Mavzu: Davlat boshqaruvi va biznes soxasida yangi raqamli texnologiyalarini rivojlantirish
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Raqamli iqtisodiyot – rivojlanish trendlari va xususiyatlari.
Raqamli sektorning iqtisodiy ahamiyati
Raqamli texnologiyalar va xatarlar
Foydalangan adabiyotlar
Kiirsh.
Ayni paytda qaysi sohaga nazar tashlamang, “raqamli” so‘ziga duch kelasiz. Bugungi kun talabi shunday. Sohani rivojlantirmasangiz, uning kelajagini o‘ylamasangiz, unga eng so‘nggi rusumdagi texnik-uskunalarni, dasturiy mahsulotlarni joriy qilmasangiz, ishchi-xodimlar uchun kundan-kun qulay shart-sharoit yaratib bermasangiz, imkoniyat darajasida faoliyatingizda inson omilini kamaytirib bormasangiz, raqobatga bardosh berolmay, o‘z-o‘zidan chetga chiqib qolasiz. Sizning chetga chiqishingizning ortida esa qanchadan qancha inson taqdiri turganligini his qilib yashash zarur. Shunday ekan hozirda har bir rahbar bu borada yanada chuqurroq o‘ylashi talab qilinadi.
Ayni paytda ijtimoiy hayotning har bir sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishi natijasida raqamli iqtisodiyotning roli yildan-yilga ortib bormoqda. “Raqamli iqtisodiyot”ning yaralishi va taraqqiy etishi yangi texnologiyalarning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu ikki mavzuni bir-biridan ajratish mumkin emas. Axborot texnologiyalarini rivojlantirish “raqamli iqtisodiyot”ni qurish uchun zarur negizni yaratadi.
Xo‘sh, bugun juda ko‘p gapirayotganimiz raqamlashtirish o‘zi nima? Raqamlashtirish bu – hayotning turli sohalariga, jumladan iqtisodiyot, ta’limning barcha bosqichlari, madaniyat, tibbiyot, turizm, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va boshqa jarayonlarga raqamli texnologiyalarni joriy qilishdir.
Raqamli iqtisodiyot esa raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar va xizmatlar yig‘indisi. Raqamli iqtisodiyotining izchil rivojlanishining birinchi va eng muhim omili — zamonaviy AKT-infratuzilmani yaratishdir.
Axborot-texnologik platformalarda faoliyat ko‘rsatadigan raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda, bu esa shunday platformalarning yangi modellarini yaratish zaruratini taqozo etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |