Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi
Download 1.03 Mb.
|
8-sinf Kimyo 2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi darsni rejasi. 1.Alfa nurlar 2. Betta nurlar. 3. gamma nurlar Yangi darsning bayoni.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Masalalr yechish Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi. Darsning tashkiliy qismi: 1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash. 3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash. Yangi darsni rejasi. 1.Alfa nurlar 2. Betta nurlar. 3. gamma nurlar Yangi darsning bayoni. Fransuz olimi A.Bekkerel 1896 yilda uran tuzlaridan rentgen nurlariga o‘xshash nurlar chiqishini aniqladi. Nobel mukofotining sohiblari: fransuz olimlari Mariya Skladovskaya-Kyuri bilan Pyer Kyurilar 1898 yilda radiometric usul bilan radiy Ra va poloniy Po elementlarini kashf etdilar. Bu elementlar ham uranga o‘xshash hatto undan ham ko‘p nurlar chiqarishini aniqladilar. Kimyoviy elementlarning beqaror izotoplari yadrolaridan turlizarrachalar va nurlar chiqarib boshqa xil yadroga aylanish hodisasi radioaktivlik deb ataladi. Radioaktiv lotincha so‘z bo‘lib (radio-nur chiqaraman, aktavusfaol) faol nur chiqaruvchi demakdir. Barcha izotoplari radioaktiv bo‘lgan kimyoviy elementlar radioaktiv elementlar deyiladi. 1899 yilda Rezerford radioaktiv nurlarni o‘rganish davomida bu nurlarni uch qismga: α-, β- va γ−nurlarga ajratdi. α-nurlar geliy atomining yadrosi ekanligini isbotladi. 1899 yilning o‘zida Bekkerel β-nurlar elektronlar oqimi ekanligini isbotladi. 1900 yilda fransuz olimi P.Uilard γ-nurlarni aniqlab, bu nurlar elektromagnit to‘lqinlar ekanligini isbotladi. Radioaktiv nurlar α-, β-, γ-nurlardan iborat ekanligi barcha olimlar tomonidan e’tirof etildi. Magnit maydonida bu nurlar 11-rasmdagidek yo‘nalishlarda harakat qiladi. Radioaktiv elementlar radioaktiv nurlar chiqarib boshqa element izotopiga yoki shu elementning o‘zini izotopiga aylanadi. Bunday hodisalarni yadro reaksiyalari deyiladi va bu reaksiya natijasida katta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Radioaktiv elementlarning yemirilishi quyidagi to‘rt xil yo‘l bilan sodir bo‘ladi:α-yemirilish. α-zarrachalar geliy atomining yadrosi ekanligini bilsak, bu yemi rilish oqibatida radioaktiv elementning massasi 4 va zaryadi. 2 birlikka kamayishini tushuna olamiz. β-yemirilish. Radioaktiv element. β-emirilganda element atomi yadrosida gi neytron protonga aylanadi va yadrodan elektron ajralib chiqadi. Natijada elementning yadro massasi o‘zgarmasdan zaryadi bir birlikka ortadi. β-yemirilish. β-zarracha pozitron deyilib massasi elektron massasi bilan bir xil, zaryadi son jihatdan elektron zaryadiga teng ishorasi qaramaqarshi bo‘lgan zarracha e). Bu yemirilishda radioaktiv element yadrosida proton neytronga aylanadi va yadrodan pozitron ajralib chiqadi. Natijada elementning yadro massasi o‘zgarmaydi, zaryadi bir birlikka kamayadi. Elektronni yadroga qulashi natijasida yemirilish. Radioaktiv element yadrosi yaqinroqda joylashgan elektron qavatdan elektron qamrab oladi (elektronni yadroga qulashi), natijada elektron yadrodagi proton bilan birikib neytronga aylanadi. 1 Sun’iy radioaktivlik Radioaktiv elementlarning atomlari beqaror bo‘lganligi uchun har doim tabiiy ravishda emirilib turadi. Radioaktiv bo‘lmagan elementlarning yadrolari barqaror bo‘lib, uni boshqa elementga aylantirish maxsus usullar bilan amalga oshiriladi. Qadimgi alkimyogarlar metallarni oltinga aylantirish maqsadida juda uzoq izlanganlar. Alkimyogarlar davri XVII asr oxirigacha davom etdi, ammo ular bir elementni boshqa elementga aylantirish kimyoviy jarayonlarda mumkin emasligini bilmas edilar. Davriy qonun, atom tuzilishi, radioaktivlik, yadro reaksiyalari haqidagi bilimlar rivojlanib borgan sari bir elementni ikkinchi elementga aylantirish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. 1934 yilda Fredrik Jolio-Kyuri va Iren Kyuri sun’iy radioaktivlikni kashf etdilar. Bu kashfiyot yordamida radioaktiv bo‘lmagan ele mentlar yadrolarini turli zarrachalar bilan “bombardimon” qilib ikkinchi elementning radioaktiv izotoplarini olishga muvaffaq bo‘ldilar. Masalan, alyuminiy atomini α-zarrachalar bilan “bombardimon” qilib fosforning radioaktiv izotopi olinadi. Jonajon Vatanimizda ham o‘zbek olimlari U.O.Oripov, M.Mo‘minovlar yaratdhgan. Hozirgi kunda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshida “Yadro fizikasi” instituti ishlab turibdi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling