Konglomerat
|
Texnologik jihatdan bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan ko’p sonli tashkilotlarning birikuvi (birlashish va qo’shib olish)
natijasida vujudga keladigan struktura.
|
Keng miqyosdagi ishlab chiqarish diversifiktsiyasi va moliyaviy operatsiyalar hajmi. Shartnoma va bitimlar talab qilinmaydi.
|
Konsorstium
|
Sanoat, moliya, transport, savdo va
boshqa tashkilotlarning vaqtinchalik birlashuvi. Faoliyatdan maqsad – katta ahamitga ega bo’lgan, jiddiy resurslar jalb etishni talab qiluvchi loyihalar yoki yirik sanoat loyihalarini amalga oshirish.
Boshqaruv ishonch asosida boshqarish instituti vositasida amalga oshiriladi.
|
Bu birlashmani tashkil qiluvchi tashkilotlar
mustaqil yuridik shaxs maqomini saqlab qoladi, faqat konsorstium maqsadlariga taallukqli joylarda birgalikda saylangan rahbariyatga bo’ysuniladi. Shartnoma asosida tashkil etiladi.
|
Sindikat
|
Xo’jalik jamiyati shaklida tashkil etiladigan umumiy organ orqali xomashyo xarid qilish va mahsulot sotish bo’yicha tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan birlashma. Sindikat
a’zolari o’zining yuridik va ishlab
|
Tashkilotlarning savdo faoliyatigi amalga oshirish uchun birlashuvi.
Raqobatning kuchayishi sharoitlarida asoslangan. Tashkil etishning asoslari konvenstional.
|
|
chiqarish mustaqilligini saqlab qoladi.
|
|
Kartel
|
Ishlab chiqarish hajmi, sotuv narxi, sotuv
shartlari, bozorlarni cheklash masalalari bo’yicha kelishib olish maqsadida faoliyat yo’nalishi bo’yicha bir-biriga yaqin bo’lgan mustaqil xo’jalik sub’ektlarining birlashuvi (marketing
faoliyatini muvofiqlashtirish).
|
Maqsad – bozor mexanizmlari mukammal
bo’lmagan sharoitlarda bitta bozor sub’ektlarining harakatlarini tartibga solish. Kartel tarkibiga kiruvchi tashkilotlar yuridik, moliyaviy, ishlab chiqarish va tijorat mustaqilligini yo’qotmaydi. Bitimlar asosida
amal qiladi.
|
Trest
|
Turli tashkilotlar umumiy ishlab chiqarish majmuiga birlashadigan
tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan birlashma.
Bunda ular aktsiyalar nazorat paketini yoki ishonch asosidagi shartnomani ishonch asosidagi kengashga berib, yuridik, ishlab chiqarish va tijorat mustaqilligini yo’qotadi.
|
Bir xil turdagi mahsulotlarning bitta yoki bir nechta turlariga ixtisoslashgan holda turli
yo’nalishlar bo’yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi.
Boshqaruv funktsiyalarning bir erga jamlanish darajasi haddan tashqari yuqoriligi bilan tavsiflanadi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |