Mavzu: chor rossiyasining turkiston o‘lkasi boyliklariga munosabati va uning salbiy oqibatlari
Download 367.5 Kb.
|
Chor Rossiyasining Turkiston o`lkasi boyliklariga munosabati va
Mavzuning maqsad va vazifasi. Mazkur mavzu o`z mohiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi maqsad va vazifalarni belgilaydi:
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz olimlari mustamlaka o`tmishning haqqoniy solnomasini yaratish sohasida muayyan ishlarni amalga oshirdilar. Mustamlakachilik zo`ravonligi tarixi davri ko`p jihatdan hali “oq dog`lar” va “qora o`pirilishlar” bilan ajralib turibdi. Bular ayniqsa imperiya tuzumining iqtisodiy, ijtimoiy va ma`naviy tuzilmalariga, hukmron markazning o`zbek xalqini muntazam ravishda talash mexanizmini yaratishga va uni kuchaytirishga, mamlakatimizni chor imperiyasining qo`shicha xomashyo qo`shimchasiga aylantirilishi evolyutsiyasiga taalluqlidir. Tarixiy tafakkurning mazkur yo`nalishi ilmiy bilishning mustaqil obyekti sifatida rosmana ilgari surishga qadam qo`yildi. Ushbu tadqiqot ishining asosiy e`tibori Chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosatini olib qarashga va ochib berishga qaratildi. Bitiruv malakaviy ishida zamonaviy ilmiy tasavvurlar asosida chor mustamlaka tuzumining umumiy va xususiy tomonlari ko`rsatib berildi. Milliy iqtisodiyotning mustamlakachilik rejalari asosida o`zgartirilishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarni bir tomonlama joylashtirilishining yoritib berilishi, o`lkamizning metropoliya uchun xom ashyo yetkazib beruvchi qo`shimchaga va tayyor mahsulotlarni sotish bozoriga aylantirish mexanizmi ochib berildi. Ishda O`zbekistonning tabiiy xom ashyo va odam resurslarini imperiya tarzda ishlatishga, sanoat va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi sohasidagi milliy boyliklardan yoppasiga foydalanishga, paxta yakkahokimligi zo`ravonligining uzoq muddatga cho`zilgan salbiy oqibatlarini o`rganishga alohida e`tibor qaratildi. O`lkaning milliy boyliklarini zo`rlik bilan olib ketish, o`zbek xalqining ko`p ming yillik ma`naviy merosiga putur yetkazish, uning madaniy mulkka huquqini poymol qilish jarayonlari ham yoritilgan. Ko`plab rus sanoatchilari va ishbilarmonlari Turkiston o`lkasiga kelib, ko`plab yangi turdagi sanoat korxonalarini ochganligi, mahalliy boylar va hunarmandlarning mahsulotlari rus sanoatchilarining mahsulotlari oldida kasodga uchraganligi, qishloq xo`jaligi, xususan, paxtachilik va chorvaчилик sohasida olib borgan imperiyacha siyosatlarini ochib berishga harakat qilindi. Download 367.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling