Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi
Download 1.03 Mb.
|
8-sinf Kimyo 2017
Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni. Kimyoviy elementlarning NEM (nisbiy elektromanfiylik) qiymatlariga e’tibor bergan holda kimyoviy birikmalarni quyidagi uch guruhga bo‘lib olishimiz mumkin. 1. Elektrmanfiyliklari bir xil bo‘lgan elementlardan, ya’ni ayni bir xil element atomlaridan hosil bo‘lgan moddalar. a) N2, F2, Cl2, Br2, J2, O2, N2 – oddiy moddalar. b) Li, Na, K, Al, Fe, Cu, Zn – metallar. 2. Elektrmanfiyligi bir–biridan bir oz farq qiladigan element atomlaridan hosil bo‘lgan moddalar.HCl, HBr2, HJ, H2O, H2S, NH3, CH4, PCl3, PCl5 ...3. Elektrmanfiyligi bir-biridan keskin farq qiladigan element atomlaridan hosil bo‘lgan moddalar. NaCl, K2S, BaCl2, CaF2, Li2O, MgO ... Kimyoviy birikmalarni hosil qiluvchi atomlar orasidagi elektronlarning taqsimlanishiga qarab kimyoviy bog‘lanishlarni quyidagi uch turga bo‘lish mumkin. Kovalent bog‘lanish Kimyoviy bog‘lanish Ionli bog‘lanish Metall bog‘lanish Qutbsiz kovalent bog‘lanish. Qutbsiz kovalent bog‘lanishlar elektrmanfiyligi bir xil yoki bir biridan juda oz miqdorda farq qiladigan atomlar orasida hosil bo‘ladi. Masalan, vodorod atomlarining o‘zaro birikishi natijasida H2 – vodorod molekulasining hosil bo‘lishini ko‘rib chiqamiz. Bu holatni quyidagi sodda ko‘rinishda yozish ham mumkin: Vodorodning ikkita atomi orasida hosil bo‘lgan bir juft electron hisobiga atomlar birikib H2 ni hosil qiladi. Natijada vodorod atomlari barqaror elektron konfiguratsiyaga ega bo‘ladi, ya’ni vodorod atomi tashqi energetik qavati tugallangan holatga o‘tadi. Atomlarning umumiy elektron juftlari vositasida bog‘lanishi kovalent bog‘lanish deyiladi. Oddiy moddalar kislorod (O2) va azot (N2) dagi atomlarni bog‘lanishi quyidagicha: Atomlar uchun umumiy bo‘lgan har bir juft elektronni bitta chiziqcha bilan almashtirib yozish ham mumkin. O = O, N≡N Kimyoviy bog‘lanishda ishtirok etayotgan juft elektronlar shu elementning valentligini ham bildiradi. H : H – bir valentli atomlar O :: O – ikki valentli atomlarN N – uch valentli atomlar.Yuqorida ko‘rib o‘tilgan H2, O2 va N2 lardagi bog‘lanish elektrmanfiyligi bir xil atomlar orasidagi bog‘lanishdir. Bunda umumiy juft elektronlar har ikkala atom uchun bir xil masofada ya’ni simmetrik joylashgan. Natijada hosil bo‘lgan molekula qutbsiz. Elektrmanfiyligi bir xil bo‘lgan atomlar orasida umumiy elek tron juftlari hosil bo‘lishi hisobiga vujudga keladigan kimyoviy bog‘lanish kovalent qutbsiz bog‘lanish deyiladi.Qutbli kovalent bog‘lanish elektrmanfiyligi bir – biridan bir oz farq qiladigan atomlar orasida hosil bo‘lgan umumiy elektron juftlar, elektrmanfiyligi kattaroq bo‘lgan atomga tomon bir oz siljigan bo‘ladi. Masalan, vodorod xlorid – HCl molekulasi hosil bo‘lishini ko‘rib chiqaylik. Bunda atomlar orasidagi umumiy juft elektronlar elektrmanfiyligi kattaroq bo‘lgan xlor atomi tomon siljigan bo‘ladi, natijada xlor atomi qisman manfiy, elektrmanfiyligi kichikroq vodorod atomi esa qisman musbat zaryadlangan bo‘ladi. Elektrmanfiyliklari bir-biridan biroz farq qiladigan atomlardan orasida hosil bo‘lgan kimyoviy bog‘lanish kovalent qutbli bog‘lanish deyiladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling