, xodimning kasbiy-ishchanligi hisobiga, uning mehnatini baholash natijalariga asoslanadi. Amalda esa O‘zbekistonning barcha korxonalarida xodimlar ning kasbiy fazilatlarini maxsus baholash tadbirlari rasman o‘tka zilmaydi, Shuning uchun xodimlarning professional o‘sishi va ma’muriy lavozimlarga ko‘tarilishi ko‘p hollarda tasodifan yoki tanish-bilishchilik asosida amalga oshiriladi. Amazon.com, Inc. jahondagi eng yirik transmilliy kompaniyalar biridir. Kompaniyaga 1994-yilning 5-iyulida Jeff Bezos tomonidan Vashington shtatining Bellevue shahrida asos solingan[1]. Avvalboshda onlayn kitob doʻkoni oʻlaroq ish boshlagan. Bosh ofisi AQShning Seattle shahrida joylashgan. Amazon haqida qiziqarli faktlar: 1. Kompaniya ilk bor Cadabra deb nomlangan. 2. Boshida Amazon kitob do‘koni sifatida faoliyat koʻrsatgan. 3. Kompaniyaning 41 xil turdagi brendi mavjud 4. Amazon xodimlari kuchukchalarini ishga olib borishlari mumkin 5. Kompaniyaning bosh ofisida o‘simliklarning 400 turi mavjud. Amazon — birinchilardan bo‘lib internet imkoniyatlaridan samarali foydalana olgan kompaniya. Bugun Amazon.com onlayn savdolarni amalga oshirish uchun yirik maydon, uning sayti eng ommaviy saytlardan biriga aylandi. Kompaniya nafaqat o‘zi ishlab chiqargan mahsulot, balki turli kompaniya, korxona, do‘konlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ularning mahsulotlarini sotishdan ham katta foyda ko‘radi. Mijozlar do‘konma-do‘kon yurib, vaqtini bekorga sarflamay, o‘tirgan joyidan saytga kirib istalgan buyumiga buyurtma berishi, qisqa fursatlarda uni xarid qilishi mumkin. Saytda mebel, elektronikadan tortib, oziq-ovqat mahsulotlarining rasmi, ko‘rsatkichlari, narx-navosi joylashtirilgan. Kompaniyadan mahsulot xarid qilish uchun avval sayt ro‘yxatidan o‘tiladi, keyin xarid qilmoqchi bo‘lgan buyum nomi yozilib, so‘ng kredit karta raqami, manzil nomi kiritiladi. Kompaniya xarid rasmiylashtirilganidan so‘ng mijozning kartasidan mablag‘ni birdaniga emas, balki mahsulot mijozga yetkazilganidan so‘ng yechib oladi. Kompaniya saytiga istalgan kishi o‘z muallifligidagi kitobning elektron nusxasini joylashtirishi mumkin. Faqat kitob narxi 2 dollardan kam, 9 dollardan yuqori bo‘lmasligi lozim. Kompaniya har bir sotilgan elektron kitobdan tushgan mablag‘ning 70 foizini muallif hisobraqamiga o‘tkazadi. Bundan ham kompaniya, ham saytga kitobini joylashtirgan muallif foyda ko‘radi. Amazon’ning Avstraliya, Braziliya, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Polsha, Ispaniya, Hindiston va Xitoyda filiallari faoliyat ko‘rsatadi. Kompaniya mahsulotlarni saqlash, qadoqlash hamda ularni yetkazish bo‘yicha zamonaviy logistika tizimini yo‘lga qo‘ygan. Uning buyurtmalarni amalga oshirish punkti odatiy omborxonalardan ancha katta. Bu yerda buyurtmalar yig‘iladi, saralanadi, qadoqlanadi hamda so‘ralgan manzilga yetkaziladi. Amazon 180 omborxona, 28ta mahsulotlarni saralash markazi, 59ta mahalliy yetkazish punkti, Prime Now loyihasi doirasida mahsulotni ikki soatda yetkazib beruvchi 65ta stansiyaga ega. Bundan tashqari, kompaniya tizimida 4 mingdan ziyod yuk mashinalari, ijara asosida esa 20 samolyotdan foydalaniladi. 2012 yilda Amazon robot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Kiva Systems kompaniyasini 775 million dollarga sotib oldi. Bugungi kunda kompaniya tizimida 100 mingdan ziyod ana shunday robotlardan foydalanilmoqda. Ular omborxonalardagi ishni yengillatish imkonini bermoqda. Mahsulotlar uzoq manzillarga samolyot va kemalar vositasida yetkaziladi. Amazon.com kompaniyasi ishchilarning umumiy soni 2007-2021 yillar oralig‘ida sezilarli darajada oshdi. 2021-yilda shtab-kvartirasi Sietlda (Vashington) joylashgan Amerika transmilliy elektron tijorat kompaniyasida 1,608,000 nafar to‘liq va yarim kunlik xodimlar ishlagan. • Amazon har yili bayram mavsumlarida qo’shimcha xodimlarni yollaydi, chunki ularda kiruvchi buyurtmalar ko’payadi. 2021-yilgi bayram mavsumida Qo’shma Shtatlarda taxminan 125 000 yangi ishchini ish bilan ta’minlangan. • Amazon.com o’rtacha ish haqi Professional haydovchi uchun yiliga taxminan $25 000 dollardan, reklama va sotuvlar bo’yicha vakillari uchun yiliga $163 351 dollargacha to’lab boradi. O’rtacha Amazon.com soatlik maoshi: Tahminlovchi uchun soatiga taxminan $12,00 dollardan, Mahsulot marketingi menejeri uchun soatiga $42,26 dollargacha.
Emolument.com kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, xodim kompaniyaga ishga kirganda yiliga 90 ming funt sterling (135 ming dollar) ish haqini o‘z ichiga oluvchi bir yillik paket bilan ta'minlanadi. Bu pullardan 15 foizi yaxshi ishlaganlik uchun bonusni tashkil qiladi. Bu borada 2-o‘rinni yosh xodimlar uchun yiliga 83 ming funt sterlinglik (120 ming dollar) oylik bilan Apple, 3-o‘rinni esa yiliga 73 ming funt sterlinglik (105 ming dollar) ish haqi bilan Google egalladi.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling