Jahon moliyaviy


Download 44.81 Kb.
bet5/9
Sana19.04.2023
Hajmi44.81 Kb.
#1366864
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu korporativ88

2-bosqich Loyihani amalga oshirish (tanlangan yo’nalishda integratsiya jarayonini
amalga oshirish)


  • qo’shilish

  • birlashish





  • tugatish

  • o’zgartirish

-taqsimlanish
- ajratish

3-bosqich Integrastion faoliyat monitoringi
(integratsiya natijalarini kuzatish)

Miqyos samarasi o’rtachalashtirish samarasi transaktsiya xarajatlarida tejash samarasi sinergiya samarasi (samara olish raqobatda ustunlikni qo’lga kiritish bilan tenglashtiriladi)



Rasm 16. Integrastion rivojlanish strategiyalari turlari

Bunday alohida bo’lib olish biznesi munosib baholanmagan va uni sotish ayni paytda foydali bo’lmagan hollarda maqsadga muvofiq. Yoki korporatsiya bunday biznes - loyiha bilan boshqa loyihalarni yakunlagandan keyin shug’ullanish istagida bo’lishi mumkin. Alohida bo’lib olishning uchinchi sababi noqulay bozor kon’yunkturasi hisoblanadi, bunda biznes “zaxiraga” qolib ketadi. Loyihani amalga oshirish mos keluvchi jarayonlar bo’yicha qonunchilikda qat’iy belgilab qo’yilganiga muvofiq ro’y beradi.


    1. Korporatsiyalarning integratsiya turlari va tiplari


Korporativ biznesning mavjud integratsiya shakllari xilma -xilligidan gorizontal integratsiyalashgan, vertikal integratsiyalashgan va konglomerat tipdagi korporatsiyalarni alohida ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq.


Gorizontal integratsiyalash natijasida vujudga keladigan korporativ tuzilmalar bitta tarmoq korxonalarining sa’y - harakatlarini birlashtirish tendenstiyasini aks ettiradi. Axir dastlab kapital markazlashuvi bir erga jamlanishi xo’jalik sub’ektlarini, jumladan, bir xil turdagi strukturalarni birlashtirish hisobiga qo’shimcha kapital jalb qilish yo’li bilan mustahkamlashda o’z aksini topadi.
Gorizontal integratsiya bitta tarmoqdagi bir xil ishlab chiqarish tavsifnomasiga ega bo’lgan kapitallar birlashuvini aks ettiradi, u O’zbekistonda hozirgi kun sharoitlarida o’z ahamiyatni yo’qotmagan. Iqtisodiyotda gorizontal integratsiyaning imkoniyatlari hali batamom foydalanib bo’linmagan. Bu ko’plab tarmoqlarda kapitalning bir erda joylashuv darajasi etarli emasligi, bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohalarining rivojlanishi yakunlanmaganligi natijasidir. Gorizontal integratsiyalashgan strukturalarga umumiy boshqaruv asosida birlashish shakli xos. Gorizontal aloqalarning bu tizimida alohida korporativ tuzilmalar yirik bir tuzilmaning tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Rivojlanishning ma’lum bir bosqichida kapitalning jamlanish tendenstiyasi bir - biri bilan texnologik jihatdan bog’liq ishlab chiqarishlarga tarqaladi. Bu holat vertikal integratsiyaning rivojlanishida o’z aksini topadi. Vertikal integratsiya
deganda keng ma’noda korporativ tuzilmalar xo’jalik sub’ektlarining o’zaro aloqalari tushuniladi, shu tariqa, bir sub’ektning mahsulotlari boshqa sub’ekt uchun xomashyo hisoblanadi. Ya’ni, korporatsiyaning ishlab chiqarish funktsiyalarini amalga oshirishi texnologik jihatdan murakkab tovar va xizmatlarni ishlab chiqish va bozorga samarali olib chiqish bilan bog’liq bo’lgan, ketma -ketlikdagi tashkiliy usullar asosida ta’minlanadi. Vertikal integratsiyada o’z mahsulotini bosh kompaniyaga etkazib beruvchi turli pog’onadagi subpudratchilar ierarxiyasidan tashkil topadi: tayyorlash (qazib chiqarish), qayta ishlash (ishlov berish), yakuniy mahsulot ishlab chiqarish, uni sotish. Ushbu turdagi integratsiyaning negizida ishlab chiqarish jarayonlarining bir - biri bilan texnologik bog’liqligi yotadi. Vertikal integratsiyada tashkil etiladigan birlashmalarni mahsulotni ishlab chiqish va bozorga samarali chiqarishning tashkiliy - boshqaruv, moliya -xo’jalik usullari sifatida tavsiflash mumkin.
Vertikal integratsiya asosiy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan uyg’unlikda xomashyo ishlab chiqarishni qamrab olish yo’nalishida rivojlanishi mumkin. Xo’jalik amaliyotida u ba’zida yuqoriga yo’nalgan integratsiya deb ham ataladi. Masalan, alyuminiy sanoatida: alyuminiy oksidi va boksitlar qazib olish – metall ishlab chiqarish; shina ishlab chiqarishda: kauchuk plantastiyasi - shina zavodi, neft sanoatida: neft qazib olish – neft mahsulotlari ishlab chiqarish va hokozo. Agar, vertikal integratsiyaning rivojlanishi sotuv tizimini qamrab olish yo’nalishida bo’lsa – pastga yo’nalgan integratsiya deyiladi: benzin ishlab chiqarish - avtomobillarga yoqilg’i quyish stanstiyalari.
Vertikal integratsiya uning asosida tashkil etiladigan korporativ strukturalarga sezilarli afzalliklar taqdim etadi: birinchidan, mahsulotning murakkab ishlab chiqarish stikllari bo’yicha harakatlanishida iqtisodiy yutuqqa erishiladi; ikkinchidan, butlovchi qismlarni taklif qilishdagi keyingi har bitta ishlab chiqarish stiklida mos keluvchi axborot olish zarurati bilan bog’liq noaniqliklar kamayadi; uchinchidan, iqtisodiyotning bir sektoridagi risklarni boshqa sektorlarga qayta taqsimlash imkoniyati paydo bo’ladi; to’rtinchidan, transaktsiya xarajatlari kamayadi; beshinchidan, ko’plab qo’shimcha natijalar olinadi (qo’shimcha
axborotga ega bo’lish, soliqlardan tejab qolish va h.k.). Vertikal integratsiya butun texnologik zanjir bo’ylab risklarni qayta taqsimlash imkonini beradi.
Konglomerat birlashmalar ham ancha keng tarqalgan bo’lib, ular texnologik jihatdan bir - biri bilan bog’liq bo’lmagan mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish bo’yicha tuzilmalar bilan ifodalanadi, ya’ni gap to’ldiruvchi integratsiya yoki ishlab chiqarishni diversifikastiyalash haqida boradi. Diversifikastiyalangan korporativ tuzilmaning (konglomerat) iqtisodiy yutug’i, avvalo, turli tarmoqlarning kapital aylanmasidagi farqdan iborat. Shu tufayli mablag’larning pasayish bosqichida turgan ishlab chiqarish tarmoqlaridan ko’tarilish bosqichidagi ishlab chiqarishlarga yo’naltirish imkoniyati paydo bo’ladi. Diversifikastiya mavsumiy tebranishlarga bardosh berishga yordamlashadi, foydalanilmagan ishlab chiqarish quvvatlari hisobiga kuchli ekspansiya manbasi bo’lib xizmat qiladi, o’z resurslarini qayta yo’naltirish yo’li bilan kapitalni yangilashga imkon beradi, raqobat kurashi bilan bog’liq xarajatlarni kamaytiradi. Bunday strategiyani amalga oshirar ekan, kompaniya yangi tovarlar chiqaradi, yangi bozorlar tomon yo’nalib, o’z tarmog’i va uning uchun an’anaviy bo’lgan biznes doirasidan chetga chiqadi. Konglomerat kapital va mulkning birlashish jarayonini aks ettiradi; bu o’ziga xos yopiq kapitallar bozori bo’lib, diversifikastiyalangan faoliyat turlaridan pul mablag’larining bir erga jamlanishi ro’y beradi. Eng samarali loyihalarga yo’naltiriladigan pul mablag’lari va diversifikastiyalangan aktivlarni boshqarish bo’yicha umumiy markaz tashkil etiladi. Bu vaziyatda, xo’jalik amaliyoti tajribasining ko’rsatishicha, muvofiqlashtiruvchi markaz konglomerat a’zolariga doim ham zaruriy ta’sir ko’rsata olmaydi. Ko’proq tarkibiy bo’linmalarning o’zida foydani qayta investistiyalash jarayoni boradi, ya’ni etakchi bo’g’inning alohida strukturalarga ta’sir darajasi o’z chegaralariga ega hisoblanadi. Konglomerat tashkiliy strukturasi doim ham resurslarni oqilona taqsimlashga imkon beravermaydi.

Download 44.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling