Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi


Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi


Download 1.03 Mb.
bet105/161
Sana26.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1656366
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   161
Bog'liq
8-sinf Kimyo 2017

Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi:
Kimyoviy element, birikmalar formulasini, nomini yozma va og‘zaki ifodalay oladi;
Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi:
Kimyoviy moddalar, jihozlardan foydalana oladi;
Kommunikativ kompetensiya:
kimyoviy elementlar va ular birikmalarining nomini faqatgina ona tilida emas, balki xorijiy tillarda bilish. Inson hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan biogen elementlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
kundalik turmushda foydalanadigan mineral o‘g‘itlar, biogen elementlar haqidagi ma’lumotlarni media vositalardan izlab topa olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
kimyoviy moddalar haqidagi tushunchalar orqali bilimini oshirib borish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.


3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.


Yangi darsning bayoni.

Metalmaslar p-elementlar oilasiga mansub (vodorod va geliy s-element).Kimyoviy reaksiyalarda metalmaslar atomlari oksidlovchilik xossalarini namoyon qilib, elektronlarni biriktirib olishi mumkin. Elektronlarni biriktirib olish qobiliyati bir davrda joylashgan metalmaslarda tartib raqami ortishi bilan kuchayib boradi, bu guruhda joylashgan metalmaslarda esa tartib raqami ortishi bilan kamayib boradi. Elementlarning metalmaslik xossalari davrlarda tartib raqami ortgansari kuchayib, guruhlarda esa kamayib boradi. Umuman olganda elektronlarnibiriktirib olish qobiliyati quyidagi tartibda kamayib boradi. F, O, Cl, N, S, C, P, H, SiFtor elektrmanfiylik qiymati eng yuqori bo‘lgan element hisoblanadi. Metalmaslar tabiatda oddiy moddalar shaklida va turli birikmalar tarkibida uchraydi. Kosmosda vodorod va geliy eng ko‘p tarqalgan metalmaslar bo‘lsa, Yer po‘stlog‘ida (Yer po‘stlog‘i massasiga nisbatan) kislorod(47%) va kremniy (29,5%) eng ko‘p tarqalgan metalmas hisoblanadi. Kislorod guruhchasi metalmaslari – xalkogenlar, Ftor guruhchasi metalmaslari – galogenlar,Geliy guruhchasi metalmaslari – inert gazlar deb ataladi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling