Mavzu: Cho‘l zonasi


Download 41.29 Kb.
bet4/4
Sana04.02.2023
Hajmi41.29 Kb.
#1160213
1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-Cho‘l zonasi dorivor o‘simliklari.

Cho‘l zonasi. Ekstraarid iqlimli cho‘l zonasi butun respublikamiz maydoning (Qaraqolpog‘istondagi Ustyurt tekisliklari bilan birga) 61,16% ini tashkil qiladi. Cho‘l poyasiga dengiz sathidan 500-600 m gacha balandlikda bo‘lgan yerlar kiradi. Bunday yerlar asosan O‘zbekistonning g‘arbiy qismidagi Qizilqum cho‘lining ancha qismini, Amudaryo deltasining barcha maydonlarini, Ustyurt tekisliklarini hamda Kimrikqum, Qarshi va Surxon cho‘llarini o‘z ichiga oladi. Cho‘l poyasida o‘rtacha yillik namlik 120-200 mm ni tashkil etadi. Yozda 4-5 oygacha bir tomchi ham yog‘in tushmaydi. Shu sababli havoning absolyut namligi iyulda 30% ga etadi. Cho‘l poyasining iqlimi keskin o‘zgaruvchan, ya’ni kontinental iqlimdir. Yozi o‘ta issiq, qishi juda sovuq bo‘lib, bunga qo‘shni cho‘llarning ta’siri nihoyatda sezilib turadi, chunki u g‘arbiy va janubiy tomondan katta Qoraqum, shimoldan keng Qizilqum cho‘llari bilan tutashgan bo‘lib, yaqinda yirik tog‘lar va katta suv havzalari yo‘q. Cho‘llardan esadigan issiq havo oqimini hech qanday to‘siq qaytarmaydi va u boshqa nam havo oqimi bilan qo‘shilmaydi. Bu poyas sho‘rxok, qum, gips va soz tuproqli yerlardan iborat. Iqlimi, o‘simliklari va tuprog‘i turli tuman bo‘lganligi sababli, u ikki qismga: pastki cho‘l va yuqori cho‘lga bo‘linadi.
Pastki cho‘l. Pastki cho‘lga Buxoro, Xorazm viloyatining ayrim joylari, Sirdaryo viloyatining shimoliy tumanlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ustyurt past tekisliklaridagi sho‘rxok yerlar kiradi. Bu zonaga tuz bilan qoplangan tuz konlari ham kiradi. Masalan, Sirdaryodagi Aydar tuz koni, Buxorodagi Mingbuloq pastligi, Qoraqalpog‘istondagi Barsakelmas sho‘rligi va boshqa yerlar kiradi. Sho‘r tuproqli yerlar unchalik katta maydonni egallamaydi. Tuz konlari va sho‘rxok yerlarning hosil bo‘lishiga qishgi - bahorgi qor va yomg‘ir suvlarining tepaliklardan pastga oqib kelishi sabab bo‘ladi. Natijada suvlar qum tarkibidagi tuzlarni ham eritib pastga olib tushadi. Har yili shu hol takrorlanishi natijasida bunday sho‘rxok yerlar hosil bo‘ladi. Sho‘rxok yerlar juda ham turli-tumandir. Hamma sho‘rxok yerlarning yuza qismida suvda tez eriydigan, o‘simliklar uchun zararli tuzlar ko‘p bo‘ladi. Shu tuzlarning miqdoriga qarab, sho‘rxok yerlarning yuza qismi yumshoq yoki qattiq hamda bo‘rtiq bo‘lishi mumkin. Ba’zi sho‘r yerlarning yuzi qotib, g‘isht kabi qatlamlar hosil bo‘ladi. Uning qalinligi 10 sm dan ham ortiq bo‘ladi. Bunday joylar tuz konlari deb ataladi. U yerlarda umuman o‘simliklar o‘smaydi yoki faqat uning chekkalarida ba’zi sho‘r o‘simliklarini uchratish mumkin.
Pastki cho‘lda sho‘r tuproqli erlardan tashqari, og‘ir va zich gil tuproqli tekis maydonlar ham uchraydi. Bular- taqirlardir. Taqirlar unchalik katta maydonni ishg‘ol qilmaydi. Bu yerlarda qish va bahorda suvlar to‘planib, mayda –kichik ko‘llar hosil qilinadi. Yozda esa bu suvlar qurib, sog‘ tuproq aralashgan yoriq yerlar hosil bo‘ladi. Mazkur yerlar havo isishi bilan yana qotib toshdek qattiqlashadi. Taqir yerlar qumloq cho‘llarda alohida-alohida maydonlar holida uchraydi. Bu yerlarda ham o‘simliklar deyarli o‘smaydi yoki faqat uning chekkalarida, siyrak holda bir oz o‘sadi, o‘rtalarida esa ba’zi kserofit o‘simliklargina o‘sishi mumkin. Pastki cho‘lning o‘simliklari turli-tumandir.
Bu yerda barg va poyalari semiz, ya’ni sukkulent (lotincha sukkus-shira, sukkules-shirali) o‘simliklar o‘sadi. Ularning barg va poyalarida tuz ko‘p bo‘ladi. O‘simliklar tuzli, o‘ta sho‘rxok joylarda o‘smaydi, faqat uning yoqalarida va atroflaridagina o‘sadi.
Pastki cho‘lda eng ko‘p o‘sadigan o‘simliklardan cherkez (Sasola richteri Karel), cho‘g‘on (Aellenia subaphylla Aellen), anabazis (Anabasis aphylla L.), qumarchiq (Agriophyllum arenarium MB), oqsaksavul (Haloxylon persicum Bge.), yovshan (Artemisia diffusa H. Krasch), kovrak (Ferulla assa-foetida L.), Isiriq (Peganum harmala L.) achchiqmiya (Goebelia pashycarpa), chuchmoma (Ixiolirion tataricum). Agar tig‘iz shuvoqzor orasidan bir oz yursangiz, birdan yantoqzorga chiqib qolasiz, yantoqzordan ancha yurgach, u tugab, karrak qoplangan katta maydonga chiqib qolganingizni o‘zingiz bilmay qolasiz. Bu hol, ya’ni bir o‘simliklar qoplamining ikkinchi o‘simliklar qoplami bilan navbatlanishi o‘simliklarni navbatlanishi deyiladi. Geobatanik izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘simliklar qoplamining o‘zgarishida vaqt va masofa asosiy rol o‘ynaydi. O‘lkamizdagi o‘simliklarning hozirgi tabiiy qoplamlari kamida 100 va undan ortiq yillarning mahsulidir. O‘simliklar qoplamining almashinishida vaqtning roli kattadir. Vaqt o‘tishi bilan o‘simliklar qoplami turli sabablarga ko‘ra o‘zgaradi. Bunday sabablarga birinchidan yil fasillarida ob-havoning o‘zgarishi, ikkinchidan, o‘sha joy uchun eng xarakterli bo‘lgan o‘simliklarning rivojlanishi, uchinchidan, iqlim sharoitining muttasil o‘zgarib turishiga bog‘liq.
Download 41.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling