Mavzu: Dasturlash faninig predmeti, maqsadi va vazifalari. Dasturlash faniga kirish. Reja
Download 17.75 Kb.
|
1-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Protsessor
- Dastur va dasturlash
Kompyuterning ichki tuzilishi Yuqorida zikr qilinganidek, kompyuterning asosiy vazifa-si ma’lumotlarga ishlov berish va saqlashdir. Bu vazifalarni bajarish uchun har qanday kompyuter (xoh qo‘lingizdagi aqlli soat, xoh NASA raketalarini fazoga uchiruvchi super-kompyu-terlar) 3 qismdan iborat bo‘ladi:
1. Protsessor - bu kompyuterning miyasi. Barcha hisob-kitoblar aynan protsessor tomonidan bajariladi. 2. Xotira - ma’lumotlarni saqlash uchun. 3. Kirish/Chiqish qurilmalari - foydalanuvchidan ma’lumot olish va qaytarish uchun (klaviatura, ekran, sich-qoncha, mikrofon va hokazo). Ilk kompyuterlar muayyan vazifani bajarish uchun quril-gan va faqatgina bir turdagi muammolarga yechim bergan, xo-los. Misol uchun, Ikkinchi jahon urushi paytida Alan Tyuring tomonidan yaratilgan “Bombe” elektron hisoblash mashinasi Germaniya armiyasining Enigma shifrini buzishga qaratil-gan. Yoki 1941-yilda Jon Vinsent Atanasoff va uning shogirdi Klifford Berri tomonidan yaratilgan ABC kompyuteri (Atana-soff-Berry Computer) faqatgina chiziqli tenglamalar sistema-sini yecha olgan, xolos. Ya’ni ilk kompyuterlarda dasturiy ta’minot tushunchasi bo‘lmagan. Vaqt o‘tishi bilan ko‘p maqsadli protsessorlar ixtiro qilindi. Bunday protsessorlar bir turdagi emas, istalgan arifmetik hi-sob-kitoblarni bajara oladigan bo‘ldi. Natijada bitta kompyuter-da turli xil masalalarga yechim topish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bunday kompyuterlarning xotirasiga turli ma’lumotlarni va bu ma’lumotlarga qanday ishlov berish haqidagi buyruqlarni joylash orqali istalgan natijani olish imkoniyati yaratildi. Boshqa-cha qilib aytganda, “dasturlash” tushunchasi yuzaga keldi. Demak, zamonaviy kompyuterlardan foydalanish uchun qurilmalarning o‘zi yetarli emas. Bu qurilmalarni to‘g‘ri ketma-ketlikda ishga tushiruvchi dasturlar ham kerak ekan. Xo‘sh, dastur nima? Keyingi bo‘limda shu haqida gaplashamiz. Dastur va dasturlash Dastur - kompyuterga qaysi amallarni qanday ketma-ketlikda bajarishni ko‘rsa-tuvchi ko‘rsatmalar to‘plami. Dasturlarga veb-brauzerlar, o‘yinlar, matn muharrir-lari, video pleyerlar misol bo‘ladi. Kompyu-terda istalgan vazifani bajarish uchun al-batta qurilma va dasturdan foydalanamiz. Masalan, telefon yordamida suratga olish uchun telefonimizda kamera va kamera bilan ishlaydigan maxsus dastur o‘rnatilishi kerak. Xuddi shu kabi, elektron kitoblarni o‘qish uchun kompyuter ekranidan va kitoblarni ochishga mo‘ljallangan dasturdan foydalanamiz. Demak, kompyuterdan foydalanish uchun nafaqat elektron qurilmalar, balki bu qurilmalarni ishga tushiruvchi dasturlar ham juda muhim ekan. Bevosita dasturlarni yaratish jarayoni dasturlash deb ata-ladi. Yuqoridagi gaplardan xulosa qiladigan bo‘lsak, dasturlash kompyuterga turli xil vazifalarni bajarishga ko‘rsatma berish ekan. Vazifalar sodda (ikki sonning ko‘paytmasini hi-soblab, ekranga chiqar) yoki murakkab (A nuqtadan В nuqta-ga marshrut topib ber) bo‘lishi mumkin. Vazifa qanchalik murakkab bo‘lmasin, uni bir nechta sodda qadamlarga (ko'rsatmalarga) bo‘lishimiz mumkin. Ko‘rsat-malarni kompyuter tushunadigan tilda yozish jarayoni kod-lash (coding) deb ataladi. Demak, dasturlash masala ustida fikrlash va muammoni bir nechta sodda ko‘rsatmalarga olib kelish bo‘lsa, kodlash aytilgan qadamlarni bevosita kompyuter tiliga tarjima qilish ekan. Odamlar yillar davomida kompyuterlar bilan muloqot qi-lish, odam tilidagi ko‘rsatmalarni kompyuterga tushuntirish uchun turli dasturlash tillarini ixtiro qildilar. Bugungi kun-da yuzlab dasturlash tillari mavjud bo‘lib, ularning barchasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega va har birining o‘ziga yarasha afzalliklari va kamchiliklari bor. Ba’zi tillar mobil ilovalar yaratish uchun qulayroq bo‘lsa, boshqa tillar veb-dasturlash, yana boshqasi esa murakkab tizimlar yoki robototexnika uchun maxsus mo‘ljallangan. Shuning uchun ham “eng yax-shi” bo‘lgan bitta til yo‘q. Umuman olganda, dasturlashga kirishda qaysi tilni tanlash o‘ta muhim emas. Sababi, awal zikr qilganimizdek, dasturlash asoslari barcha tillar uchun umumiy. Kompyuterimizda dastur yozish uchun dastawal komp-yuterimizda dasturlash tili, so‘ngra dasturlash uchun mu-hit o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Dasturlash tili biz yozgan dasturimizni kompyuterga “uqtirish” uchun ishlatilsa, dasturlash muhitini dastur yozish uchun matn muharriri desak ham bo‘ladi. Agar turli sabablarga ko‘ra sizda kompyuter yo‘q bo‘lsa, dasturlashni o‘rganish uchun smartfon yoki planshetdan ham foydalanishingiz mumkin. Download 17.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling