Mavzu: davlat by
Download 468.15 Kb.
|
6-MAVZU. DAVLAT BYUDJETINI BOSHQARISH
rejalashtirish
tashkil etish muvofiqlashtirish nazorat rag’batlantirish rag’batlantirish. funksiyalarini bajaradi, ular orqali byudjet tizimini boshqarish oldidagi maqsad va vazifalar amalga oshiriladi. Bu funksiyalar: rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat va byudjet tizimining asosiy tamoyillariga amal qilgan holda byudjet munosabatlarini boshqarish; barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, ko’rib chiqish, qabul qilish, ijro etish jarayonlarini boshqarish; byudjet jarayonida ishtirok etuvchi subyektlar, alohida vakolatlarga ega bo’lgan davlat organlari va byudjet mablag’larini oluvchilar faoliyatini boshqarish. Byudjet tizimini boshqarish tushunchasi subyektiv tushuncha bo’lib, u alohida vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi, ularning vakolatlari O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, tegishli boshqaruv organlari nizomlari va boshqa me‘yoriy-huquqiy hujjatlar bilan belgilab berilgan. 1-rasm. Byudjet tizimini boshqarish subyektlarining guruhlanishi Byudjet tizimini boshqarish obyektlari bo’lib byudjet munosabatlari, davlat byudjetining daromadlar bo’yicha shakllanishi va xarajatlar bo’yicha bajarilishi, byudjetlararo munosabatlar va shu kabi ijtimoiy-iqtisodiy pul munosabatlari, shuningdek, byudjet tashkilotlarining byudjetdan ajratilgan mablag’laridan foydalanish asosidagi xo’jalik-moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Byudjet tizimini boshqarish subyektlari esa bevosita shu munosabatlarni boshqarish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishda ishtirok etuvchi muayyan vakolatlarga ega bo’lgan davlatning qonunchilik-ijroiya institutlari – boshqaruv organlaridir. Byudjet tizimini bosh- qarish subyektlarini byudjet tizimini boshqarishdagi vakolatlariga ko’ra quyidagicha guruhlash mumkin: Byudjet tizimini boshqarish organlarining vakolatlari, funksiya va vazifalari O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, tegishli organlarning nizomlari va boshqa me‘yoriy hujjatlar bilan belgilab beriladi. Markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksida quyidagi davlat hokimiyati organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlarining byudjet tizimini boshqarish sohasidagi vako- latlari tegishli moddalarda belgilab berilgan: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi-ning byudjet sohasidagi vakolatlari; O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining byudjet sohasidagi vako- latlari; Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining byudjet sohasidagi vakolatlari; Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining byudjet sohasidagi vakolatlari; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi- ning byudjet sohasidagi vakolatlari; Hududiy moliya organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari; Byudjet mablag’larini taqsimlovchilarning byudjet sohasidagi vakolatlari; Byudjet tashkilotlarining va byud- jet mablag’lari oluvchilarning byudjet sohasidagi vakolatlari; Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarning byudjet sohasidagi vakolatlari.
Download 468.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling