Mavzu: Dasturlash texnologiyalarini o‘qitish metodikasi
Download 15.22 Kb.
|
1-mustaqil ish
1-Mustaqil ish Mavzu: Dasturlash texnologiyalarini o‘qitish metodikasi Taraqiyot va rivojlanish bor joyda dasturlash tillari rivojlanishdan to‘xtamaydi. Bugungi kunda ma’lumotlarni ifodalash shakli, tuzilmasi va ishlash tamoyillari avvalgilaridan butunlay farq qilib, imkoniyatlari juda ham boy bo‘lgan yangi dasturlash tillari shakllandi va avvalgilariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan yangi versiyalar hisobiga rivojlanib bormoqda. Buning evaziga, dasturlash tillarini o‘qitishda bir qator muammolar yuzaga kelmoqda. Birinchidan, “Informatika”, “Dasturlash asoslari”, “Informatika o‘qitish uslubiyoti” fanlari axborot texnologiyalari sohasida ro‘y berayotgan kompyuter imkoniyatlarining kengayishi, yangi operatsion tizimlar va dasturlash tillari, axborotlarni qayta ishlash jarayonlari, tarmoqlar bilan ishlash kabi o‘zgarishlarni tezkorlik bilan qayd qilib ulgurmayapti. To bir tilni tanlash, uni o‘qitish uchun tayanch tushunchalari va mazmunini belgilash, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish, o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilinguncha o‘tadigan davrda bu tillarning yangi versiyalari yoki imkoniyatlari undan boy bo‘lgan yangi dasturlash tillari ishlab chiqilmoqda. Ikkinchidan, informatika fani o‘qituvchilari o‘rtasida o‘qitish uchun dasturlash tillarini tanlash va ularni o‘qitishda yuqori samara beruvchi yo‘lyo‘riqlarni aniqlash muammolariga hammani qanoatlantiruvchi javob topilganicha yo‘q. Bu yo‘lda yangi dasturlash tillari yaratilgandan so‘ng, albatta, “eskilarini” o‘qitish ahamiyatining bo‘lmasligi asosiy to‘siq hisoblanadi. Uchinchidan, 3 informatika fanini o‘qitish paradigmalari o‘zgarib bormoqda. Bundan 20-30 yil avval kompyuter savodxonligi tushunchasi asosini faqat dasturlash tillari tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda informatikaning umummadaniy va kasbiy-amaliy tomonlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa o‘z navbatida ta’lim muassasalarida dasturlash texnologiyalarini o‘qitish masalasini qayta ko‘rib chiqishni va uni doimo boyitib borishni talab etadi. To‘rtinchidan, an’anaviy dasturlash tillarini o‘qitishda asosiy e’tibor strukturali algoritm asosida dastur ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lsa, ta’lim muassasalarida “eski” dasturlash tillarida mavjud bo‘lmagan ob’ekt, klass kabi tushunchalar hamda ob’ektli dasturlashning asosiy konsepsiyalari bo‘lgan polimorfizm, vorislik va inkapsulyatsiyalarni o‘qitish birinchi o‘rinda turadi. Beshinchidan, oldindan tanlab olingan dasturlash tillarini (masalan, Paskal, Delphi, C++) nihoyatda katta imkoniyatlarga ega va deyarli barcha zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ishlay olgani uchun, uning qaysi tushuncha, mavzu va imkoniyatlarini o‘qitish masalasi ham ochiq turibdi. Oltinchidan, Paskal, Delphi, C++ dasturlash tillarining barcha tuzilmalarini ingliz tilida ekanligi ham jiddiy muammo hisoblanadi. Afsuski, ko‘plab talabalarimizning chet tillari (ayniqsa, ingliz tili) bo‘yicha bilimlari ilmiy, o‘quv va uslubiy adabiyotlarni o‘qib, tahlil qila oladigan darajada emas. Yettinchidan, ta’lim muassasalarining bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasi bilan dasturlash tillarini o‘qitish sohasidagi zamonaviy talablar o‘rtasidagi nomutanosiblik yuzaga kelmoqda. Paskal, Delphi, C++ dasturlash tillarini o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish orqali bu savollarga javob topish mumkin bo‘ladi. Tahlillar ta’lim muassasalarida dasturlash tillarining bir necha yildan beri o‘qitib kelinishiga qaramay, bu sohada yetarli darajada ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmaganini ko‘rsatdi. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning o‘quvchi va talabalarda yangi dasturlash texnologiyalari bo‘yicha bilim va malakalarini shakllantirish, rivojlantirish, dasturlash tillarini o‘qitishda sohasida yuzaga kelishi mumkin 4 bo‘lgan muammolarni bartaraf etish, bu fanlarni o‘qitish uslubiyotini tahlil qilish va takomillashtirish ta’lim muassasalarida eng dolzarb masalalalardan biri hisoblanadi. Download 15.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling