Mavzu: cho‘zilish-siqilishda statik aniq masalalar


Download 181 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi181 Kb.
#1627575
1   2   3
Bog'liq
1 CHo‘zilish-siqilishda statik aniq masalalar AYA

2-misol. Yoyilgan q kuch ta’siridagi sterjen uchun bo‘ylama kuch N epyurasini quring (Sterjenning o‘z og‘irligi ushbu q kuchga misol bo‘lishi mumkin).
Bu holda tayanchda faqat bitta R1 = q ga teng reaksiya kuchi hosil bo‘ladi. Bu sterjenni bir uchastkadan iborat deb qarash mumkin. Undan bitta kesim o‘tkazib, yuqori qismini tashlab yuboramiz.
∑ Z1 = N1qz1 = 0, bundan N1=qz1 bo‘lib, N1= f (z1) = qz1 ko‘rinishga ega bo‘ladi.
N1= = q z1 funksiyasi yordamida bo‘ylama kuch N ning epyurasini quramiz.
z1 = 0 da ; N1 = 0
z1 = l da ; N1 = ql bo‘ladi.
Tekis taqsimlangan kuch ta’siridagi bo‘ylama ichki kuch N epyurasi, epyura o‘qiga nisbatan og‘ma to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lar ekan. Bu kuch cho‘zuvchi kuch bo‘lib, uning eng katta qiymati ql, tayanchda hosil bo‘lar ekan. N kuchining og‘ish burchagi yoyilgan kuch intensivligi q orqali aniqlanadi.
Bo‘ylama kuch epyurasini qurishda sterjen vertikal yoki gorizontal turishining ahamiyati yo‘q.
3 -misol. Markaziy kuchlar sistemasi qo‘yilgan sterjen uchun bo‘ylama kuch N epyurasi qurilsin.
l1 =1m, l2 = 2m, l3 = 1m, l4 = 2m,
P = 6tk, q = 2 tk/m.
Bu holda ham tayanchda bitta reaksiya kuchi R paydo bo‘ladi ya’ni:
Z = -q l2 + P + R = 0 , bundan R = q l2 – P= -2 tk.
Yechimdagi (–) ishora tayanchdagi reaksiya kuchi R ning yo‘nalishi noto‘g‘ri ko‘rsatilganini va uni teskari tomonga o‘zgartirish kerakligini bildiradi. U holda R =2tk bo‘ladi.
Bu sterjenni 4 ta uchastkadan iborat deb qarash kerak bo‘ladi. N kuchining epyurasini qurish uchun har bir uchastkadan kesim o‘tkazib N ning qiymatini aniqlaymiz ya’ni:
I-uchastka uchun: ∑ Z1 = N1= 0, N1= 0,
II-uchastka uchun: ∑ Z2 = N2 – q z2 = 0, N2 = q z2,
bundan, z2=0 da: N2=0,
z2= = 2m da: N2=4 tk bo‘ladi.
III-uchastka uchun: ∑ Z3 = -q 2 + N3 = 0, N3 = q 2=4tk,
IV-uchastka uchun: ∑ Z4 = R + N4 = 0, N4 =-R= -2tk, .
Yuqoridagi funksiyalardan foydalanib N kuchining epyurasini qursak, u rasmdagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Bo‘ylama kuch N epyurasidan ko‘rinib turibdiki eng katta cho‘zuvchi kuchning qiymati 4 tk , eng katta siquvchi kuchniki 2 tk ga teng.
Bu ko‘rgan uchta misollarimizdagi sterjenlarning ko‘ndalang kesim yuzalari o‘zgarmas bo‘lganligi uchun N ning epyurasidan xavfli kesimni aniqlashimiz mumkin: 1-misolimizda sterjenning I-uchastkasida, 2-misolda sterjenning tayanchga yaqin joyida, 3-misolda esa sterjenning III-uchastkasida xavfli kesim hosil bo‘lar ekan.

Download 181 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling