Jahon moliyaviy


Korporatsiyalarning integratsiya tiplari


Download 44.81 Kb.
bet6/9
Sana19.04.2023
Hajmi44.81 Kb.
#1366864
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu korporativ88

Korporatsiyalarning integratsiya tiplari. Integratsiya jarayonlari orasida uchta asosiy birlashmalar turlarini ajratib ko’rsatish mumkin: mulkiy munosabatlar asosida integratsiya; resurslar va xizmatlar ustidan nazoratni bir erga jamlash
asosida integratsiya; struktura qatnashchilarining ayrim hokimlik vakolatlarini ko’ngilli markazlashtirish asosida integratsiya.
Birinchi turdagi birlashmalar doirasida birinchi navbatda, klassik xoldinglar ajralib turadi. Bu erda korxonalar mulkining rasmiy huquqlar nazorat paketi bosh kompaniya qo’lida bo’ladi (gap “aktsiyalar nazorat paketi” haqidagina emas, chunki qator xoldinglarda “sho’’ba” korxonalar aktsiyadorlik jamiyatlari hisoblanmasdan, mas’uliyati cheklangan jamiyat yoki davlat unitar korxonalari shakliga ega). Xoldingdan tashqari, bu guruhga MSG, konstern, konsorstium, trest kiradi.
Uchinchi turdagi birlashmalar ma’lum ma’noda bundan oldingi korporativ tuzilmalarga xos bo’lgan vositalardan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bu qatorga konstern, MSG, konsorstium, sindikat va trestlar kiradi.
    1. Korporativ tuzilmalar tuzishning tashkiliy turlari


Barcha korporativ tuzilmalarni birlashma tarkibiga kiruvchi shaxslar mustaqillik darajasi bo’yicha uchta asosiy guruhga ajratish mumkin:



  1. Birlashma a’zolari o’z mustaqilligi va huquqlarini to’liq hajmda saqlab qoladi, tuzilmaning o’zi esa, uning qatnashchilari bir xil huquqlarga ega ekanligi sababli simmetrik xarakterga ega bo’ladi. Ko’rib chiqilgan tuzilmalarning bu guruhiga assostiastiya (ittifoq, liga, gildiya, palata), kartel, konsorstiumlar kiradi.

  2. Qatnashchilar bir - biri bilan o’z faoliyati to’liq hajmida aloqada bo’lmaydigan va boshqaruv sohasida mustaqillikni saqlab qoladigan, o’zaro qisman bog’liq korxonalar birlashmasi (simmetrik strukturalar). Bu guruhga MSG va sindikatlar kiradi.

  3. Boshqaruv funktsiyalari bitta qatnashchidan boshqa qatnashchiga beriladigan (va mos ravishda, mustaqillik huquqi yo’qotiladigan) birlashma. Qatnashchilarning huquq va majburiyatlari bir xil emasligi tufayli struktura assim- metrik hisoblanadi. Bu guruhga trest, konstern va xoldinglar kiradi.

Korporativ strukturalar tashkiliy turlarining to’liq doirasi 4-jadvalda keltirilgan.

  1. Download 44.81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling