Mavzu: Cho’zilgan temirbeton elementlarining mustahkamligini hisoblash reja


Rasm-2.5. Qoziqoyoqli o‘rta tayanch a-qayrda, b-o‘zanda


Download 0.58 Mb.
bet4/4
Sana28.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1303812
1   2   3   4
Bog'liq
TEMIRBETON KO‘PRIKLARNING KONSTUKTIV ELEMENTLARI

Rasm-2.5. Qoziqoyoqli o‘rta tayanch a-qayrda, b-o‘zanda
Qoqiladigan qoziqoyoq tig‘i yoki qoziqoyoq-qatlamtig‘i belgisi yuvilib ketish belgisidan kamida 4 m ga past bo‘lishi lozim. Tuproqlarning ko‘tarib turish sharoitiga qarab bu o‘lcham yana bir necha metrga oshirilishi mumkin.
To‘sinli ko‘priklarda qo‘llaniladigan ustunlarning ko‘pgina turlari mavjud.
Ustun konstruksiyasini tanlash muhandislik-geologik sharoitlar va ko‘prik inshootlarining asosiy geometrik parametrlariga bog‘liq.
18-33 m uzunlikdagi oraliq qurilma tuzilishlarda va rigel pastki qismining tabiiy tuproqdan 6 m gacha balandlikda ko‘tarilganda rostverksiz chorpoya turdagi chetki ustunlar qo‘llaniladi (4.8-rasmga qarang).Qoziqoyoqlar grunt yuvilish sathidan kamida 4 m chuqurlikka qoqiladi.
Ko‘prikni ko‘tarma bilan birlashtirish va ko‘tarma konuslarni mustahkamlash
Avtomobillarning ko‘tarmadan ko‘prikka ravon (hech qanday sakrashlarsiz) o‘tishini ta’minlash uchun o‘tkazish plitasidan foydalaniladi (2.6 rasm).

Rasm-2.6. Ko‘prikni o‘tkazish plitasi yordamida ko‘tarma yondashuvlari bilan bog‘lash
Plitaning bir uchi ustun shkaf devorining turtib chiqqan joyiga tayantiriladi. Boshqa uchi esa yotqizish tayanchiga tayantiriladi (odatda bu 35 x 35 sm kesimli qoziqoyoqlar); yotqizishdagi plita tayanish joyidagi plitadan harakatlanish qismi belgisigacha bo‘lgan masofa 45 sm ga teng.
O‘tkazma plitalar uzunligi ko‘prik oldidagi sochma balandligiga qarab belgilanadi (2.1-jadval).
2.1-Jadval
O‘tkazish plitasi o‘lchamlari



Ko‘tarma balandligi, m

Plita o‘lchami, mm

1

2,0

3000×1490×200

2

2,0

3000×1990×200

3

2,0.....6,0

4000×980×250

4

6,0.....7,0

6000×980×300

5

8,0

8000×980×400

Ko‘tarma tuprog‘ini sath oqimi va daryo oqimi ta’sirida yuvilib ketishdan himoyalash uchun uning konuslari sathi (sohil oraliq qurilmalari osti) shag‘al qatlami bo‘yicha yaxlit beton bilan mustahkamlanadi.
Konus tagi maxsus konstruksiya bilan mustahkamlanadi. Har bir muayan holatda konus tagini mustahkamlash konstruktiv elementlari o‘lchamlari hisob-kitob bilan belgilanadi.Ko‘rib chiqilayotgan grafik ishni bajarish uchun 2.7-rasmda ko‘rsatilgan o‘lchamlardan foydalanish mumkin.

Rasm-2.7. Ko‘tarma konus yuzasi va tagligini mustahkamlash
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling