Mavzu: chor rossiyasining turkiston o‘lkasi boyliklariga munosabati va uning salbiy oqibatlari


I.2. Chorizmning Turkistondagi mustamlakachilik siyosati


Download 367.5 Kb.
bet6/14
Sana18.06.2023
Hajmi367.5 Kb.
#1575256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Chor Rossiyasining Turkiston o`lkasi boyliklariga munosabati va

I.2. Chorizmning Turkistondagi mustamlakachilik siyosati
XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi bosqinchilik siyosatining eng asosiy obyektlari О`rta Osiyodagi Buxoro amirligi, Qо`qon va Xiva xonliklari bо`ldi. Ularning о`z holicha mustaqilligi, о`zaro hamjihatlikning yо`qligi, ayniqsa, mintaqada birinchilikni qо`lga kiritish uchun avj olgan ichki kurashlardan foydalangan Rossiya birin-ketin ularni о`ziga bо`ysundirdi. Chorizmning bu bosqinchilik harakati begona hududni bosib olish va uni mustamlakaga aylantirish bilangina chegaralanmay, balki mahalliy aholining madaniyati va ma`naviy asoslariga ham katta zarar keltirdi. Bu hol esa О`rta Osiyo xalqlarining g`azab-nafrat bilan qarshilik kо`rsatishiga sabab bо`ldi. Sovet idora usulining tazyiq о`tkazish, qо`rqitish, qatag`onlar, gulaglar va hokazo usullar bilan niqoblangan bir necha о`n yilliklari ana shu qarama-qarshilik belgisi ostida о`tdi. Farg`ona, Olmaota, Tbilisi, Vilnyus, Boku va boshqa joylarda yuz bergan noxush voqealar misolida bu tuzumning halokatidan darak beruvchi alomatlar paydo bо`lganidan keyingina sovet rahbariyati yon berishga – “tuzumni birmuncha zaiflashtirishga”, SSSR milliy respublikalari, shu jumladan O`zbekistonning ham mustaqil ravishda mustamlakachilik zanjiridan xalos bо`lishiga halaqit bermaslikka majbur bо`ldi.
XX asrdagi haqiqiy tarixiy jarayonning bugun borishi agar mustamlakachilik davrining boshlanishi mintaqaning podsho qо`shinlari tomonidan zabt etilishi bilan bir vaqtga tо`g`ri kelsa, uning halokati XX asrning oxirlaridagina yaqqol namoyon bо`ldi. О`zbekiston suvyeryen mustaqil davlat maqomini oldi. Uning xalqlari jamiyatni demokratik asoslarda о`zgartirish yо`lidan borib, bozor munosabatlarini va erkin tadbirkorlikni rivojlantirishga intilmoqdalar. Bunday davrlashtirish faqat О`zbekiston tarixining, XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrdagi voqyeliklar va ularning rivojlanishiga mos tushib qolmasdan, balki Yevropaning sanoat kapitalizmi tajovuziga uchragan Sharq tarixiga ham muvofiq kyeladi. Bu davrlashtirish nafaqat mintaqadagi tarixiy jarayon mohiyatini idrok etish, shu bilan birga, undagi muayyan qonuniyatlar va о`ziga xos xususiyatlarni ajratib kо`rsatish, О`zbekiston xalqi shu qadar uzoq vaqt mobaynidagi tutqunlik sharoitida uni haqiqatda ikki marta ijtimoiy-madaniy halokatlarga mahkum etgan va tuzumlarga qarshi turish uchun o`z salohiyati va ma`naviyati poydevorini qanday qilib saqlab qolganini anglab yetish va tushunish imkonini beradi.
Chorizmning XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida O`rta Osiyoga nisbatan amalga oshirgan strategik rejalarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi. Mustamlakachilik negizlari chorizm bosqinchiligi bilan chambarchas bog`liq bo`lganligi sababli XIX asrning birinchi yarmidayoq uning uchun zamin tayyorlanadigan bo`ldi. Keng ko`lamli qidirish ishlari olib borish, Qo`qon xonligining hududiy yaxlitligini vaqti-vaqti bilan buzib turish, uning chegaralariga qo`pol ravishda bostirib kirish, Sirdaryoning quyi oqimlaridagi Raim (1847), Oqmachit (1857), G`arbiy Sibir tomondan Kopal (1847), Olmaota yaqinidagi Verniy (1854) va boshqa strategik jihatdan qulay bo`lgan mudofaa inshootlarini zabt etish bilan qo`shib olib borildi.
Rossiya tomonidan qurilgan manzilgohlar, istehkomlar va mudofaa inshootlari Orenburg va Sibir harbiy-strategik yo`llaridagi tayanch, rus bosqinchilarining Qo`qon, Buxoro va Xiva xonliklari hududlari sari chuqur kirib borishi uchun esa boshlang`ich nuqtalar bo`ldi. XIX asrning ikkinchi yarmidagi voqealarning avj olishiga xalqaro omil – Rossiya bilan Angliyaning O`rta Osiyoda ta`sirga ega bo`lish uchun keskin raqobatlashuvi ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Jahondagi yetakchi davlatlarga aylanib qolgan ikki imperiya – Rossiya va Britaniya bir-biridan xavfsirashi tufayli, ya`ni bir tomon O`rta Osiyo hududini ikkinchisiga qaraganda oldinroq qo`lga kiritishi mumkinligidan cho`chib, ayni bir vaqtning o`zida o`z harakatlarini boshlab yubordilar. Biroq, agar London Afg`onistondagi mag`lubiyatlari va Hindistondagi beqarorlik tufayli mazkur mintaqadagi hujumkorlik strategiyasining xarajatlari o`zi qo`lga kiritishi mumkin bo`lgan manfaatlardan ortiqroq bo`lishini tushunib yetib, chegara siyosatiga qaytgan bo`lsa, Peterburg mustamlakalarga ega bo`lish sivilizatsiya olamiga mansublik belgisidir, deb baho beruvchi shuhratparast generallari qistovi bilan 40-50 yillarda Qo`qon xonligidan tortib olingan hududlarni qoziq qoqib ajratib olishga va xonlikka qarshi keng miqyosli harbiy harakatlarni avj oldirishga intildi. Harbiylarning tez sur`atlar bilan kuchayib borgan bosqinchiligi Rossiya tashqi ishlar vazirligi tomonidan birmuncha vaqt “so`ndirildi”, chunki u o`z xususiyatiga ko`ra xalqaro vaziyatga, G`arb bilan Sharqning jamoatchilik fikriga quloq solishga majbur bo`ldi, shiddatli hujumlardan xoli turish haqida ogohlantirildi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi tayyorgarlik bosqichini cho`zishni diplomatik agentlar, elchixonalar, missiyalar, milliy va savdo ekspedetsiyalari orqali mintaqada sinchkovlik bilan keng ko`lamda razvedka ishlari olib borishni talab qildi. Tashqi ishlar vazirligining Osiyo departamenti bu kabi ishlarning bevosita tashkilotchisi bo`ldi. Unga harbiy vazirlik, moliya vazirligi va boshqa idoralar faol yordam ko`rsatdilar. Masalan, 1858 yili birdaniga uchta ekspedetsiya tuzildi: sharqshunos N.V.Konikov boshchiligidagi “ilmiy” ekspedetsiya Eron va Hirot vohasiga; Ch.Valixonov boshchiligidagi savdo ekspedetsiyasi Qashqar (Janubiy-Sharqiy Turkiston)ga va diplomatik ekspedetsiya Xiva hamda Buxoro xonliklariga yuboriladigan bo`ldi. Bu ekspedetsiyaga Londondagi rus harbiy agenti, O`rta Osiyoga hujum qilish siyosatining tarafdori, polkovnik N.I.Ignatev boshchilik qildi.1 Ekspedetsiyalar tashqi ishlar vazirligi va harbiy vazirlikning maxsus yo`riqnomalari hamda hamkorlik qiluvchi guruhlar bilan ta`min etildi. Ular tarkibiga diplomatlar, olimlar, topograflar, geologlar, geograflar, harbiy mutaxassislar, Rossiya savdo-sanoat doiralarining vakillari kiritildi. Masalan, N.P.Ignatevning diplomatik missiyasiga 190 dan ortiq kishi hamkorlik qildi. Uning ixtiyoriga hatto A.I.Butalov qo`mondonligi ostidagi Orol flotiyasi ham berildi. Alohida ahamiyat berilgan bu missiya oldiga quyidagi vazifalar qo`yildi: mintaqadagi umumsiyosiy vaziyatni o`rganish; Buxoro va Xivada rus savdosini kengaytirish va yaxshilash; xonlik ishlariga “inglizlarning zararli aralashuvi”ni barbod qilish va ularni o`z tomoniga jalb etish, rus savdo kemalarining Amudaryo bo`ylab erkin suzib yurishiga xonlarning roziligini olish. I.I.V yo`riqnomasida: “Sizlarga yuklatiladigan ishlarning eng muhimi Amudaryo bo`ylab ochiq kema qatnovini yo`lga qo`yishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun imkoni bo`lgan barcha vositalar bilan harakat qilishingiz kerak”.2
Harbiy vazirlik yo`l-yo`lakay topografik, statistik va “umuman harbiy ma`lumotlar”; Amudaryo, turkmanlar, “ularning harbiy kuchi” va Xivaga munosabati, Xivadan va Buxorodan Eron va Afg`onistonga boradigan yo`llar, Amudaryoning yuqori oqimidagi vodiydan Hindukush orqali Hind o`lkasiga, Buxorodan Samarqand va Qo`qon xonligiga olib boradigan yo`llar, Xiva, Buxoro va iloji boricha Balxning harbiy kuch va vositalari to`g`risida ma`lumotlar to`plashni topshirdi.
Missiyaning Xiva va Buxoroda yetti oy mobaynida olib borgan faoliyati natijasida bo`lajak asosiy janglar haqidagi batafsil harbiy xaritalar ishlab chiqildi, joylarning topografik tasvirlari olindi, Amudaryo etaklari va uning quyi tomonlari, Orol dengizadan tortib Xivagacha, shuningdek, Xivadan daryo bo`ylab 600 chaqirimgacha yuqori tomonga qarab ketadigan katta hudud to`g`risidagi tadqiqot ma`lumotlari to`plandi.
Ignatevning takliflari Buxoroda Amir Nasrullo tomonidan hayrixohlik bilan qabul qilindi, Xivada esa xon Said Muhammad tomonidan ham, savdo tabaqalari tomonidan ham qat`iy dushmanlik bilan qarshi olindi, ular: “o`z mollaringizni rus kemalarida tashishingiz mumkin”, degan taklifga javoban: “Bizning mollarimiz rus kemalarida sotilganidan ko`ra, chirib ketgani afzal”, deb javob qaytardilar. Bu borada Ignatevning Rossiya nomidan har ikkala davlat o`rtasidagi avvalgi kelishmovchiliklar unutib yuboriladi, Xivalik savdogarlarga ham Osiyoning boshqa mamlakatlari savdogarlari ega bo`lgan imtiyozlar beriladi, Amudaryo bo`ylab tashiladigan tranzit mollardan 2,5%, kemalardan xonlikka tushiriladigan yuklardan 5% miqdorida boj yig`ish imkoniyati tug`iladi, deb olgan majburiyati ham yordam bermadi.
Ignatev Xiva va Buxoroga qilingan missiya yakunlariga umumiy baho berib, “eng asosiy va eng muhim natija” shundan iboratki, xonlikni rus hukumatining ko`zidan to`sib turadigan tuman tarqalib ketdi. Bizning missiyamiz qo`lga kiritgan ma`lumotlar va avvalgi “sarob”ning insof barham toptirilishi ana shu ayyor va o`z so`zida turmaydigan qo`shnilar bilan munosabatimiz tabiatida keskin burilish yasadi, ular hokimiyatining ahamiyati va negiziga, ularning haqiqiy kuchiga va ayniqsa, biz O`rta Osiyoda egallashimiz lozim mumkin bo`lgan ahvolning xususiyatlariga ancha to`g`ri nazar tashlash qaror topishiga, o`zimizning muhim manfaatlarimizni yanada to`g`ri va qudratli tarzda himoya qilishimiz uchun ko`zlangan maqsadimizni ham aniqlab olishga imkon berdi.1
Ekspeditsiya yakunlariga bu xilda baho berish “gapga kо`nmaydigan” qо`shnilar bilan diplomatik muzokaralar olib borishdan bevosita qurolli siquvga, faol hujumkor harakatlarga о`tish vaqti yetganligini bildiradi. Ana shu paytdan boshlab diplomatik va harbiy idoralarning Rossiya siyosatidagi О`rta Osiyoga doir tutgan yо`li tezda bir-biriga yaqinlasha boshladi, ular о`rtasida ilgari mavjud bо`lgan “ixtiloflar” “siyosatchilarning siyosati”dan boshqa narsa emasligi ma`lum bо`ldi. Rossiya imperiyasi hukmron doiralarining rejalari va mо`ljallarida О`rta Osiyo muammosi ustuvor о`rin egallab, “Osiyoda о`z sanoatimiz, о`z madaniyatimiz va о`z savdo-sotig`imiz ta`sirini kuchaytiraylik”, “Bizning chegaralarimizga tutash bо`lgan dunyoning bu qismidagi madaniy ishda ishtirok etishimizni talab qilamiz”, “Bizning ham bu viloyatlarga erkin kirishimiz mumkin bо`lgan vaqt yetdi va hokazo chaqiriqlar tobora balandroq eshitila boshladi.
Peterburgdagi “maslahat kengashlari” О`rta Osiyo xonliklarining yaqin qо`shnilari bо`lgan Orenburg va G`arbiy Sibir general-gubernatorlari A.A.Katinin va Gasford ishtirokida О`rta Osiyoda joylarni razvedka qilishdan tortib, ayrim aholi punktlarini bosib olishga tayyorgarlik kо`rishgacha bо`lgan harakatlarning aniq rejalarini tuzib chiqa boshladi. Kaspiy sohilida Dandevil, Amudaryoda A.I.Butayov, Chu daryosi havzasi mintaqasidagi Qо`qon yer-mulklarida Venyukov razvedka otryadlarining harakati 1859 yil bahori va yozida Tо`qmoq va Pishpakni , 1860, 1862 yillarda Qо`qon qal`alarini bosib olish bilan nihoyasiga yetdi. 1863 yil 1 avgustda IIV va Harbiy vazirlik о`rtasida О`rta Osiyodagi kelgusi harakatlar xususidagi umumiy mulohazalar kelishib olindi. 1863 yilning 20 dekabrida Orenburg va Sibir harbiy-strategik yо`lini birlashtirish tо`g`risida podsho farmoni e`lon qilindi. Bu razvedka maqsadidagi ekspedetsiyalar va tarqoq harbiy yurishlar bosqini hamda О`rta Osiyo davlatlariga qarshi keng harbiy kompaniya boshlanganidan dalolat berardi.
Podsho qo`shinlari keng bosqinchilik harakatining tayorgarlik bosqichi ayni vaqtda O`rta Osiyo xonliklarini iqtisodiy eksplutatsiya qilish bilan qo`shib olib borildi. Bu yaqin savdo bozorlari va xomashyo manbalariga ehtiyoj sezayotgan Rossiya savdo-sanoat doiralari tomonidan hukumat siyosatining tо`la qо`llab-quvvatlanayotganligini bildirar edi. Rossiya fabrikantlari va zavodchilari О`rta Osiyoga nisbatan amalga oshirilayotgan “qat`iy” siyosatini olqishlab, uni Rossiya imperiyasi tarkibiga qо`shib olishga chaqirdilar. Qо`qon xonligining 1840-45 yillardayoq bosib olingan ayrim hududlari ular tomonidan Rossiya voqeligining ajralmas qismlaridan biri bо`lib qolgan qandaydir mavjud narsa deb qaralar, ularning iqtisodiy kо`rsatkichlari va ulardan darhol foyda chiqarib olish imkoniyatlari о`rganilardi. Bu doiralarning vakillari о`z maqsadlariga erishish uchun о`zlariga qulay bо`lgan barcha vositalardan, shu jumladan, vaqtli matbuotdagi keng targ`ibotchilik kompaniyasidan unumli foydalanishga intilar edilar.
Rossiya matbuotda, ayniqsa, ishbilarmon doiralar tomonidan qо`llab turiladigan matbuotda rus qurolining balandparvoz g`alabalari haqidagi maqolalar bir qatorda, “Rossiyaning Osiyo yerlaridagi sivilizatsiya tarqatish missiyasi” ham keng targ`ib etilar, Turkistonni tezlik bilan “о`zlashtirish”, “obodonlashtirish”, u yerga “aholini tо`g`ri joylashtirish” haqida gap borardi.
Birinchi yo`nalish kema qatnaydigan suv yo`llari bilan Qora dengiz, Azov, Kaspiy va Orol dengizlarini birlashtirishga, rus tovarlarining O`rta Osiyoga borishini osonlashtirishga chaqirsalar, boshqalar Kaspiy dengizida harbiy flotiyaning kuchaytirilishini, Orol dengiziga yo`l ochish va Sirdaryo bo`ylab kemachilikni rivojlantirishni taklif etilar, uchinchi yo`nalish tarafdorlari esa, (ular orasida yirik Rossiya tо`qimachilik magnati A.Shipov ham bor edi.
Podsho Rossiyasi Turkiston о`lkasini bosib olgach, jahonning eng yirik mustamlakachi davlatiga aylandi. Yevropada Rossiyaga nisbatan «ulkan miqdordagi mulk о`g`risi» degan kinoyali ibora ishlatila boshlandi. Yevropa va Osiyoning bir qismini о`z ichiga olgan bu imperiya boshqa mustamlakachi davlatlardan farqli ravishda о`ziga xos mustamlakachilik tizimini yuzaga keltirdi. Bunday zо`ravonlik va zulmga asoslangan mustamlakachilik tizimi Turkistonda keng kо`lamda amalga oshirila boshlandi. Bu siyosat mahalliy halqlarga mutlaqo ishonmaslik, ularni nazarga ilmaslik kabi о`ta millatchilik ruhidagi siyosat asosiga qurilgan edi.
Turkistonda boshqaruv tizimi butunlay harbiylashtirilgan hokimiyat ixtiyoriga tо`laligicha topshirilgan bо`lib, ularning qо`lida cheklanmagan va hech
qanday insoniy huquqlarni tan olmaydigan hokimiyat tizimi shakillantirilgan edi. «Bu joyda bizning umumiy dushmanimiz — musulmonlik va yovvoyilikdir» — deya harbiy vazir Milyutinga maktub yо`llagan general Kaufman 1868 yil 22 yanvarda Toshkent jamoatchiligi vakillari oldida sо`zlagan nutqida ruslarni Turkiston aholisining katta og`alari degan fikrni ilgari surdi.
F.Girs boshchiligidagi Dasht Komissiyasi (1865—1867) Turkiston о`lkasida qanday
boshqaruv tizimi о`rnatish lozimligi haqida bir qaicha takliflarni podshoga bayon qildi. Podsho Aleksandr II bu loyihalarni «О`rta Osiyodagi mulklarni о`zlashtirish bо`yicha Mahsus qо`mita» diqqatga havola qildi. Bundagi amaldorlar Turkiston aholisiga о`ta past nazar bilan qarab, о`lka aholisini «yovvoyilik va qoloqlikda» aybsitib, boshqaruvning faqatgina markazlashtirilgan harbiy hokimiyati joriy etilishi zarur degan xulosaga keldilar. Bu hokimiyat rasman «harbiy halq boshqaruvi» deb nomlangan bо`lsada, amalda tо`laligicha harbiylar qо`lida edi. 1867 yilda harbyy vazir Milyutin Turkiston о`lkasini boshqarish tо`trisidagi Vaqtli Nizom loyihasini podsholik vazirlar qо`mitasi taqdim etdi va bu qо`mita tomonidan tasdiqlangan ushbu loyiha qonun sifatida kuchga kiritildi. Bunga kо`ra markaziy fuqarolik va harbiy boshqaruv tizimi tо`laligicha general gubernator kо`liga topshirildi. U ayni vaqtning о`zida turkiston harbiy okrugi bosh qо`mondoni ham edi. Markaziy davlat boshqaruvidan boshqaruvning eng quyi pogonalarigacha hokimiyat harbiy qо`liga topshirildi. Bu boshqaruv tizimi Turkiston о`lkasi va aholisini har tomonlama mustamlakachilik sirmog`iga solish bilan mashg`ul bо`ldi va ayrim о`zgarishlar bilan 1917 yilga qadar davom etdi.
2-masala: Turkiston general — gubernatorligida joriy qilingan boshqaruv usuli mahalliy aholi ustidan tо`la nazorat qilish imkonini bera oladigan tarzda qilib tashkil etilgan edi.
Markaziy о`lka boshqaruvi general gubernatori, uning Kengashi va mahkamasidan iborat bо`lgan.
Turkiston general gubernatori о`z qо`lida harbiy va fuqarolik hokimiyatini birlashtirgan edi. Ayni vaqtning о`zida u podsho noibi, harbiy okrut qо`shinlari qо`mondoni, Yettisuv kazak qо`shinlari qо`mondoni, bosh mirshab va bosh prokuror vazifalarini ham о`z qо`lida birlashtirgan edi.
Turkiston general gubernatori Rossiyaga vassal hisoblangan Buxoro amirligini Rossiya imperator siyosiy agentligi (1885—1917) va Xiva xonligini Amudaryo bо`limi (1873— 1918) boshliqlari orqali nazorat qilingan.
О`lka boshqaruvining eng dolzarb masalalari general gubernatorlik kengashi tomonidan hal etilgan. Bu kengash о`z tarkibiga harbiy guernator, sud palatasi raisi, prokuror, okrut shtabi boshlig`i, general gubernator yordamchisini kiritgan edi.
General tubernatorning diplomatik idorasi Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Afkoniston va Qoshrar bilan gchunosabatlarini muvofiqlashtirish ishlari bilan shug`ullangan. General gubernator maxkamasi ixtiyorida Turkiston ommaviy kutubxonasi, Toshkent mu.teyi, markaziy arxiv, «Turkostanskiye vedomogti» va «Turkiston viloyatining gazeti» gazetalari va bosmaxona ham bо`lgai.
Turkiston о`lkasi markaziy bosh boshqarmasida general gubernatorga bо`ysunmaydigap adliya, moliya, ziroat va davlat mulklari vazirliklariga qarashli -idoralar( xam bulgan va ular tо`g`ridan —tо`gri podshoga bо`ygungan.
Turkiston general gubenatorligi beshta viloyatdan iborat bо`lib, ular Sirdaryo, Farkona, Samarqand, Yettisuv va Kaspiyorti viloyatlari edi. Viloyatlar podsho tomonidan tayinlangan harbiy gubernatorlar ixtirrida bо`lgan. Bir vaqtning о`zida ular viloyat harbiy qо`shinlari qо`mondoni vazifasini ham bajarganlar..
Viloyatlar о`z navbatida uszdlarga bо`lib boshqarilgan. Uezdlar uezd boshliqlari tomonidan idora-etilgan, Sirdaryo viloyati Toshkent, Avliyoota, Kazalinsk, Perovsk, Chimkent: Farg`oia viloyati Marg`ilon, Andijon, О`sh, Qо`qon, Namangan: Samarqand viloyati Jizzax, Xо`jand, Samarqand: Yettisuv viloyati Verniy, Kopal, Lersin, Pishpak, Prjpkalsk: Kaspiyorti viloyati Ashxobod, Krasnovodsk, Mankishloq, Marv, Tajan, uezdlariga bо`lingan.
Turkiston shaharlarida politsmeyster lavozimi joriy etilgan bо`lg.a, Toshkentda yangi va eski shaharlardd alohida tyulitsmeysterlar ish olib borganlar. Ularsh iolitsiya pristavlari bо`ysupgap va kо`p sonli mirshablar ularning izmida bо`lgap.
1893 yil 2 iyunda Rossiya imperiyasi Davlat Kengashi tomonidan sud soxasidagi isloxotlar tizimi tasdiqlandi. Unga kо`ra, Toshkent shahrida sud palatasi, viloyatlarda esa bittadan okrug sudllri ta`sis etildi.
1899 yil 14 mayda ochilgan Toshkent sud palatasi barcha sudlar ustidan nazorat ishlarini ham olib borardi.
Mahalliy sudlar esag yuqorida ta`kidlaganimizdek, siyosiy tusga bо`lmagan barcha fuqarolik ishlarini kо`rib chiqish huquqiga ega edi.
4 —masala: Shaharlar hamma tarixiy davrlarda bо`lganidek, XIX asr ikkinchi yarmida ham siyosiy harbiy, iqtisodiy va madaniy markazlar vazifalarini bajarganlar.
Turkiston general gubernatorligiga qarashli Toshkent, Samarqand, Qо`qon, Marg`ilon, Andijon, Namangan, Ashxobod yirik shaharlardan sanalsa, mahalliy ahamiyatga ega bо`lgan Chimkent, Turkiston, Xо`jand, Jizzax, Kattaqо`rg`on kabi shaharlar ham о`ziga xos ahamiyatga ega bо`lgan shaharlardan hisoblangan.
Bosqinchilarning О`rta Osiyoni mustamlakaga aylantirishi barobarida Kazalinsk, Petro — Aleksandrovsk, Skobelev, Chernyayeо`ka kabi shaharlar va aholi turar joylari barpo etildi. Bosib olingan shaharlarda ruslar yashaydigan alohida turar —joylar barpo etildi va shaharlar yangi hamda eski shaharlar qismlarga ajratildi. Eski shahar aholisining yangi shaharlar hududlariga о`tishlari mat`iyan ta`qiqlab qо`yildi. Bu ham milliy kamsitishning bir kо`rinishi edi. Yangi shaharlarda aholining yashashlari uchun qulay shart — sharoitlar yaratildi. Shaharlarda rus millatiga mansub fuqarolarning savdo —sotiq qilishlari uchun katta imtiyozlar berildi. Aksincha, musulmon fuqarolarining iqtisodiy jihatdan kuchayib ketmasliklari uchun turli —tuman choralar kо`rilib turildi.
Toshkent о`zining harbiy, strategik va iqtisodiy jihatdan tutgan о`rni va joylashuviga asosan Turkiston о`lkasi shaharlari orasida alohida ahamiyatga ega edi. Shuning uchun ham Toshkent shahri general gubernatorlikning markazi etib belgilangan edi.
1877 yilda mahsus muvaqqat komissiya tuzilib, Toshkent shahri dumasi saylovlari uchun mahsus tartiblarni belgilab chiqdi. Bunga kо`ra, Dumaga saylovchilar mol — mulklariga asosan uch toifaga ajratildi. Yetarli miqdorda mulk -bо`lmaganlar saylov huquqidan mahrum etildi, , *
2400 saylovchi ishtirokida bо`lib о`tgan saylovda shahar Dumasi va boshqarmasi saylandi. Bunda rus noiblari uchun uchdan ikki qismi о`rni ajratildi.
Shahar boshqaruv faoliyatini nazorat qiluvchi harbiy gubernatori boshchiligidagi viloyat idorasi tuzildi. 1888 yilda imperator tomonydan Toshkent shahrini boshqaruv ishi ma`qullandi va shu bilan birga uni nazorat qilish general gubernatorga yuklatildi. Ichki ishlar vaziri huquqi harbiy okrut qо`mondoni zimmasiga yuklatildi. Duma oqsoqoli harbiy vazir tomonidan tayinlangan va 1877 — 1907 yillarda bu vazifani hokim tо`raning о`zi bajargan. Shahar ma`muriy politsiya tartiblari asosida boshqarilgan.
5 — masala: Rossiya imperiyasining Turkistondagi agrar siyosatidan kо`zlagan asosiy va bosh maqsadi о`lkani Rossiya manfaatlari uchun hizmat qiluvchi xom —ashyo bazasiga aylantirish va eng serhosil yerlar joylashgan hududlarga rus dexqonlarini keltirib о`rnashtirish edi. Shuningdek, Rossiya imperiyasi yer suv munosabatlari О`rta Osiyoda о`z hukmronligini mustahkamlash va uning imkoniyatlaridan о`z manfaatlari yо`lida foydalanishni kо`zda tutgan edi.
1886 yilgi nizomga kо`ra, rus dexqonlaring О`rta Osiyoga kо`chib kelishlari uchun katta imtiyozlar berildi. Shuningdek, bu nizomga kо`ra, «bо`sh yotgan davlat yerlariga» birinchi navbatda harbiy hizmatdan bо`shatilgan harbiy xizmatchilarni qо`yish kо`zda tutildi.
Imperiyaning Turkistondagi yer suv masalalariga doir siyosatida quyidagi siyosat amalga oshirildi:
1. Turkistonda barcha yerlar davlat mulki deb e`lon qilindi, о`troq mahalliy aholiga yer merosi yakka jamoa ekanligi tariqasida, kо`chmanchi aholiga esa azaliy dehqonchilik odatlariga rioya etilgan holda, muddati cheklanmagan holda jamoa bо`lib foydalanish uchun topshirildi;
2. О`troq aholi yashaydigan joylarda yer, undan amalda foydalanganga biriktirib qо`yildi;
3. Dastlab vaqf yerlariga soliq joriy etilgan bо`lsa, keyinroq bu mulklar butunlay tugatilib yuborildi;
4. Shahar tashqarisida mahsus kо`chiruv fondlaridan tashqari rus aholisiga yer ajratish ta`qiqlandi;
5. Yevropaliklar, xususan, ruslar tomonidan mahalliy aholi yerlarini sotib olish mutlaqo ta`qiqlab qо`yildi va bu qonun 90 — yillarning oxirigacha saqlanib qolindi.
Bular bilan birga soliqlar ham imggeriya manfaatlari nuqtai nazaridan qayta kо`rib chiqildi va kuchaytirib yuborildi. Asosiy e`tibor paxta yetishtirishga qaratildi va yangi yerlar sug`orish tarmoqlarini kengaytirish kо`zda tutildi.
Rus mustamlakachi hukumati Turkistonda qishloqlarni boshqarishda 1867 yilgi «Vaqtli Nizom loyihasi»ga amal qildi. Bu idora usuli mahalliy halqlar
boshqaruv siyosatiga zid bо`lib, Rossiyadagi ruscha idora usulida edi.
Bu Nizomga kо`ra, kо`chmanchi aholiga ikki bosqichli (volost va ovul), о`troq aholiga esa bir bosqichli (oqsoqollar) boshqaruv tizimi joriy etildi.
Volost asosini mingdan ikki minggacha xonadon tashkil etsa, ovul jamoalarini yuzdan ikki yuzgacha bо`lgan о`tovlar aholisi tashkil otgan. Bu bilan kо`chmanchi aholi о`rtasidagi urug`chilik asosidagi bо`linish barham topdi. Bu siyosat hokimiyatga soliqlarni belgilash va yig`ib olishda ham qо`l kelib uni takomillashtirishga harakat qildi.
1886 yilgi «Turkiston о`lkasini boshqarish tо`g`risidagi Nizom»ga kо`ra о`troq aholining bir bosqichli boshqaruv tizimi bekor qilindi va ikki bosqichga aylantirilib, oqsoqolliklar volostlarga birlashtirildi. Ovul jamoalari va oqsoqollar vakillari yig`ini barcha saylovchilar yig`ilishi bilan almashtirildi.
Aholi saylovlar yо`li bilan volost va oqsoqolliklarga mingboshilarni saylardi. Mingboshi volost boshqaruvchisi bо`lib, qishloq, ovul oqsoqoli tomonidan uch yil muddatga saylangan. U о`z faoliyatini rus mustamlakachi ma`muriyati tasdig`idan о`tgandan sо`nggina boshlagan. Aholining «qirg`izlar va sartlar» iborasi bilan atash 1886 yilgi Nizomga kо`ra «о`troq va kо`chmanchi» tarzida о`zgartirildi.
Volost boshqaruvchisini saylovchilar vakillarining qurultoyi saylagan. Bunda ikki nomzod kо`rsatilib, ikkinchisi uning muovini bо`lgan. Bu nomzoddar harbiy gubernator tomonidan tasdiqlanmasa, bekor qilingan va boshqasi tayinlangan yoki harbiy gubernator kо`rsatgan shaxs bu vazifaga kirishgan. Shu tariqa rus mustamlakachi hokimiyati qishloqlardagi boshqaruv faoliyatini ham о`z qо`lida mustahkam saqlab turgan.
Chor Rossiyasi О`rta Osiyoni bosib olgach, bu yerda о`z manfaatlarini oshirish borasida turli siyosatlar va tadbirlarni amalga oshira boshladi. Mustamlaka hukumatning amalga oshirgan ishlaridan biri Turkistonda temir yо`lning barpo etilishi bо`ldi.
Turkistonda temir yо`l ikki asosiy maqsadni harbiy strategik va iqtisodiy maqsadlarni kо`zlab qurildi.
Harbiy strategik nuqtai nazardan olsak, о`lkaning qay bir yerida mustamlakachilikka qarshi kurashlar yuzaga kelmasin, uni bostirish uchun harbiy kuchlarni safarbar etish va yetkazib berish, mustamlaka hokimiyatini saqlab turishda harbiy soha imkoniyatlarini kengaytirish kо`zda tutilgan.
Keyingi yillarda kо`plab yetishtirilayotgan xom — ashyolar va yer osti va yer usti boyliklarini kо`plab miqdorda va tezroq Rossiya hududlariga yetkazib borish iqtisodiy maqsadlarni kо`zlagan edi.
О`rta Osiyo temir yо`lining dastlabki izlari 1880 yilda Mixaylovo postidan Mullaqorigacha bо`lgan 26 km masofada yetkazildi. 1881 yil 20 sentabrida Mixaylovdan Qizil Arvotgacha 232 km masofada temir yо`lda qatnovlar boshlandi. 1885 yilda Ashxobodga, 1886 yilda Marv, Chorjuy va Amudaryogacha temir izlari yetkazildi.
Temir yо`l Samarqand bilan ham tutashtirildi, 1898 yilda Marv Qо`shqa shaxobchasi qurilib, bir yildan sо`ng Farg`ona vodiysi va Toshkent ham temir yо`l bilan tutashtirildi. 1900 yil boshlangan Toshkent Orenburg temir yо`li 1905 yilda qurib bitkazildi va keyingi yillarda О`rta Osiyoning barcha asosiy nuqtalari temir izlari orqali birlashtirildi. Bu esa Rossiya imperiyasiga har yili Turkiston о`lkasidan minglab tonnalar miqdorida qimmatbaho yuklarni olib chiqib ketish imkoniyatini berdi.
О`lkada temir yо`lining tushirilishi natijasida bir qancha sanoat korxonalari ham yuzaga kela boshladi. Bu saonat korxonalarida xom —ashyoga dastlabki ishlov berilardi.
Birinchi paxta tozalash zavodi 1879 yilda Toshkentda savdogar Nazarov tomonidan ishga tushirildi. 1885 yilda esa Andijonda savdogar Xо`jayev tomonidan ikkinchi paxta tozalash zavodiga asos solindi va shu tariqa birin ketin turli sanoat korxonalari barpo etila boshlandi. 1867— 1900 yillar davomida Turkiston о`lkasida 170 korxona ishga tushirildi. Ularning asosiy qismi paxta tozalash zavodlari bо`lib, bulardan -tashqari , yog` —moy ishlab-chiqarish, choy qadoqlash, aroq, vino tayyorlovchi korxonalar ham barpo etilgan edi. Boshqacha aytadigan bо`lsak, Turkiston о`lkasining yalpi sanoat ishlab chiqarishning 80 foizdan ortigi paxtani qayta ishlovchi korxonalar hissasiga tо`tri kelardi.
Bu korxonalarda asosan yevropalik ishchilar ishlagan bо`lsalar, keyingi yillarda mahalliy aholi vakillari ham katta qiyinchiliklar bilan yollanma ishchilarga aylana boshladilar. Biroq bunda rus va musulmon ishchilariga bо`lgan munosabat bir —biridan keskin farq qilardi va bunda mustamlkachi hokimiyatning shovinistik qarashlari aks etib turardi.
Shu tariqa Turkiston Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylantirilgach, bu yerda jahonning hech bir davlati qо`llamagan mustamlakaga idora usuli joriy etildi va bu idora usuli о`lka halqlarini uzoq vaqtlar mustamlaka sirtmog`ida tutib turishni kо`zda tutdi.

Download 367.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling