Mavzu Dasturiy ta’minot va uning rivojlanib borish tendentsiyalari Axborot tizimlari nuqtayi nazaridan dasturiy ta’minot
Download 385.16 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu 7
Mavzu 7. Dasturiy ta’minot va uning rivojlanib borish tendentsiyalari Axborot tizimlari nuqtayi nazaridan dasturiy ta’minot – bu hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni yig‘indisi tushuniladi. Dasturiy ta’minotlarni tasniflash quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshiriladi: 1. Foydalanuvchining kompyuter apparat qismi bilan bo‘lgan o‘zaro munosabati, buni klassik yondashuv deb atasak ham bo‘ladi va uning asosiy tushunchalari keyingi bandlarda ko‘rib chiqiladi; 2. Dasturiy ta’minotning litsenziyasi bo‘yicha tasnifi. Bunda erkin DT va erkinmas DT. Erkin DT bevosita GPL tomonidan litsenziyasi bo‘lishi kerak va unda quyidagilar muhim hisoblanadi: foydalanishdagi erkinlik; o‘rganish va tuzatishdagi erkinlik; tarqatishdagi erkinlik; BIOS va ichki DT O‘rta pog‘onadagi DT Kompyuter apparat qismi Viz u alla sh tiris h v os ita lari Uskunaviy vositalar OT va utilitalar Foydalanuvchi Amaliy DT o‘zgartirishdagi erkinlik; Erkinmas DT quyidagilarni qamrab oladi : tijoratli dasturlar (bunda tijoratli dastur litsenziyalangan va mualliflik huquqlari himoyalangan bo‘ladi); chegaralangan dasturlar (bunda dasturdan ma’lum vaqtgacha bepul foydalanish mumkin); shartli bepul dasturlar ( shareware, bunda dasturdan ma’lum vaqtgacha bepul foydalanish mumkin, ammo uning imkoniyatlari chegaralangan bo‘ladi); reklamali bepul dasturlar (adware, bunda dasturdan bepul foydalanish mumkin, faqatgina unda reklama elementlari mavjud bo‘ladi); bepul dasturlar (freeware, bunda dasturdan bepul foydalanish mumkin, faqatgina dastur kodi bo‘lmaydi ); ochiq kodli dasturlar (bunda GPL litsenziyasi mavjud bo‘lmaydi, shu bois uni erkin DT deb hisoblab bo‘lmaydi ) ; 3. Dasturiy ta’minotni kompyuter platformasi bo‘yicha tasnifi. Bunda operatsion tizim platforma sifatida olingan: bir platformali DT (faqatgina bitta OT muhitida ishlash uchun mo‘ljallangan); bir platformadan boshqasiga o‘tkaziladigan DT (portable, Perl, Python, C++ tillarida yozilgan dasturlarni Windows, Unix, Linux OT muhitlarida ishlatish mumkin); platformalararo DT (masalan, Java va web ilovalar barcha OT muhitlarida bir xil ishlaydi ); 4. Dasturiy ta’minotni dastur interfeysi bo‘yicha tasnifi: grafik interfeysli dasturlar ; konsolli dasturlar ; masalalar panelidagi dasturlar (masalan, “Soat” dasturi, va uni faqatgina kontekst menyu orqali boshqarish mumkin bo‘ladi ) ; ishchi stol Vidjetlari (gadjetlari) ( Gadjet – yangi juda kichik qurilma bo‘lib, ularga quyidagilar bo‘lishi mumkin: smartfon, pleer, qo‘shimcha kuler va b. Dasturiy ta’minotda esa vidjet (gadjet) yangi juda kichik ilova bo‘lib, qo‘shimcha har xil ma’lumotlarni olishga imkon beradi, ob-havo, valyuta kurslari va b. Bunga Google Gadjets, SideShow misol bo‘la oladi.) ; 5. Dasturiy ta’minotni apparat ta’minoti bo‘yicha tasnifi: superkompyuterlarga mo‘ljallangan dasturlar ; server va maynfreymlarga mo‘ljallangan dasturlar ; shaxsiy kompyuter va ishchi stansiyalarga mo‘ljallangan dasturlar ; kissali kompyuter va kommunikatorlarga mo‘ljallangan dasturlar ; mikroprosessorli qurilmalarga o‘rnatiladigan dasturlar. Download 385.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling