Laboratoriya ishini bajarish tartibi:
Tizimli papkalarni ish stoliga joylashtirish. Bu ish Windows 7 da quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Sichqoncha ko’rsatkichi ish stolini bo’sh joyida keltiriladi va kontekst menyudan Персонализация (Personallashtirish) buyrug’i beriladi (1.2-rasm);
1.4- расм.
Ekranga chiqariladigan Персонализация muloqot oynasidan Измениние значков рабочего стола (Ish stoli nishonchalarini o’zgartirish) buyrug’i beriladi (1.3-rasm). Natijada ekranga Параметры значков рабочего стола (Ish stoli nishonchalari parametrlari) muloqot oynasi chiqariladi.
Bu oynadan kerakli tizimli papka sichqoncha ko’rsatkichi bilan tanlanadi (masalan, Компьютер) va bayroqcha o’rnatiladi (1.4-rasm).
Параметры значков рабочего стола muloqot oynasidagi OK tugmasi bosiladi.
1.5-rasm. Рабочий стол oynasini ko’rinishidan fragment.
Windows 7 operatsion tizimi oynalarida buyruqlar berishni klassik interfeysi joriy qilingan.
Ish stolidan Компьютер►Рабочий стол buyrug’i berilsa uning 1.6-rasmda keltirilgan ko’rinishi ochiladi.
Рабочий стол papkasi (umuman Windows 7 papkalari oynasi 1.6-rasmda keltirilgan ko’rinishda quyidagi vositalar o’rnatilgan:
Ochilgan papka nomi;
Faol papkadan kalit so’zlar orqali qidiruv maydoni;
Faol ob’ektlar ustida bajarilishi mumkin bo’lgan amallar qatori (menyusi);
Oyna va elementlar ko’rinishlarini sozlash menyulari;
Asosiy papkalar oynasi;
Faol papkadagi ob’ektlar oynasi;
Faollashgan faylni oldindan ko’rish oynasi;
Faollashgan ob’ekt haqidagi statistik ma’lumotlar qatori.
1.6-rasm. Рабочий стол oynasidan fragment.
Do'stlaringiz bilan baham: |