Mavzu: Dastlabki diniy shakllarni bildiruvchi afsonaviy obrazlar
Download 40.42 Kb.
|
6-ma\'ruza
Afrodita. Uncha nozik bo’lmagan, shamol kabi ayol Afrodita qonli janglarga aralashadi. U xudolar ko’nglida, odamlar muhabbatidadir. Ushbu hukmronlikka ko’ra Afrodita butun dunyoning hokimi. Uning hukmidan hech kim qochib qutila olmaydi, hatto xudolar ham. Faqatgina jangari Afina, Gestiya, Artemida uning qudratiga bo’ysunmaydi. Baland bo’yli kelishgan, yuz tuzilishi nozikroq, mayin to’lqinli oltin sochli, xuddi ajoyib guldasta boshiga o’rnatilgan kabidir. Afrodita go’zallik, charchamas yoshlik manbaidir. Har xil hushbo’y hid taratib turuvchi kiyimlarda, o’z go’zalligini ko’z-ko’z qilib borayotganda, quyosh yanada yorqinlashgandek tuyuladi. Gullar hashamatli gullaydi. Agar u o’rmonga kirsa, yovvoyi o’rmon hayvonlari chakalakzorlardan uning oldiga yugurar, qushlar galasi uning oldiga shoshilishardi. Sherlar, panteralar, barslar va ayiqlar unga mayin suykalishardi. Afrodita yovvoyi hayvonlar orasidan sekin yurib borar va o’zining ko’zni qamashtiradigan darajadagi chiroyidan g’ururlanardi. Uning yo’ldoshlari go’zallik va gratsiya xudolari Ora va Xaritalar unga xizmat qilardi. Ular ayol xudo Afroditaga dabdabali kiyimlar kiygizishar, uning oltin sochlarini tarashar, uning boshiga yaltiroq diodemadan gulchambarlar kiygizishardi. Kifera (Kipr) oroli yaqinida Afrodita tug’ilgan bolib, u qor kabi oq dengiz to’lqinlari ko’pigi, Uranning qizi edi. Uni dengiz to’lqinlaridan chiqib kelgan muhabbat xudolari – yosh Oralar o’rab turardi. Ular Afroditani oltin matolar tikilgan kiyimlar kiygizib, har xil xushbo’y hidlar taratuvchi gulchambarlar taqishardi. Afrodita qayerda paydo bo’lsa, o’sha yerda hashamatli gullar o’sib chiqar edi. Butun osmon xushbo’y hid taratar edi. Erot va Gimirot qiz xudoni Olimpga olib bordilar. Hamma xudolar uni baqirib tabriklaydilar. Shundan beri hamma vaqt Olimpdagi xudolar orasida tillo Afrodita yashab kelmoqda. U bir umr yosh xudolarning ajoyibidir. Afrodita dastlab osmon xudosi bo’lgan, u yomg’r yuborgan hamda dengiz xudosi ham hisoblangan. Afrodita to’g’risidagi miflarda uning kultiga sharqning katta ta’siri bor, ayniqsa, Notartining ta’siri kuchli. Asta-sekin Afrodita muhabbat xudosiga aylandi.
Download 40.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling