Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari
Davlat xizmatida ishtirok etuvchi barcha fuqarolar bir xildagi huquqlarga ega
Download 221.7 Kb.
|
ma\'muriy huquqdan majmua
Davlat xizmatida ishtirok etuvchi barcha fuqarolar bir xildagi huquqlarga ega bo`lib, millati, jinsi, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va boshqa belgilaridan qat'i nazar qonun oldida tengdirlar. Davlat xizmatida fuqarolarning faoliyat ko`rsatishida, mansab yoki lavozim bo`yicha harakatlanishida davlat tomonidan teng shart-sharoitlar yaratib beriladi.
O`zbekiston Respublikasida davlat xizmatining asosiy maqsadi bo`lib - davlat funksiyalarini amalga oshirish, uning vazifalarini bajarish, jamiyat xotirjamligini ta'minlash, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchilik hujjatlari bilan o`rnatilgan prinsiplar va boshqa holatlar asosida ommaviy manfaatlarni qondirish hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasida davlat xizmatining asosiy vazifalariga esa, quyidagilar kiradi: O`zbekiston Respublikasi xalqi manfaatlarini ko`zlab davlat funksiyalarini amalga oshirish; O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlarini, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarining boshqa normativ hujjatlarini ijro etish; faoliyatning o`rnatilgan maqsadlari va vakolatlariga qat'iy rioya etgan holda, respublika va mahalliy organlarning samarali ish faoliyatini ta'minlash; fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishini va himoya qilinishini ta'minlash; boshqaruv faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish va ilmiy-texnik jarayonning eng ilg`or vositalaridan foydalanish, professional darajani oshirib borish va boshqalar. Davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xizmatining har bir turi normativ huquqiy hujjatlarda belgilangan o`zlarining vazifalariga egadir. B.Mirbobov, O.Husanovlarning ko`rsatishicha, davlat xizmatining asosiy maqsadi – davlatning Konstitutsiya va qonunlarini amalga oshirish hisoblanadi. Shu maqsadda ular quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) davlatni aholi bilan aloqasini, davlat xizmatining obro`-e'tiborini ta'minlovchi ijtimoiy-siyosiy va davlat-huquqiy asoslarini shakllantirish; 2) markaziy va mahalliy davlat organlari apparatini samarali ishlashi va rivojlanishini ta'minlash; 3) mehnatni ilmiy tashkil etish, fan yangiliklaridan, texnika yutuqlaridan foydalanish, jahon tajribasini qo`llash orqali davlat apparati faoliyatini doimiy takomillashtirib borish; 4) davlat boshqaruvini demokratlashtirish, uning faoliyatida oshkoralik va ochiqlik uchun sharoit yaratish, qonuniylikni ta'minlash, byurokratizm va korrupsiya ko`rinishlariga barham berish; 5) davlat organlari jamoasida sog`lom muhit, ishchanlik sifatlarini, tashabbuskorlik, ijodkorlikni vujudga keltiruvchi sharoitlarni ta'minlash; 6) davlat boshqaruvi xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish tizimini vujudga keltirish va faoliyat ko`rsatishini ta'minlash, xodimlarni xizmat pillapoyasidagi adolatli siljishiga imkoniyat yaratish; 7) davlat boshqaruviga xizmatga qabul qilish, xizmatni o`zgartirish, yuqori ko`tarilish, xodimlar faoliyatini baholash, rag`batlantirish, javobgarlik tartiblarini aniqlash.51 Davlat xizmatining vazifalari – davlat organining huquqiy maqomiga, davlat xizmatchisining qanday mansab va lavozimni egallab turganiga bog`liq bo`ladi. Download 221.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling