Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


Download 221.7 Kb.
bet38/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

oltinchidan, davlat xizmatchisi aksariyat hollarda yuridik oqibatlarni keltirib chiqaruvchi harakatlarni amalga oshiradilar (masalan, boshqaruv qarorlarini qabul qiladilar, jazoga tortadilar). Bunday harakatlar yuridik faktlar sifatida namoyon bo`lishi mumkin. Davlat xizmatchilarining bunday harakatlari davlat va jamiyat hayotida turli ijtimoiy munosabatlarni vujudga keltirishi, o`zgartirishi yoki bekor qilishi mumkin;
yettinchidan, davlat xizmatchilarining faoliyati, qoida bo`yicha ishlab chiqarish xususiyatiga ega emas. Lekin ularning faoliyati umuman ishlab chiqarish bilan bog`liq emas, degan xulosaga kelmaslik lozim. Chunki, davlat xizmatchilari ishlab chiqarish jarayoniga uni yo`naltirish, boshqarish, loyihalarni tayyorlash va boshqa funksiyalar orqali ta'sir ko`rsatadi.
Davlat xizmatchilari o`z faoliyatlari orqali insonlar ongiga, iqtisodiy hayotga, ishlab chiqarishning texnologik jarayoniga, mehnat jamoalarini tashkil etilishi va faoliyat yuritishiga ta'sir ko`rsatadi.
Barcha davlat xizmatchilarini turli asoslarga ko`ra guruhlarga bo`lishimiz, ya'ni tasniflashimiz mumkin. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqqan holda, ya'ni hokimiyatning uchga bo`linishini e'tiborga oladigan bo`lsak, barcha davlat xizmatchilarni uch guruhga bo`lishimiz mumkin:
birinchidan, qonunchilik hokimiyati organlarining xizmatchilari. Bizga ma'lumki O`zbekiston Respublikasida qonunchilik hokimiyati O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo`lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat;
ikkinchidan, ijro hokimiyati organlarining xizmatchilari. Davlat va uning apparatining funksiyalanishi ijro hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ijro hokimiyati organlari tashkiliy-boshqaruv va ijro-farmoyish berish faoliyatini amalga oshiradi;
uchinchidan, sud hokimiyati organlarining xizmatchilari. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasiga binoan O`zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo`jalik sudi, Qoraqalpog`iston Respublikasining Oliy sudi va xo`jalik sudidan, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xo`jalik sudlaridan iborat.
Davlat xizmatchilarining tasnifi yuridik adabiyotlarda turlicha berilgan. Jumladan, huquqshunos olim D.M. Ovsyankoning fikricha davlat xizmatchilarini quyidagilarga bo`lish mumkin:


  1. Download 221.7 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling