Mazkur operator quyidagicha ishlaydi: 1.Avval takrorlash parametri boshlang‘ich qiymatni qabul qiladi. 2.Agar takrorlash parametrining qiymati oxirgi qiymatdan katta bo‘lmasa, takrorlash tanasini tashkil etuvchi operatorlar bajariladi, aks holda takrorlanish to‘xtatiladi va boshqarish navbatdagi operatorga uzatiladi; 3.Takrorlash parametrining qiymati bittaga ortadi (unga 1 qo‘shiladi) va 2-bandga o‘tiladi. misol. «O‘zbekiston — Vatanim manim!» matnini ekranga 20 marta chiqaruvchi dastur tuzing. Yechish. Shartga ko‘ra ekranga «O‘zbekiston — Vatanim manim!» matni 20 marta chiqarilishi kerak. Ya’ni WriteLn('O‘zbekiston — Vatanim manim!') operatori 20 marta takrorlanishi lozim. Quyidagicha dastur tuziladi: Program Takrorlash; Var I : Integer; Begin For I:=1 To 20 Do WriteLn('O‘zbekiston — Vatanim manim!'); End. Ushbu dasturda takrorlash parametri I ning boshlang‘ich qiymati 1 ga, oxirgi qiymati 20 ga tengdir. Takrorlash tanasi bitta — WriteLn ('O‘zbekiston — Vatanim manim!') operatoridan iborat. Dastur bajarilganda takrorlash parametri navbat bilan 1, 2, 3,..., 20 qiymatlarni qabul qiladi va har safar WriteLn ('O‘zbekiston — Vatanim manim!'); operatori bajariladi. Natijada ekranga «O‘zbekiston — Vatanim manim!» matni 20 marta yangi satrdan chiqariladi. Dasturda takrorlash parametrining boshlang‘ich qiymatini 41 va oxirgi qiymatini 60 ga o‘zgartirilsa ham natija shunday bo‘ladi, chunki takrorlanishlar soni 60-41+1=20 ta
Test
Tarmoqlanish operatorining nechi xil shakli mavjud?
A) 1 xil To’liq
B) 2 xil, To’liq va to’liqmas
C) 3 xil , To’liq, to’liqmas va o’tish
| | | |
Интерактивность
Щелкните кнопку Интерактивность для редактирования этой интерактивности
Do'stlaringiz bilan baham: |