Jahon moliyaviy
Download 44.81 Kb.
|
8-mavzu korporativ88
Bob. Jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi sharoitida korporatsiyalarning faoliyat ko’rsatish mexanizmi va ularning xususiyatlariO’zbekistonda korporatsiya mustaqil aktsiyadorlik jamiyati sifatidaKorporatsiyalarni eng tarqalgan ta’rifi bu – o’z oldiga ma’lum bir maqsadlar qo’ygan, jamiyat manfaatlarida harakat qiladigan, belgilangan huquqlarga ega, yuridik shaxs hisoblangan, doimiy asosda faoliyat yuritadigan va mas’uliyati cheklangan tashkilot hisoblanadi. Ustav fondi jamiyatning aktsiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aktsiyalarga taqsimlangan xo’jalik yurituvchi sub’ekt aktsiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish chog’ida huquqlarga ega bo’ladi va majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi. Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va o’zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo’ladi, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin. Jamiyat davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini qo’lga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi. Jamiyat belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida bankda hisob varaqlar ochishga haqlidir. Jamiyat o’zining firma nomi davlat tilida to’liq yozilgan hamda joylashgan manzili ko’rsatilgan yumaloq muhriga ega bo’lishi lozim. Muhrda ayni paytning o’zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham ko’rsatilishi mumkin. Jamiyat o’z nomi yozilgan shtampi va blankalariga, o’z timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan tovar nishoniga hamda boshqa o’z belgi-alomatlariga ega bo’lishga haqlidir. Jamiyat Qonun hujjatlarida man etilmagan va ta’sis hujjatlarida ko’rsatilmagan istalgan faoliyat turi bilan Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shug’ullanishi mumkin. Jamiyat muassislari ta’sis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarinigina sanab o’tishga haqlidirlar. Aktsiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bo’lishi mumkin. Ochiq aktsiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aktsiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aktsiyadori bo’lishi lozim. Qatnashchilari o’zlariga tegishli aktsiyalarini o’zga aktsiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo’lgan aktsiyadorlik jamiyati ochiq aktsiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Ochiq aktsiyadorlik jamiyati o’zi chiqarayotgan aktsiyalarga ochiq obuna o’tkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir. Ochiq aktsiyadorlik jamiyati o’zi chiqarayotgan aktsiyalarga yopiq obuna o’tkazishga haqli, jamiyat ustavida va qonun hujjatlarida yopiq obunani o’tkazish imkoniyati cheklab qo’yilgan hollar bundan mustasno. Ochiq aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarining soni chegaralanmaydi. Aktsiyalari faqat o’z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aktsiyadorlik jamiyati yopiq aktsiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Bunday jamiyat o’zi chiqarayotgan aktsiyalarga ochiq obuna o’tkazishga yoxud ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas. Yopiq aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarining soni ellik nafardan ziyod bo’lishi mumkin emas. Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda u yopiq aktsiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori aktsiyadorlarning chegaralangan limitidan ortib ketgan shaxslar aktsiyadorlar reestrida ro’yxatga olingan kundan e’tiboran olti oy ichida ochiq aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach, sud tartibida tugatilishi lozim. Yopiq aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa aktsiyadorlari sotayotgan aktsiyalarni uchinchi shaxsga taklif etilayotgan narxda va shartlarda, ularning har biriga tegishli aktsiyalar soniga mutanosib ravishda imtiyozli olish huquqiga, agar jamiyat ustavida mazkur huquqni amalga oshirishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo’lsa, ega bo’ladi. Agar aktsiyadorlar aktsiyalarni sotib olishda o’z imtiyozli huquqlaridan foydalanmasalar, jamiyat aktsiyadorlar tomonidan sotiladigan aktsiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquqqa ega bo’lishi uning ustavida ko’zda tutilishi mumkin. Aktsiyadorlar sotayotgan aktsiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanish tartibi, muddati jamiyat ustavida belgilab qo’yiladi. Imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aktsiyalar savdoga qo’yilgan paytdan boshlab 30 kundan kam va 60 kundan ko’p bo’lishi mumkin emas. Download 44.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling