Takrorlanuvchi dasturlar tuzish uchun takrorlash opera- torlaridan foydalaniladi. Paskalda ular uchta bo‘lib, bu darsda ulardan bittasi — parametrli takrorlash operatori o‘rganib chiqiladi. Mazkur operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha: For I: = N1 To N2 Do ; bu yerda For (uchun), To (gacha) va Do (bajar) Paskalning xizmatchi so‘zlari; I - butun turli ixtiyoriy o‘zgaruvchi bo‘lib, u takrorlash parametri deyiladi; N1 — takrorlash parametrining qabul qiladigan boshlang‘ich qiymati; N2 — takrorlash parametrining qabul qiladigan oxirgi qiymati; — takrorlanishi lozim bo‘lgan operator yoki operatorlar ketma- ketligi. Takrorlanish tanasini operatorlar ketma-ketligi tashkil etgan bo‘lsa, ular albatta begin ko‘rsatmasi bilan boshlanib, end; ko‘rsatmasi bilan tugallanadi. Takrorlash parametrining boshlang‘ich va oxirgi qiymatlari o‘zgarmas, o‘zgaruvchi yoki ifoda ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |