Mavzu: Cho'zilgan elementlarning konstruksiyalari Reja; Cho'zilgan elementlarning konstruksiyalari Armaturadagi olindan zo’riqishlarning yo’qolishi


Download 127.02 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi127.02 Kb.
#1625836
Bog'liq
Zuhi aka 3


Mavzu: Cho'zilgan elementlarning
konstruksiyalari
Reja;
  • Cho'zilgan elementlarning konstruksiyalari

  • 2. Armaturadagi olindan zo’riqishlarning yo’qolishi

Cho'zilgan elementlarning konstruksiyalari
Betonda yoriq paydo bo’lishining oldini olish uchun uni cho’zilgan armatura yordamida siqiladi. Тayyorlash jarayonida sun’iy ravishda (oldindan) betonda siqilish va armaturada cho’zilish kuchlanishlari uyg’otilgan temirbeton konstruksiyalari oldindan zo’riqitirilgan konstruksiyalar deb ataladi. Oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarning afzalligi ularning yoriqbardoshliligi va bikirligi yuqori darajada ekanligidadir. Ana shu xossa tufayli o’ta mustahkam po’lat va betondan foydalanish imkoniyati tug’iladi, buning natijasida oddiy armatura temirbetondagiga nisbatan 30...70% kamroq bo’ladi. Ayni paytda beton sarfi ham kamayib, konstruksiya vazni yengillashadi.
Oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarda B20...B60 sinfli beton va o’ta mustahkam armatura ishlatiladi. O’ta mustahkam materiallarning qo’llanilishi temirbeton konstruksiyasining ko’ndalang kesimlarini kichraytirish imkonini beradi; bu esa konstruksiya narxini kamaytiradi, chunki beton bilan armaturaning narxi mustahkamlikka nisbatan sekinroq ortadi. Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruksiyalari o’zining zanglashga qarshi o’ta turg’unligi, ko’pga chidamliligi va bardoshliligi bilan farq qiladi. Konstruksiyalrni oldindan zo’riqtirilishi oraliq (prolet)larni kattalashtiradi, kesimlarni kichiklashtirish evaziga ulardan samarali foydalanish doirasini kengaytiradi. Betonda cho’zuvchi kuchlanishlar paydo bo’ladigan konstruksiyalarda (egiluvchi elementlar, quvurlar, rezervuarlar, minoralar va h.k.) oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Тuynuklar beton qotishi jarayonida sug’urib olinadigan rezina shlanglar yoki po’lat quvurlar yordamida hosil qilinadi yoki maxsus tayyorlangan sirti g’adir-budur po’lat quvurlar beton ichida qoldiriladi. Beton yetarli mustahkamlikka erishgach, tuynuk yoki o’yiqdan o’tkazilgan armatura tarang tortiladi va uchlari mahkamlanadi (ankerlanadi). Keyin armatura bilan beton orasidagi yopishuvni ta’minlash va armaturani zanglashdan asrash maqsadida tuynukka 0,5...0,6 MPa bosim ostida sement qorishma xaydaladi.
Armaturani taranglash usullari. Armaturani taranglashning asosan uchta usuli: mexanik, elektr-termik va fizik-kimyoviy (o’z o’zini zo’riqtirish) usullari mavjud. Armaturani mexanik usul bilan taranglashda ko’pincha gidravlik domkratlardan foydalaniladi. Bu usulda aramaturada katta zo’riqish hosil qilishdan tashqari taranglash kuchini ham aniq o’lchasa bo’ladi. Bunda cho’ziladigan sterjenlarni domkrat silindriga biriktiriladi, domkratning porsheni element uchiga yoki maxsus tirgaklarga tiraladi.
Konussimon anker: 1 – shon; 2 – konussimon tiqin; 3 – damlab (nagnetaniye) haydash uchun teshik Yo’g’onlashtirilgan kallakli simlardan qilingan o’ramlar uchun mo’ljallangan Moskvadagi Тransport qurilishining markaziy IТI (SNIIS) tomonidan yaratilgan quyma va qo’zg’almas taranglanadigan yig’ma ankerlar konstruksiyasi ham ishlatiladi.

Ushbu mustaqil ishimizda biz chozigan elementlarni konstruksiyalash haqida dastlabki tushunchalarni o`rgandik. Bu mustaqil ishdavomida bir qancha xisoblash ishlarini olib bordik.


Xulosa
Adabiyotlar:
1. Брик А.Л,, Давыдов В.Г., Савельев В.Н. Эксплуатация искусственных сооружений на железных дорогах. – М.: Транспорт, 1990. – 231 с.
2. Красин Н.А., Мамажанов Р.В., Примеры определения грузоподъемности железобетонных пролетных строений железнодорожных мостов с уче­том влияния дефектов и повреждений. Ташкент: ТашИИТ, 1996. – 45 с.
3. “Мостбудсервис” илмий-ишлаб чиқариш фирмаси. http://mbs.com.ua/o_kompanii.html. ttp://mbs.com.ua/obsledovanija_mostov.html.
4. Мосты и тоннели на железных дорогах. Учебник для вузов./В.О. Осипов и др.: под ред. В.О. Осипова. – М.: Транспорт, 1988. – 367.
5. Опыт компании Зика. Клиентское и техническое обслуживание ООО «Зика». e-mail: info@ru.sika.com. www.sika.ru.
http://www.sika.ru/upload/iblock/2ba/%20k%20hfjvvpgv%20dkdzguddfaksib%20wwoozq%20onbwtlsoayj%20Sika.pdf.
6. Руководство по определению грузоподъемности железобетонных про­летных строений железнодорожных мостов /МПС. Главное управление пу­ти. – М.: Транспорт, 1989. – 125 с.
Download 127.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling