Mavzu: Dasturlash tillari


Quyidagi jadvalda dasturlash tili rivojlanishi tarixidan qisqacha ma’lumot berilgan


Download 409.5 Kb.
bet7/8
Sana27.12.2022
Hajmi409.5 Kb.
#1067632
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
dars ishlanma 9 kl

Quyidagi jadvalda dasturlash tili rivojlanishi tarixidan qisqacha ma’lumot berilgan.

Dasturlash tili

Ishlab chiqilgan yil

Dasturlash tili

Ishlab chiqilgan yili

Plankalkyul

1946

PL/1,Beysik

1964

Qisqa kod

1949

Algol W

1965

Assembler «Edsak» , AO

1950

Logo

1967

Avtokod «Madlen»

1953

Algol 68

1968

Tezkor kodlash

1955

APL

1969

A-2, Flou-metik

1956

Paskal

1970

IPL-1, Mat-metik

1957

Fort

1971

Fortran

1958

Prolog, Si

1972

Algol 58

1959

Ada

1972

APT, LISP, Kobol, Algol-60

1960

Smoltok

1980


Paskal tilining umumiy tasnifi

XVII asrda yashagan va dunyoda birinchi hisoblash mashinasini yaratgan frantso’z olimi Blez Paskal sharafiga shunday deb nomlangan PASKAL tili Shvetsariyaning Tsyurix shahridagi Oliy texnika maktabining professori Niklaus Virt tomonidan 70-yillarda yaratilgan bo’lib, 1979 yilda standart Paskal deb tasdiqlangan. O’zining soddaligi, mantiqiyligi va samaraliligi tufayli bu til butun dunyoga tezda tarqaldi.
Hozirgi paytda barcha hisoblash mashinalari, xususan, mikroEHM lar ham shu tilda ishlash imkoniyatiga ega. Dasturlar matnining to’griligini osonlik bilan tekshirish mumkinligi, ularning ma'nosi yaqqol tashlanishi va oddiyligi bilan ajralib turadi.Paskal ancha murakkab va ko’p vaqt oladigan hisob ishlarini bajarishga muljallangan tarkiblashtirilgan dasturlar tuzishga imkon beradi. Yana bir afzalligi shundan iboratki, foydalanuvchi xatolikka yo’l kuymasligi uchun yoki xato yezib kuygan bo’lsa, tez tuzatib olishi uchun dasturda ishlatilgan o’zgaruvchilar oldin-dan qaysi turga (toifaga) mansub ekanligi belgilab quyilgan bo’ladi. Shu bilan birga dasturning barcha elementlari haqida ma'lumot tavsiflash bo’limida mujas-samlashgan bo’ladi Operatorlar soni esa imkon darajasida kamaytirilgandir.
C++ dasturlash tilining umumiy tasnifi
C++ dasturlash tili C taiga asoslangant.tt C esa o'z navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan yana operation sistemalarni yozish uchun mo'ljallangan edi. Ken Thompson o'zining B tilida BCPL wing ko'p hossalarini Kerrigan van B da UNIX operationsistemasining birinchi versiyalarini yozgan.
BCPL ham, B ham tipsiz til bo'lgan. Yani o'garuvchilarning ma'lum bir tipi bo'lmagan - har bir o'zgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yer egallagan. O'zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi bo'lgan.
C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratories da, DEC PDP-11 kompyuterida qo'lladi. C o'zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko'p muhim tomonlarini o'z ichiga olish bilan bir qatorda o'zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bog'langan tildir. Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa bo'ladi.
1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. Va 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi.
Standartni dunyo bo'yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi.
Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o'zgarishlar yoki umuman o'zgarishlarsiz juda ko'p kompyuter platformalarida ishlaydi.
C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko'p qo'shimchalarni o'z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob'ektlar bilan dasturlashga imkon beradi.
Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni ta'minlash uchun ob'ektli dasturlash g'oyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob'ektlat orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi.
C++ dan tashqari boshqa ko'p ob'ektli dasturlshga yo'naltirilgan tillar paydo bo'ldi. Shulardan eng ko'zga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir.
Smalltalk da hamma narsa ob'ektlarga asoslangan. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga o'hshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob'ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob'ektli dasturlash falsafasi paydo bo'lganiga ham yigirma yildan oshayapti.C++ funksiya va ob'ektlarning juda boy kutubhonasiga ega. Yani C++ da dasturlashni o'rganish ikki qismga bo'linadi. Birinchisi bu C++ ni o'zini o'rganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubhonasidagi tayyor ob'ekt/funksiyalarni qo'llashni o'rganishdir.
Delphi dasturlash tilining umumiy tasnifi
Delphi dasturlash tiliWindows uchun mo’ljallangan bo’lib, uning barch versiyasiWindows 3.1 operatsion sistema qobig’ida ishlagan Windows95 operatsion sistemayaratilgandan so’ng, 16-razryadliadi Delphi 2, keyinroq 32-razryadli Delphi 3 versiyasi  yaratildi. Windows 98 operatsion sistemasi uchun Delphi ning to’rtinchi versiyasi vaxozirgi kunda Delphi 5 ва Delphi 6-7 paydo bo’ldi. Delphi – bu tezkor dasturlash muhiti bo’lib, uning dasturlash tili sifatida Delphi tili qo’llaniladi. Delphi tili – qat’iy tiplashtirilgan ob’ektli til bo’lib, uning asosida object Pascal yotadi.
Ayni vaqtlarda dastruchilar Delphi paketining navbatdagi versiyasi – Borland Delphi 7 Studio dan foydalnishlari mumkin. Avvalgi versiyasi singari Borland Delphi 7 Studio turli dasturlarni yaratish imkonini beradi: oddiy bir oynali dasturlardan tortib toki ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi dasturlargacha. Ushbu paket tarkibiga ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni ta’minlovchi, XML-hujjatlar bilan ishlovchi, ma’lumotlar sistemasini yaratuvchi va boshqa masalalarni yecha oluvchi utilitlar mujassamlashgan. Yetinchi versiyaning asosiy yutug’i .NET texnologiyasini qo’llab-quvvatlaydi.
Borland Delphi 7 Studio Windows 98 dan toki Windows XP operatsion sistemalardi ishlay oladi. Kompyuterlarga qo’yiladigan talablar: 166 MGs taktli chastotadan kam bo’lmagan Pentium yoki Celeron tipidagi protsessor (Pentium II 400 MGs tavsiya etiladi), tezkor xotira – 128 Mbayt (256 MBayt tavsiya etiladi), diskdan yetarlicha bo’sh joy (Enterprise ning to’liq o’rnatilishi taxminan 457 MBayt ni egallaydi).

Download 409.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling