Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi


Download 1.03 Mb.
bet59/161
Sana26.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1656366
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   161
Bog'liq
8-sinf Kimyo 2017

Dasrning turi: Noan`anaviy . Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Aql charhi . masalalar yechish
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.


Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.


3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.


Yangi darsning bayoni.

Ayrim molekulalar tarkibiga kiruvchi atomlarda kimyoviy bog‘lanishda ishtirok etmagan, xususiy taqsimlangan elektron juftlari bo‘ladi. Masalan, suv – H2O da ikkita juft, ammiak – NH3 da bir juft xususiy juft elektronlar mavjud. Ayrim atom va ionlarda yoki molekulalarni tashkil etuvchi atomlarda bo‘sh orbitallar bo‘ladi. Atomlarning kimyoviy bog‘lanishda ishtirok etmagan xususiy electron juftlari bilan bo‘sh orbitalga ega bo‘lgan atomlar orasida kimyoviy


bog‘lanish paydo bo‘ladi. Bu bog‘lanish kovalent bog‘lanish kabi umumiy elektron juftlari hisobiga hosil bo‘ladi. Ammo, umumiy elektron juft faqat bitta atomga taaluqli, bu atom “donor” (beruvchi), ikkinchi atom esa “akseptor” (qabul qiluvchi) hisoblanadi.
Ammiak molekulasida bir juft azot atomiga tegishli xususiy juft electron bor, vodorod ionida esa bo‘sh orbital mavjud. Bir atomning kimyoviy bog‘lanishda ishtirok etmagan, ya’ni taqsimlanmagan elektron jufti va ikkinchi atomning bo‘sh orbitali o‘rtasida hosil
bo‘lgan bog‘lanish donor-akseptor yoki kordinatsion bog‘lanish deyiladi.
Suv molekulasidagi kislorod atomining kimyoviy bog‘lanishda ishtirok etmagan juft elektronlari bor: Suv molekulasidagi kislorod elektronidan ayrilgan vodorod, ya’ni vodorod
ionini H+ o‘zining xususiy juft elektroni hisobiga biriktirib oladi va gidroksoniy ionini hosil qiladi. (H+ vodorod ionida 1s orbital bo‘sh, ya’ni elektronsiz). Suv molekulasidagi
kislorod atomi donor, vodorod ioni akseptor deyiladi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling