Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


Davlat xizmatchilari ma'muriy javobgarligi


Download 221.7 Kb.
bet45/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

Davlat xizmatchilari ma'muriy javobgarligining asoslari bo`lib O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan o`rnatilgan umummajburiy qoidalarni buzish, ya'ni ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish hisoblanadi. Jumladan O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 10-moddasiga binoan ma'muriy huquqbuzarlik deganda - qonun hujjatlariga binoan ma'muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g`ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma'muriy javobgarlik, basharti bu huquqbuzarlik o`z xususiyatiga ko`ra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo`lmagan taqdirda, amalga oshiriladi.63
Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 15-moddasiga binoan mansabdor shaxslar boshqaruv tartibini, davlat va jamoat tartibini saqlash, tabiiy muhitni, aholi sog`lig`ini muhofaza qilish sohasida belgilangan qoidalarga va bajarilishini ta'minlash o`z xizmat vazifalariga kiradigan boshqa qoidalarga rioya etmaganlik bilan bog`liq ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun ma'muriy javobgarlikka tortilishi lozim.
Masalan, fuqarolarning murojaatlari to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzish (43-modda); hujjatlar bilan tanishib chiqishni asossiz ravishda rad etish (44-modda); fuqaroga ma'naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo`lgan ma'lumotlarni oshkor etish (46-modda) sanitariya qonunchiligini buzish va boshqalar (O`zR MjtKda ko`rsatib o`tilgan yuzdan ortiq moddalar) uchun mansabdor shaxslarning ma'muriy javobgarligi nazarda tutilgan.
Harbiy xizmatchilarning va boshqa shaxslarning ma'muriy javobgarligi boshqa tartibda hal qilinadi. Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 16-moddasiga binoan harbiy xizmatchilar va yig`inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ma'muriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga muvofiq javobgar bo`ladilar.
Mazkur shaxslar yo`l harakati qoidalarini, ov qilish, baliq tutish va baliq zahiralarini saqlash qoidalarini, bojxona qoidalarini buzganliklari uchun umumiy asoslarda ma'muriy javobgar bo`ladilar. Yuqorida ko`rsatilgan shaxslarga nisbatan ma'muriy qamoqqa olish choralari qo`llanilishi mumkin emas. Muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarga jarima solinishi mumkin emas.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko`rsatilgan shaxslar jumlasiga kirmaydigan, intizom ustavlari yoki intizom to`g`risidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu ustav yoki qoidalarda to`g`ridan-to`g`ri nazarda tutilgan hollarda, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy javobgar bo`ladilar, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda ma'muriy javobgar bo`ladilar.
O`zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 23-moddasiga binoan ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma'muriy jazo choralari qo`llanilishi mumkin:
1) jarima;
2) ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo`lgan ashyoni haqini to`lash sharti bilan olib qo`yish;
3) ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo`lgan ashyoni musodara qilish;
4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;
5) ma'muriy qamoqqa olish.
Qoida bo`yicha, davlat xizmatchilari (mansabdor shaxslar) ma'muriy javobgarlikning maxsus subyekti hisoblanadi.
Bundan tashqari, mansabdor shaxslarga nisbatan ma'muriy jazo tariqasida jarima qo`llanilganida, fuqarolarga nisbatan qo`llaniladigan jarima miqdoridan yuqori bo`ladi.
Amaldagi qonunchilikda mansabdor shaxslar (davlat xizmatchilari) tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish (jinoyat) sodir etilganida, jinoiy javobgarlik qo`llanilishi nazarda tutilgan.
O`zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabr qonuni bilan tasdiqlangan Jinoyat kodeksining 14-moddasiga binoan Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo`llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi. Ushbu Kodeks bilan qo`riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi.64
O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga binoan davlat xizmatchilarining jinoiy javobgarligi asosan: hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish (205-modda); hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (206-modda); mansabga sovuqqonlik bilan qarash (207-modda); hokimiyat harakatsizligi (208-modda); pora olish (210-modda); pora berish (211-modda); pora olish berishda vositachilik qilish (212-modda) va boshqalardan vujudga keladi.
Davlat xizmatchilariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan quyidagi jazo choralari qo`llanilishi mumkin: a) jarima; b) muayyan huquqdan mahrum qilish; c) ahloq tuzatish ishlari; d) xizmat bo`yicha cheklash; e) qamoq; j) intizomiy qismga jo`natish; i) ozodlikdan mahrum qilish.
Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qo`shimcha jazo ham qo`llanilishi mumkin: a) harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish; b) mol-mulkni musodara qilish.


Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling