Asosiy qoidalar. Poydevor zaminida suvga to‘yingan loyli gruntlar joylashgan bo‘lsa, cho‘kish ancha uzoq vaqt mobaynida rivojlanishi mumkin. Jahonning ko‘pgina shaharlari (Mexiko, Tokio, Bangkok va b.)da zamin gruntlaridagi gidrogeologik vaziyat o‘zgarishi natijasida hudud cho‘kishlari o‘n yilliklar mobaynida so‘nmagani va bir necha o‘n santimetrdan bir necha metrgacha bo‘lgan kattaliklarga yetgani ma’lum. Masalan, mashhur Piza minorasining og‘ishi gruntlarning siljuvchanligi tufayli bir necha yuz yilliklar mobaynida rivojlangan. - Asosiy qoidalar. Poydevor zaminida suvga to‘yingan loyli gruntlar joylashgan bo‘lsa, cho‘kish ancha uzoq vaqt mobaynida rivojlanishi mumkin. Jahonning ko‘pgina shaharlari (Mexiko, Tokio, Bangkok va b.)da zamin gruntlaridagi gidrogeologik vaziyat o‘zgarishi natijasida hudud cho‘kishlari o‘n yilliklar mobaynida so‘nmagani va bir necha o‘n santimetrdan bir necha metrgacha bo‘lgan kattaliklarga yetgani ma’lum. Masalan, mashhur Piza minorasining og‘ishi gruntlarning siljuvchanligi tufayli bir necha yuz yilliklar mobaynida rivojlangan.
- Aksariyat hollarda cho‘kishlarning vaqt bo‘yicha rivojlanish jarayoni loyli gruntlarda suvning filtratsiya tezligi juda kichkinaligi (filtratsiya koeffitsiyenti taxminan 10-7...10-10 sm/s) va buning natijasida suvga to‘yingan gruntlar sust
- zichlanishi bilan bog‘liq. Biroq o‘ta elastik va qattiq konsistensiyali loyli gruntlarda loyli zarralar miqdori ko‘p bo‘lgan holda o‘ta sust kechuvchi gruntlarning siljuvchanlik jarayonlari ham qo‘shilishi mumkin.
Ma’lumki, suvga to‘yingan gruntlar qatoriga namlik darajasi Sr>0,8 bo‘lgan gruntlar kiradi. Binobarin, 0,8bo‘lsa, g‘ovakdagi suvda ma’lum miqdorda havo pufakchalari mavjud bo‘ladi va bu loyli grunt massivlari zo‘riqtirilgan – deformatsiyalangan holatining shakllanish va vaqtda o‘zgarish jarayonini ancha qiyinlashtiradi. Gruntlar deformatsiyalarining vaqt bo‘yicha rivojlanishini prognoz qilishning hozirgi metodlari 1924 - yilda K.Tersagi ishlab chiqqan, o‘ttizinchi va keyingi yillarda N.M.Gersevanov, N.N.Maslov, V.A.Florin, N.A.Sitovich, M.Bio, L.Rendulik va boshqa olimlarning asarlarida rivojlantirilgan filtratsion zichlashuv nazariyasiga asoslanadi. So‘nggi o‘n yilliklarda filtratsion zichlashuv va gruntlarning siljuvchanligi hozirgi nazariyasini tuzish uchun A.L.Goldin, L.V.Gorelik, YU.K.Zaretskiy, P.L.Ivanov, M.V.Malishev, Z.G.Ter-Martirosyan va boshqa olimlarning asarlari muhim ahamiyat kasb etdi - Ma’lumki, suvga to‘yingan gruntlar qatoriga namlik darajasi Sr>0,8 bo‘lgan gruntlar kiradi. Binobarin, 0,8bo‘lsa, g‘ovakdagi suvda ma’lum miqdorda havo pufakchalari mavjud bo‘ladi va bu loyli grunt massivlari zo‘riqtirilgan – deformatsiyalangan holatining shakllanish va vaqtda o‘zgarish jarayonini ancha qiyinlashtiradi. Gruntlar deformatsiyalarining vaqt bo‘yicha rivojlanishini prognoz qilishning hozirgi metodlari 1924 - yilda K.Tersagi ishlab chiqqan, o‘ttizinchi va keyingi yillarda N.M.Gersevanov, N.N.Maslov, V.A.Florin, N.A.Sitovich, M.Bio, L.Rendulik va boshqa olimlarning asarlarida rivojlantirilgan filtratsion zichlashuv nazariyasiga asoslanadi. So‘nggi o‘n yilliklarda filtratsion zichlashuv va gruntlarning siljuvchanligi hozirgi nazariyasini tuzish uchun A.L.Goldin, L.V.Gorelik, YU.K.Zaretskiy, P.L.Ivanov, M.V.Malishev, Z.G.Ter-Martirosyan va boshqa olimlarning asarlari muhim ahamiyat kasb etdi
Hisoblashda qulaylik yaratish maqsadida 5.5-jadvalda zichlashuv U0 (t) ning
turli darajalariga mos keluvchi N qiymatlari keltirilgan. Bu grunt qatlami zichlashuvining berilgan darajasiga mos keluvchi vaqtni osongina aniqlash imkonini beradi:
(5.16) formula tahlili shuni ko‘rsatadiki, qatlam qalinligi h1 va h2 qiymatlari har xil bo‘lgan holda ayni bir grunt uchun zichlashuvning bir xil darajasiga turli vaqt oralig‘i t1 va t2 da erishiladi, bunda
1>1>
Do'stlaringiz bilan baham: |