Mavzu: cisc, risc va vliw arxitekturali kompyuterlar buyruqlari turlari


Murakkab buyruqlarning shakllanishi


Download 0.58 Mb.
bet2/4
Sana11.05.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1452897
TuriУчебное пособие
1   2   3   4
Bog'liq
8. CISC, RISC va VLIW arxitekturali kompyuterlar buyruqlari turlari

Murakkab buyruqlarning shakllanishi

  • Kompyuter bilan bog`liq bo`lgan yangi tushunchalar va g`oyalar kirib kela boshladi. Shulardan biri bu buyruqlarni bajarilishi va samaradorlik o`rtasidagi bog`liqlik edi;
  • Dastlab oddiy buyruqlarning tezkor bajarilishiga katta ahamiyat berildi;
  • Biroq, tez orada kompyuterlar uchun tez “yuklanuvchi” buyruqlarni ishlab chiqish samaradorlikning eng asosiy omili ekanligi tushunib yetildi;
  • Bu bilan qaysidir buyruqning qancha vaqt davomida bajarilishi emas, balki bir sekundda nechta buyruq bajarilishi muhim ekanligi belgilandi;

RISC va CISC

  • 80 – yillardagi kompyuterlarda xususan, VAX va IBM da 200 dan 300 tagacha buyruqlar bo`lgan;
  • Lekin RISC kompyuterlarda esa kam sonli buyruqlar (50 ta atrofida) kompyuterlarning o`ziga xosligini ifodalar edi;
  • RISC - Reduced Instruction Set Computer – Qisqartirilgan buyruqlar to`plamiga ega kompyuter;
  • CISC - Complex Instruction Set Computer – Murakkab (to`liq) buyruqlar to`plamiga ega kompyuter;
  • Bugungi kunga kelib esa protsessorlarning rivoji sabab hech kim kompyuterlardagi buyruqlar to`plami va to`plamdagi buyruqlar soni bilan qiziqmaydi.

RISC vs CISC

  • Shu vaqtdan boshlab RISC va CISC tarafdorlari o'rtasida ulkan g`oyaviy kurash boshlandi;
  • RISC tarafdorlariga ko'ra, kompyuterlarni loyihalashning eng yaxshi usuli bu kam sonli oddiy ko’rsatmalarni (buyruqlarni) o'z ichiga olish va ularning har birini ma'lumotlar yo'lining bir siklida bajariladi. Ya'ni bir nechta registrda ba'zi arifmetik yoki mantiqiy amallarni bajaradi va natijani registrga qaytaradi.
  • CISC bajaradigan bitta buyruq o`rniga RISC 4 yoki 5 ta buyruqni bajarsa ham buyruqlar bajarilishi RISCda CISCga nisbatan 10 marta tez bo`lishi hisobiga RISC kompyuterlari tez ishlashi ta`kidlangan;

RISC vs CISC

  • Kompyuterlar bozorida RISC dominantlik qilishi hisobiga CISC kompyuterlariga ehtiyoj kamayishi kutilgan, biroq unday bo `lmadi;
  • Birinchidan, RISC kompyuterlari boshqa modellar bilan moslashib ishlash imkoniga ega emas edi. Bu paytda ko`plab kompaniyalar Intel mahsulotlari uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta`minotlarga milliardlab dollarlar tikishgan edi;
  • Ikkinchidan, Intel CISC arxitekturasida huddi shu g'oyalarni amalga oshira oldi.
  • 486 protsessordan boshlab Intelning protsessorlari ma'lumotlar yo'lining bir siklida sodda buyruqlarni bajaruvchi RISC-yadroni qo`llay boshladi. Murakkab buyruqlar esa odatdagi CISC texnologiyasi asosida interpretatsiya qilinadigan bo`ldi;
  • Buning natijasida odatdagi buyruqlar tezkorlik bilan, kam foydalaniluvchi murakkab buyruqlar sekinroq bajariladigan bo`ldi;

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling