Mavzu: Chiqindisiz texnologiya yaratish Ishning maqsadi
Download 15.63 Kb.
|
chiqindisiz texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishda foydalaniladigan asboblar va jihozlar
- Qisqacha nazariy qism
- Amaliy mashg‘ulot bo‘yicha ko‘rsatmalar
- Б) Chiqindisiz texnologiya yaratish
- Amaliy mashg’ulotni bajarish tartibi
- Amaliy mashg’ulotniishlari natijalarini hisoblash bo’yicha ko’rsatmalar
Mavzu: Chiqindisiz texnologiya yaratish Ishning maqsadi: Paxta chanog‘idan pektin ajratish misolida chiqindisiz texnologiya yaratish va uning ahamiyati xaqida talabalarga tushuncha berish. Talabalarni chiqindisiz texnologiya yaratish ustida ish olib borishi uchun yo‘nalish berish. Ishda foydalaniladigan asboblar va jihozlar: 1.Analitik tarozi 2. Probirkalar, stakanlar, pipetkalar 3. Paxta chanog’i 20-50 g 4. 3% NaCl eritmasi 5. 0,5 shavel yoki HCl kislotasi 6. 96% etanol Ishning nazariy asoslari: chiqindilarni kamaytirish, yoki atrof-muhitga zararsiz chiqindilarga aylantirish texnika tarakkiyotining asosiy vazifasi hisoblanadi. Buning uchun mavjud texnik jarayonlardan eng optimallarini tanlash zarur, davriy jarayonlardan uzluksiz jarayonlarga utish kerak. Bunda chikayotgan chiqindi mikdori kamayadi. Xom ashyodan kompleks foydalanishni yulga quyish muhim ahamiyat kasb etadi. Qisqacha nazariy qism: pektin – o‘simlik va mevalarda mavjud bo‘lgan polisaxarid bo‘lib, oziq-ovqat, kimyo, tibbiyot, farmatsevtika sohalarida inson sog‘ligi uchun muhim ahamiyatga ega biologik faol modda hisoblanadi. Laboratoriya ishini bajarish tartibi: A) Paxta chanog’idan pektin ajratib olish 1. 20 g paxta chanog’I tarozida tortib olinadi va 3 % li NfCl eritmasi bilan 90 oC da 15 minut davomida ishlov beriladi. So’ng suv bilan yuviladi va filtirlanadi. 2. Yuvilgan chanog’ga 0.5% shavel yoki xlorid kislata solinadi va 1 soat davomida 80oC da ekstraksiyalanadi, so’ng filtirlanadi. Olingan ekstraktni hajmi o’lchanadi va pectin ajratib olish uchun ishlatilinadi. Chiqindi esa suv bilan yuviladi va oqsilga boyitilgan yem olish uchun ishlatiladi. 3. Estraktdan 1: 2 hajmda etanol solinadi. Pektin cho’kmaga tushadi. Oz vaqt o’tgandan so’ng pektin filtirlanadi. 4. Pectin etanol bilan yuviladi va havoda qurutiladi. 5. Olingan pektin og’irligi o’lchanadi. Amaliy mashg‘ulot bo‘yicha ko‘rsatmalar: Analitik tarozi Probirkalar, stakanlar, pipetkalar Pektinni metodika bo’yicha ajratib oling. Ajratib olingan pektinni miqdorini aniqlang. Necha foiz pektin ajratib oldingiz? Texnologik sxema tuzing. 1 t xomashyodan qancha pektin olinishini va sarf bo’lgan moddalarni sanab chiqing. Б) Chiqindisiz texnologiya yaratish(Oqsilga boyitilgan yem olish biotexnologiyasi) Ishda foydalaniladigan asboblar va jihozlar: Analitik tarozi Probirkalar, stakanlar, pipetkalar Paxta chanog’I Zamburug’jar o’stirish uchun chapek muxiti (sterillangan) Bazidiomiset zamburug’i Pleurotus ostreatus Steril sharoit (boks yoki laminar) Amaliy mashg’ulotni bajarish tartibi: Achitqini uzlukli kultivatsiyalash usuli: kultivatsiyalash 1 litr oziqa muhitda 3-5 sutka davomida 26 oC da aerob sharoitda olib boriladi. Bunda zamburug’ o’sish jarayoni quydagi kriteriyalar bo’yicha kuzatib boriladi: Miseliyni biomassasini ko’payish jadalligi. Birinchi bosqichda jarayon 26oC da termastatda olib boriladi. Ikkinchi bosqicha cheklangan temperature va o’ta aerob sharoitda olib boriladi. Amaliy mashg’ulotniishlari natijalarini hisoblash bo’yicha ko’rsatmalar: Zamburug’ni kultivatsiyasini birinchi bosqichda olib borish. Xosil bo’lgan biomassani aniqlang. Biomassada oqsilni miqdorini aniqlang. Necha foiz oqsil biomassada mavjud? Texnologik sxemani tuzing. 1 t oqsilga boyitilgan yem olish uchun sarf bo’lgan moddalarni va vaqtni sanab chiqing. Download 15.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling