Mavzu: Cho'llanish jarayoni va uni oldini olish yo'llari


Cho’llanish muammosi sabablari


Download 268.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi268.75 Kb.
#1054676
1   2   3
Bog'liq
12-Mavzu

 
Cho’llanish muammosi sabablari 
 
Sayyoramizda global miqyosda sodir bo’layotgan cho’llanish jarayonlari arid 
iqlimli O’rta Osiyo regionida ham keng o’rin olgan. Ayniqsa, Qizilqum va 
Qoraqum cho’llari bilan tutash bo’lgan Orol dengizi havzasi ekologik ofat zonasi 
deb e’lon qilingan. Shuning uchun ham O’rta Osiyo o’lkasida yuz berayotgan 


cho’llanish jarayonlari Turkmaniston Fanlar Akademiyasining cho’llar, o’simliklar 
va hayvonot dunyosi milliy instituti, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi 
seysmologiya instituti qoshidagi geografiya bo’limi, Qozog’iston Fanlar 
Akademiyasining geografiya instituti xodimlari va boshqa cho’lshunos olimlar 
tomonidan yetarli darajada o’rganilgan va o’rganilib kelinmoqda. 
Cho’llanish jarayonlari 210 mln. gektar maydonni egallab yotgan O’rta 
Osiyoning arid hududlari uchun ham xarakterli. Turon tabiiy geografik o’lkasida, 
xususan Qizilqum cho’lida cho’llanish hodisalarining geografik tarqalishi boshqa 
arid o’lkalarga nisbatan mahalliy (lokal) xarakterga ega. 
O’rta Osiyo sharoitida cho’llanish hodisasiga duch kelgan geotizimlar aksariyat 
holatlarda asliga qaytish, ya’ni, qayta tiklanish xarakteriga ega. Ayniqsa, amaliy 
meliorativ chora-tadbirlarni qo’llash natijasida degredatsiyalashgan geotizimlar 
qayta tiklanib, biomassalarga boy, unumdor geotizimlarga aylanishi mumkin. 
O’rta Osiyoning , xususan Orol dengizi havzasida, cho’llanish jarayoniga 
duchor bo’lgan landshaft majmualarining umumiy maydoni A.G.Boboevning 
(2000) bergan ma’lumoti bo’yicha 1 405 840 km
2
ga teng. Shundan kuchsiz 
cho’llangan yerlar 837 714 km
2
ni (59,6%), mo’tadil cho’llangan yerlar 474 356 
km
2
ni (33,7%) va kuchli cho’llangan yerlar 93 770 km
2
ni (6,7%) tashkil etadi. 
Qizilqumning hozirgi arid landshaftlarini vujudga kelishi, shakllanishi va 
rivojlanishida hududning geologik tuzilishi, tektonik strukturasi, litologik tarkibi 
va relef shakllari asosiy indikatorlar vazifasini bajaradi. Qizilqumda paleozoy tog’ 
jinslari asosan uning markaziy qismida joylashgan va orolsimon shaklda ko’tarilib 
turgan past tog’larda – Tomditog’, Bo’kantog’, Quljuqtog’, Ovminzatog’, Beltog’, 
Aristontog’, Yetimtog’, Qozoqtog’ va boshqalarda keng tarqalgan. Masalan, 
Beltog’ va Ovminzatog’da kristalli slanets, ohaktosh, amfibolit va kvartsitlar ko’p 
uchraydi. Kembriy yotqiziqlari Tomditog’da keng maydonni egallab yotgan 
dolomitlashgan ohaktoshlar xilma-xil litogen landshaftlarning vujudga kelishi va 
shakllanishida asos bo’lib xizmat qilgan. 
Qizilqumning past tog’lari geologik strukturasini tarkib topishida devon davrining 
quyi, o’rta va yuqori bo’limlariga oid xilma-xil yotqiziqlar ishtirok etadi. Devon 
yotqiziqlari tarkibida marmarlashgan ohaktoshlar, dolomitlar, slaneslar, 
qumtoshlar va diabaz, porfirit, ohaktoshlarning linzasimon yupqa qatlamlari bilan 
murakkablashgan turli xil tuflar ko’p uchraydi. Har qaysi bo’lim yotqiziqlarining 
stratigrafik kesmasi bo’ylab ikkitadan uchtagacha yarus uchratish mukin.
Qizilqumning hozirgi arid landshaftlarini shakllanishiga va rivojlanishiga 
to’rtlamchi (antropogen) davr yotqiziqlarining ta’siri nihoyatda katta. To’rtlamchi 
davr yotqiziqlari Qizilqum cho’lining hamma joyida, ayniqsa tekislik, plato va 
botiqlarida keng tarqalgan bo’lib ular oldingi davrlar yotqiziqlarini yupqa qatlam 
hosil qilib qoplab olgan. Bu region hududida yer yuzasining tuzilishi, kontinental 
iqlim sharoiti bilan bog’liq holdi uzoq davom etgan jarayonlar natijasida 
yotqiziqlarning turli xil genetik tiplari shakllangan. Bular delyuvial, elyuvial, 


delyuvial-elyuvial, prolyuvial, prolyuvial-delyuvial, prolyuvial-allyuvial, allyuvial 
va yotqiziqlar genetik tiplaridir.
Shunday qilib, Qizilqum cho’li hududidagi landshaft majmualarining ilk bor 
vujudga kelishi va rivojlanishi, yoki birinchi bosqichi paleozoy tog’larining paydo 
bo’lishi bilan, ikkinchi bosqichi mezozoyning tog’ oldi platolari bilan va uchinchi 
bosqichi kaynozoyning to’rtlamchi davr yupqa yotqiziqlari qoplab olgan bepoyon 
tekisliklar bilan uzviy bog’liq. 
Cho’l landshaftlarning shakllanishida iqlimning o’rni. Qizilqum iqlimining 
shakllanishida g’arb va shimoli - g’arbdan keladigan mo’tadil kenglik havo 
massasi, shimoli-sharqdan keladigan Sibir antisikloni va janubdan keladigan quruq 
tropik havo massasining roli katta. Cho’lning shimolida Quyoshning nur sochib 
turishi yil davomida 2800 soatni tashkil etsa, janubida 2900 soatdan ham oshadi. 
Ochiq kunlar soni shimoldan janubga qarab 130 dan 170 kungacha ortib boradi. 
Quyoshni uzoq vaqt nur sochib turishi, bulutli kunlarning kam bo’lishi va 
hududning janubiy kengliklarda joylashganligi Quyosh radiatsiyasi miqdorini katta 
bo’lishiga ham sabab bo’ladi. Shu boisdan bu yerda Quyoshdan keladigan yalpi 
yillik radiatsiya miqdori 140-150 kkal/sm
2
ni tashkil etadi. Qizilqumdagi iqlim 
elementlarining o’zgarishi so’nggi yillardagi tadqiqotlari shuni ko’rsatmoqdaki, 
unda havo haroratining o’zgarishi barcha fasllarda ro’y berishi kutilmoqda. 
Masalan, Navoiy viloyatida haroratning bahorda 0,5-2
0
S, yozda 1,5-2,5
0
S, kuzda 
0,5-2
0
S, qishda esa 1,5-3,5
0
S ko’tarilishi kuzatilmoqda (Chub, 2002). Iqlimning 
ana shunday o’zgarishi (isishi) natijasida mo’tadil iqlim mintaqasi shimolga qarab 
150-200 km ga, balandlik mintaqasi bo’yicha 150-200 m ga siljishiga sabab 
bo’lishi mumkin bo’ladi. Iqlim o’zgarishini bashoratlanishiga ko’ra, 2015-2030 
yillarda haroratining ko’tarilishi bir tomondan yaylov o’simliklarini 
hosildorligining oshishiga ta’sir ko’rsatsa, ikkinchidan ob-havo sharoitini 
optimallashtiradi. V.E.Chub (2002) bashoratiga ko’ra iqlim o’zgarishi Qizilqumda 
yaylovlar hosildorligini ayrim hududlarda oshishi, aksincha ayrim hududlarda 
kamayishiga ta’sir ko’rsatadi. Hosildorlik kamayishi Qizilqumni shimoliy va 
g’arbiy rayonlariga to’g’ri keladi. Ayrim rayonlarda esa yaylov hosildorligi 
ko’tarilishi kutilmoqda. Bunga misol qilib janubiy-g’arbiy Qizilqumning Gazli va 
Nurota tog’larining janubiy g’arbiy hududlarini kiritishimiz mumkin bo’ladi.
Shunday qilib, Qizilqumning iqlim sharoiti va iqlim elementlarini tahlili shuni 
ko’rsatadiki, ular makon va zamonda kenglik va meridional yo’nalishlarda 
o’zgarib borib, arid landshaftlarni shakllanishida va rivojlanishida faol ishtirok 
etadi, zonal va regional tafovutlarni vujudga keltiradi.
Gidrologik sharoit ta’siri. Turon pasttekisligining aksariyat regionlarida 
gidrografik to’r yaxshi rivojlanmagan va yer osti suvlari ham katta chuqurlikda 
yotadi. Shuning uchun Qizilqumning hozirgi landshaftlarini shakllanishi va 
rivojlanishida yer usti va yer osti suvlarining bevosita ta’siri sezilarli darajada 
emas. Chunki bu region iqlimining nihoyat quruqligi, kontinentalligi va ulkan 


pasttekislik markazida joylashganligi sababli faoliyat ko’rsatuvchi daryo va 
soylardan mahrum. Shuning uchun ham Qizilqum cho’lida yer usti va yer osti 
suvlari ta’sirida vujudga kelgan gidrogen yoki gidromorf landshaftlar – 
o’tloqzorlar, qamishzorlar, botqoqliklar deyarli uchramaydi. Ammo bu hududda 
gidrografik to’rning rivojlanmaganligi va yer osti suvlarining katta chuqurlikda 
yotishi iqlim sharoitini yanada aridlanishiga sabab bo’ladi, arid landshaftlarning 
shakllanishiga va rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. 
Qizilqum janubiy qismi Zarafshon daryosining davomi bo’lgan va shimoli-g’arbiy 
yo’nalishda cho’zilib yotgan qadimiy Maxandaryo o’zani bilan, sharqiy qismi 
Sirdaryoning kenglik bo’ylab cho’zilgan qadimiy Daryosoy o’zani bilan kesilgan. 
Qadimiy quruq o’zanlar barxanlar va qator tepali qumlar bilan o’ralgan. Bahorning 
seryog’in paytlarida Maxandaryo va Daryosoy o’zanlari, Chuqurko’l, Maxanko’l 
va Parsonko’l botiqlari yomg’ir suvi bilan to’ladi. Lekin to’plangan yomg’ir 
suvlari uzoq vaqt saqlanmay, tezda bug’lanib va yerga singib ketadi. Maxandaryo 
va Daryosoy vodiylari hamda ko’l botiqlari vaqtincha bo’lsada namlik bilan 
ta’minlanganligi sababli ular qalin yulg’unzorlar bilan qoplanib, yulg’unli to’qay 
landshaftlarini hosil qiladi. Quruq o’zanlarda va pastqam botiqlarda sho’rxok va 
taqir landshaftlar ham sezilarli darajada namoyon bo’ladi. 
Qizilqum cho’lida asosiy suv manbai bo’lib qadimdan yer osti suvlari xizmat 
qiladi. Qizilqum paleozoy past tog’lari, qumli va prolyuvial tekisliklariga nisbatan 
berk oqmas botiqlarida grunt suvlari yer yuzasiga ancha yaqin yotadi. Masalan, 
sho’rxok botiqda joylashgan Chakalak qudug’ining chuqurligi 5 m ni va suv bilan 
to’lishi 210 l/soatni tashkil etadi. Bu yerda parmalangan artezian qudug’i esa 
soatiga 520 litr suv chiqarib beradi. Jangeldidan g’arb tomondagi sho’rxok botiqda 
harakatdagi buloq mavjud bo’lib, u soatiga 1250 litr suv yetkazib beradi. Suvning 
ta’mi taxir-sho’r, ichimlik suv sifatida iste’mol qilishga yaroqsiz. Mahalliy aholi 
buloq suvidan poliz ekinlarini va chorva mollarini sug’orishda foydalanadi. 

Download 268.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling