Mavzu: Corel Draw dasturida kitob muqovasini yasash
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
kitob muqovasi
Mavzu:Corel Draw dasturida kitob muqovasini yasash Reja 1. Kitob muqovasi haqida 2. Corel drawda chizish Muqova — kitob, albom, jurnal, daftar va shu kabilarni yaxlit qilib biriktirib turuvchi ustki qism. Muqovada nashrning nomi, mualliflari yoziladi, turli bezaklar ishlanadi. Muqova kitob blokini qay darajada ushlab turishiga qarab old va orqa, tub (korishok) tomonlarga ajraladi. Muqovaning juzlangan varaklar sarbandiga biriktirilgan qismi muqova sarbandi deyiladi. Muqova tomonlari karton va boshqa xom ashyolardan tayyorlanib, sirtiga charm, qogʻoz, mato va boshqa siriladi; ichiga qogʻoz yopishtirilib kitob blokiga birlashtiriladi. Muqovalar yupqa, qattiq (qalin), yumshoq boʻlishi mumkin. Yupqa muqova qogʻozdan iborat boʻlib, uni tayyorlash nisbatan oson va arzon boʻlganligi uchun, odatda ommaviy kitoblar, risola, jurnallarda foydalaniladi. Qalin muqova mustahkam boʻlib (1—9 raqamli turlarga ega), kitob va nashrlarni yaxshi saqlanishini taʼminlaydi. Bulardan 5 va 7-raqamli muqovalar keng ishlatiladi. 5-raqamli muqovada tomonlari (karton)ga qogʻoz sirilib, muqova sarbandida alohida material (mato) bilan ulanadi; darsliklar, siyosiy, ilmiy, adabiy asarlarda koʻp qoʻllanadi. 7-raqamli muqovada tomonlariga sirilgan material (charm, liderin va boshqalar) muqov sarbandi bilan yaxlit tutashib ketadi; ensiklopediyalar, yirik ilmiy va badiiy asarlar nashrida qoʻllanadi. Yumshoq muqovada karton oʻrniga qalin bukiluvchan qogʻoz ishlatiladi. Muqova yaxshi saqlanishi uchun jild (superoblojka) kiygiziladi. Oʻzbekiston hududida qadimdan qoʻlyozma kitoblar tayyorlash rivojlangan. Bu qoʻlyozma kitoblar muqovasi asosan charm, shuningdek, qogʻoz, matodan tayyorlangan. Muqovaga yozuvlar bitilmagan. Muqova markaziga vertikal chiziq boʻylab yirik va mayda turunj (medalon)lar joylashgan, atrofi nafis islimiy naqshlar bilan hoshiyalangan. Kitob muqovalarini shu usulda bezash XX asrgacha davom etgan. Birinchi navbatda 10x15 o`lchamda oq oyna yaratib olamiz. Bizga quyidagicha ekran hosil bo`ladi Bizda kitob yuzi paydo bo`ldi va uni kulrang bo`yoq bilan bo`yaymiz. Sharifboyev Azamat muallifm nomini yozamiz. Muallif nomi ostiga to`g`ri chiziq tortamiz. Kitobga “POYGA SIRLARI” dib nom beramiz. .Kitob yuziga aftomabil rasmini chizib joylashtiramiz. Photoshopda uchburchak chizish Reja 1. Photoshopda shakllar bilan ishlash 2. Photoshopda uchburchak yasash Photoshop dasturi yaratilgan tasvirlarni bir nechta servislarga ulashish imkoniyatini beradi. Elektron pochta orqali ulashilganda Photoshop dasturi tasvirning asl nusxasini (.psd fayl ko‘rinishida) jo‘natadi. Ma’lum servislar va ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashilganda Photoshop dasturi tasvirni avtomatik ravishda JPEG formatiga o‘girib beradi. Tasvirni ulashish uchun dasturning File menyusidan Share qatorini tanlash yoki xususiyatlar panelidan tugmasini bosish kerak. Natijada ulashish imkoniyatlarini aks ettiruvchi dialog oynasi ochiladi Xususiyatlar paneli dasturning asosiy menyusi ostida ish sohasining yuqori qismida joylashgan. Xususiyatlar paneli o‘zgaruvchan bo‘lib joriy tanlangan uskunaga qarab o‘zgaradi. Xususiyatlar panelidagi ba’zi elementlar aksariyat 34 uskunalar uchun umumiy bo‘lsa, ba’zi elementlar faqat ma’lum uskunaga tegishli bo‘ladi. Xususiyatlar panelini panel ushlagichini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab siljitish va ish sohasining yuqorisiga yoki ostiga joylashtirish mumkin. Xususiyatlar panelini aks ettirish yoki yashirish uchun dasturning Windows menyusidan Options qatorini tanlash kerak. Kerakli o’lchamdagi ish maydonini yaratib olamiz. Instrumentlar panelidan “pryamolinelnoy lasso” instrumentini tanlaymiz va uchburchak chizib olamiz. Uchburchak chizish jarayoni. Uchburchak tayyor holatga keldi. Uchburchak chizib olingandan so’ng unga rang berib olamiz. Agarda hohlasa undan alt+shift tugmalarini bosib turgan holatda nusxalashimiz mumkin. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling