Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
Download 1.03 Mb.
|
8-sinf Kimyo 2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasrning turi
- Yangi darsni rejasi. Yangi darsning bayoni.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar: badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish. Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars. Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi. Darsning tashkiliy qismi: 1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash. 3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash. Yangi darsni rejasi. Yangi darsning bayoni. Xlor zaharli gaz, natriy o‘yuvchi metal. Osh tuzi molekulasida xlor va natriy bo‘lsada, u zaharli va o‘yuvchi emas. Nima uchun? Galogen va ularning birikmalari xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. Xlor va uning birikmalari esa galogenlar ichida muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun xlorning xossalarini batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Avvalgi boblarda o‘rgangan bilimlarimizga asoslanib xlor haqida quyidagilarni ayta olamiz Tabiatda uchrashi: Tabiatda xlor faqat birikmalar holida uchraydi. - Galit (tosh tuzi) ---------- NaCl - Silvinit ------------------- KCl ・ NaCl - Silvin --------------------- KCl - Bishofit -------------------- MgCl2 ・ 6H2O - Karnallit -------------------- KCl ・ MgCl2 ・ 6H2O - Kainit ----------------------- KCl ・ MgSO4 ・ 3H2O Olinishi. Sanoatda xlor olish uchun elektroliz usulidan foydalaniladi. Laboratoriya sharoitida xlor olish uchun MnO2, HCl va 18-rasmda ko‘rsatilgan jihozlardan foydalaniladi. Ushbu tajribada MnO2 o‘rniga KMnO4 dan ham foydalanish mumkin. Reaksiya tenglamasini yozing va tenglang. Fizikaviy xossalari. Xlor sariq-yashil rangli, o‘tkir xidli, bo‘g‘uvchi, zaharli gaz. Xlorni hidlash mumkin emas. Ko‘proq miqdor xlor bilan nafas olgan kishi o‘lishi ham mumkin. U havodan 2,5 marta og‘ir. 20°C da bir hajm suvda 2,5 hajm xlor eriydi, natijada xlorli suv hosil bo‘ladi. Misol. Xlorli suvdagi xlorning massa ulushini aniqlang? Yechish: 1. Bir hajm suvda 2,5 hajm xlor eriydi. Demak, 1 l suvda 2,5 l Cl2 erigan. 1. 1 l suvning massasi: m=1000 ml ・ 1 g/ml = 1000 g. 2. 2,5 l Cl2 ning massasi: 22,4 l Cl2 → 71 g 2,5 l Cl2 → x g x=7,9 g. 4. Eritmaning massasi: 1000 + 7,9 = 1007,9 g 5. Eritmadagi xlorning massa ulushi: η= = 7 9 1007 9. 0 00783 0 783, , yoki , % Kimyoviy xossalari:Vodorod, metallar, bromidlar va yodidlar bilan o‘zaro ta’sirlashganda xlor oksidlovchidir. Masalan, xlorni natriy bilan o‘zaro ta’sirlashuvi quyidagi reaksiya tenglamasi bilan ifodalanadi Xlor kuchli oksidlovchi bo‘lganligi sababli temir bilan reaksiyaga kirishganda uni +3 oksidlanish darajasiga qadar oksidlaydi. Xlor suv va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishganda xlor molekulasidagibitta atom oksidlovchi ikkinchi atom esa qaytaruvchi bo‘ladi. Ishqorlar bilan reaksiyaga kirishganda ham xlor molekulasidagi bittaatom oksidlovchi, ikkinchi atom qaytaruvchi bo‘ladi. Xlor o‘yuvchi kaliy bilan sharoitga qarab turli moddalarni hosil qiladi. Qaynoq o‘yuvchi kaliy bilan reaksiyaga kirishganda kaliy xlorid va bertole tuzini hosil qiladi. Kaliy xloridda xlor -1, Bertole tuzida xlor +5 oksidlanish darajasiga ega Reaksiya tenglamasini o‘zingiz elektron-balans usuli bilan tenglang. . Xlor o‘zining kislorodli birikmalarida +1, +3, +5 va +7 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. Gipoxlorit kislota – HClO beqaror modda bo‘lib, u suyultirilgan eritmalardagina mavjud bo‘ladi. HClO kuchli oksidlovchidir. U asta sekinlik bilan parchalanib atom holdagi kislorodni ajratib chiqaradi. HClO = HCl + O Gipoxlorit kislota juda kuchsiz kislota.Gipoxlorit kislota tuzlari ishqorlarga xlor ta’sir ettirib olinadi. Cl2 + 2KOH = KCl + KClO + So‘ndirilgan ohakga xlor ta’sir ettirib xlorli ohak (oqartiruvchi ohak) olinadi Ca(OH)2 + Cl2 = CaOCl2 + H2OCaOCl2 xlorli ohak uning tuzilish formulasi ko‘rinishda bo‘lib aralash tuzdir. Ya’ni xlorid va gipoxlorit kislotalarning kalsiyli tuzidir.HClO2 xlorit kislota nihoyatda beqaror, faqat suyultirilgan eritmalardagina mavjud. Kuchli oksidlovchidir. Tuzlari beqaror, zarb ta’sirida portlaydi.HClO3 – xlorat kislota, beqaror modda bo‘lib eritmadagina mavjud. Eritmadagi kislota konsentratsiyasi 40% dan ortib ketsa portlab, parchalanadi. Xlorat kislota va uning tuzlari-xloratlar ham oksidlovchilardir. Qaynoq kaliy gidroksidga xlor ta’sir ettirilsa kaliy xlorat (Bertole tuzi) hosil bo‘ladi. 6KOH + 3Cl2 = KClO3 + 5KCl + 3H2O Bertole tuzi KClO3 barqaror modda bo‘lib, oksidlovchi sifatida gugurt ishlab chiqarishda, portlovchi moddalarni tayyorlashda ishlatiladi. Laboratoriyada kislorod olish uchun foydalaniladi. HClO4 – perxlorat kislota. Xlorning kislorodli kislotalari ichida eng kuchli kislotadir. HClO, HClO2, HClO3, HClO4 Kislotalik kuchi va barqarorligi ortadi. Oksidlovchilik xossasi kamayadi Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling