Mavzu: Cho‘l zonasi
Download 41.29 Kb.
|
portal.guldu.uz-Cho‘l zonasi dorivor o‘simliklari.
Gipsli cho‘llarga uchlamchi past tekisliklar, qadimiy tekisliklar va qoldiq past tog‘lardan tashkil topgan maydonlar kiradi. Umuman, yurtimizcho‘l mintaqalarida gipsli cho‘l salmoqli o‘rin egallaydi. Respublikamiz hududida eng yirik gipsli cho‘l Ustyurtdir. Shuningdek gipsli cho‘llarga Konimex, Qarnab, Malik cho‘l massivlari, Nurota tog‘ etaklari va Qizilqumning past tog‘lik maydonlari kiradi. Gipsli cho‘llarning tabiiy sharoiti o‘ta noqulay. Hududning asosiy tuproq tipi qo‘ng‘ir bo‘z tuproqlar hisoblanadi; u o‘z navbatida, fizik suv xususiyatlari jihatidan o‘simliklar o‘sishi, rivojlanishi uchun unchalik qulay bo‘lmagan tuproqlar jumlasiga kiradi. Chunonchi, gipsli cho‘llarga xos xarakterli bo‘lgan xususiyat - tuproqda gips (CaSO4+6H2O) qatlamining yuza (20-80sm) joylashganligidir. Kristall yoki amorf shaklli gips qatlamidan keyin turli tog‘ jinslari joylashgan. Ularning sho‘rlanishdarajasi turlicha. Garchand gipsning o‘zi o‘simliklarga bevosita kimyoviy salbiy ta’sir qilmasada, mexanik to‘siq sifatida ularning ildizsistemasining tuproqda chuqurroq rivojlanishida ma’lum darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tekisliklardan tashqari gipsli cho‘l hududlariga Tomdi tog‘, Sultonuyaz tog‘, Kuljuk tog‘, Ariston - Beltog‘, Murun tog‘ kabi past tog‘liklar ham kiritiladi. Ularning o‘simlik qoplami asosan tekislikdagi gipsli cho‘l o‘simliklari tarkibidan keskin farq qilmaydi va har jihatdan ularga yaqin hisoblanadi. Gipsli cho‘l hududlarining - o‘simliklar qoplami anchagina siyrak bo‘lib, o‘simliklarning tarkibi, zichligi jihatidan qumli cho‘llardan ancha past; masalan; ulardagi ozuqabop turlarning miqdori 30 dan ortiq bo‘lsa, qumli cho‘llar sharoitida ularning soni qariyib 2 barovar yuqori. Gipsli cho‘lning eng ko‘p tarqalgan yaylov tiplari - buta-barra o‘tli va yarim buta-barra o‘tli yaylovlar hisoblanadi. Mazkur yaylov tiplari shuvoq, quyrovuq, tatir, cho‘g‘on, qora saksovul, singren, qo‘ng‘irbosh, yaltirbosh, arpaxon, seta, baliqko‘z kabi turlardan tashkil topgan. Gipsli cho‘l yaylovlarining - yillik ozuqa zahiralari gektaridan yillar bo‘ylab 0,5- 2,0 sentner atrofida o‘zgarib turishi qayd qilingan (Granitov, 1964). Gipsli cho‘l yaylovlariga xos yana bir holat shundaki, ko‘pchilik maydonlarda yoz mavsumi davomida vitaminlarga boy ko‘katlarning kamchilligi, ozuqabop o‘simliklar vegetatsiyasining pasayishi yoki tugashi hisoblanadi. Download 41.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling