Mavzu: Dasturlash faninig predmeti, maqsadi va vazifalari. Dasturlash faniga kirish. Reja


Download 17.75 Kb.
bet3/3
Sana14.09.2023
Hajmi17.75 Kb.
#1678188
1   2   3
Bog'liq
1-Ma\'ruza

Dasturlash muhiti Dasturlash muhiti bevosita dastur yozish uchun kod muharriri vazifasini bajaradi. Dastur yozish uchun yuzlab turli muhitlar bor. Aslida, oddiy matn muharririda ham kod yo-zishimiz mumkin. Lekin dasturlash muhitlari dasturchilar-ning ishini yengillatishga qaratilgan qo‘shimcha funksiyalar va foydali xossalarga boy bo‘ladi. Hozirgi kunda eng mashhur muhitlar PyCharm, Spyder, IDLE, Jupyter Notebook, Sublime va boshqalar. Bularning qay biridan foydalanish dasturchining o‘ziga bog‘liq. Matn muharriri kodimizning sifatiga yoki uning tez/sekin bajari-lishiga ta’sir qilmaydi. Biz darslarimiz davomida Spyder dasturlash muhitidan foydalanamiz va boshlanishiga sizga ham shu muhitni tavsiya etamiz. Dasturni yuklab olish uchun www.spyder-ide.org sahifasi-ga kiring va yuqoridagi menyuda Download tugmasini bosing. Yangi oynada Download for Windows tugmasini bosib, Spyder dasturini yuklab oling. Dasturni o‘rnatish jarayoni juda ham sodda, faqatgina so‘ralganda Next, Accept, Close tugmalarini bosib tursangiz kifoya.
Dastur o’rnatilgach, Windows menyusidan Spyder IDE dasturini topib, ochamiz. Spyder muhiti uch qismdan iborat:
1. Matn muharriri — dasturlar yozish uchun.
2. Konsol - qisqa kodlarni bajarib, tekshirib ko‘rish uchun.
3. Qo‘shimcha ma’lumotlar oynasi. Bu yerda quyidagi ma’lumotlarni ko'rish mumkin: • Turli funksiyalar haqida ma’lumotlar (Help) • Dasturdagi o‘zgaruvchilar ro’yxati (Variables) • Grafiklar (Plots) • Fayliar (Files) Spyder konsolida qisqa kodlarni bajarib, natijasini ko‘rish mumkin. Misol uchun, quyidagi rasmda ko’rsatilgan oddiy arifmetik amallarni konsolda bajarganmiz:
Agar siz turli sabablarga ko‘ra kom-pyuteringizga Python o‘rnata olmasangiz (yoki kompyuteringiz bo‘lmasa), replit. com sahifasi yordamida Python dasturla-rini to‘g‘ridan to‘g‘ri internet brauzerda ham yozishingiz mumkin (telefon, plan-shet, kompyuter). Buning uchun dastawal Replit.com sa https://ch.co/DA-repi hifasidan ro‘yxatdan o‘ting. So‘ngra yangi ochilgan oynada New repl tugmasini bosing. Dasturlash tili sifatida Pythonni tanlang, dasturga tushunarli nom bering va Create repl tugmasini bosing. Biz darsimiz davomida yozilgan kodlarni va mashg‘ulotlarning javoblarini Replit.com sahifasi-ga yuklab boramiz. Yuqoridagi vazifalarni muvaffaqiyatli yakunlagan bo‘lsangiz, tabriklaymiz, siz birinchi dasturingizni yozishga tayyorsiz!
Download 17.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling