Mavzu: Davlat byudjedi tahlili 2019-Yil


Download 144.08 Kb.
bet1/3
Sana02.06.2024
Hajmi144.08 Kb.
#1838709
  1   2   3
Bog'liq
Davlat byudjedi tahlili 2019-Yil


Mavzu: Davlat byudjedi tahlili 2019-Yil
Re’Ja:
1.Kirish
2. Davlat Byudjeti tahlili
3.2019-yilda Davlat byudjeti tahlili
4. Byudjet tushunchasi va asoslari
5.Xulosa
6.Foydalanilgan Adabiyotlar
Kirish
Oliy Majlis Senati payshanba kuni 17-yalpi majlisda 2019-yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini tasdiqladi, deya xabar qildi “Gazeta.uz” muxbiri. Senatorlar oldida bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov so‘zga chiqdi.2019-yilda Davlat byudjeti daromadlari 102,6 trln so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda, bu esa 2018-yilga nisbatan 38% o‘sishni anglatadi. Davlat byudjeti xarajatlari esa 107,1 trln so‘mni (+36,4%) tashkil etadi.Ijtimoiy sohaga Davlat byudjetidan sarflanadigan xarajatlar 57,8 trln so‘mdan ortiqni yoki barcha xarajatlarning 54 foizini tashkil etadi (+34,4%). Bunda ta’limga sarflanadigan xarajatlar avvalgi yilga nisbatan 25,5 foizga oshadi va 28,4 trln so‘mni yoki barcha xarajatlarning 49 foizini tashkil etadi.Sog‘liqni saqlashga sarflanadigan xarajatlar 2018 yilga nisbatan 30,5 foizga oshadi va 12,1 trln so‘mni yoki barcha xarajatlarning 11,3 foizini tashkil etadi. Ijtimoiy nafaqalar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam va kompensatsiyalar to‘lash uchun sarflanadigan xarajatlar 5,2 trln so‘mni tashkil etadi (+61,8%).“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan 478 ta aholi punktida yashash sharoitlarini yaxshilashga 6,3 trln so‘m yo‘naltiriladi. 2019-yilda Davlat byudjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,1% miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.Keyingi yilda ish haqi, pensiyalar, ijtimoiy to‘lovlar va stipendiyalarni har yarim yilda avvalgi yildagi inflyatsiya darajasidan past bo‘lmagan miqdorda oshirish taklif etildi. 2019-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy nafaqalar miqdorlarini mutlaq summada belgilash nazarda tutilmoqda.
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari tahlili
Bizga ma’lumki Budjet tizimi murakkab mexanizm bo’lib, har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa jihatlarining butun majmui asosida shakllanadi. Iqtisodiyotni tartibga solishga, davlat o’z funksiya va vazifalarini bajarishga, shunungdek, ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga imkon beradiga dastaklardan biri – davlat budjetidir.
O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 3-moddasida davlat budjeti tushunchasiga ta’rif berilgan bo’lib, unga ko’ra davlat budjeti – davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo’ljallangan markazlashtirilgan pul jamg’armasi.1
Demak, budjet iqtisodiy kategoriya sifatida o’zida davlatning bir yilga mo’ljallangan daromadlari va xarajatlarini ifodalaydi. Moliya yiliga mo’ljallangan daromadlar va xarajatlar rejalashtirilib, tasdiqlanadi. Ularni amalga oshirish esa budjet munosabatlari hisoblanadi. Budjet orqali iqtisodiyotga quyidagi jihatlarda ta’sir ko’rsatish mumkin: soliqlar, yig’imlar va turli majburiy to’lovlar vositasida; to’gridan-to’gri budjetdan moliyalashtirish vositasida; subsidyalash vositasida; foizisiz va
imtiyozli kreditlar berish vositasida; budjet mablag’lari hisobiga maxsus jamg’armalar va zahiralar yaratish vositasida ta’sir ko’rsatiladi.
Yurtimizda chuqur iqtisodiy isloxotlar amalga oshirilayotgan xozirgi zamonda davlat budjeti daromatlari yaxshilanishi va samarali boshqarilish ahamiyati gʼoyat yuksakdir. Bugungi kunda Davlat tomonidan islohotlar qilish va tarmoqlarni davlat tomonidan qoʼllab quvvatlash, xamda ularning samaradorligini yanada oshirish kabi vazifalarini kun tartibiga qo’yar ekan u oʼz navbatida budjet daromadlarini samarali shakllantirish tizimini joriy qilmoqligi zarur xisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan daromadlar va jamg’armalarning bir qismini budjetga o’tkazilishi natijasida vujudga keladi. Budjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil etadi. Bu moliyaviy (budjet) kategoriyaning namoyon bo’lish shakli budjetga borib tushuvchi turli soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalardan iborat.
Davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakli va ularni budjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin.
Eng avvalo, davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra quyidagi uch guruhga bo’linadi:
-soliqli daromadlar;
- nosoliqli daromadlar;
- tiklanmaydigan tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari.
Nosoliqli daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);
- budjet tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan haqli (to’lovli) xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);
- fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo’llash natijasida olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar, konfiskatsiyalar, kompensatsiyalar va davlat sub’ektlariga etkazilgan zararlarni tiklash bo’yicha olingan mablag’lar;
- moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (budjet ssudalari va budjet kreditlaridan tashqari);
- boshqa nosoliqli daromadlar.
Hozirgi amaliyotda Davlat budjetining daromadlari quyidagi tartibda klassifikatsiya qilinayapti
Iqtisodiyotda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida budjeti daromadlari tarkibida soliqlarning mohiyati, soliq munosabatlarining ahamiyati, soliq tizimida va davlat budjetining daromadlaridagi salmog’ini nazariy va amaliy ma’lumotlarga tayangan holda tahlil etish va o’rganish bugungi kun talabi hisoblanadi. Soliq tizimida mavjud soliqlar iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko’ra to’g’ri(bevosita) va egri(bilvosita) soliqlarga bo’linadi. To’g’ri soliqlarni soliq to’lovchilarning o’zi to’g’ridan-to’g’ri to’laydi, soliqning huquqiy jihatdan ham, haqiqiy to’lovchisi ham bitta shaxs bo’ladi. Bu soliqlarga daromaddan va mulkdan to’lanadigan barcha soliqlar kiradi. Egri soliqlar yuridik jihatdan to’lovchilari mahsulot, ish va xizmatlarni yuklab yuboruvchilar bo’lib, soliqning haqiqiy og’irligi oxirgi iste’molchining zimmasiga tushadi, soliq summasi tovar, ish va xizmatlar narxi ustiga ustama tarzda o’rnatiladi. Davlat byudjeti muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab davlat byudjeti mohiyati, uning daromadlari va xarajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, ishlab chiqaruvchi, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi.
Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjetining asosiy qismi soliqlar (fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad soligʻi, ish haqi fondiga soliq va korxonalar, korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda soligʻi va b.) hisobiga shakllanadi (mas, 1987-yilda AQShda soliq tushumlari davlat byudjetining 98 % ini, Buyuk Britaniyada 96,7 % ini, Fransiyada 91,5 % ini tashkil qildi). AQSH federal byudjetidan qilinadigan xarajatlar orasida „da-romadlar darajasini taʼminlash“ (qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar va h.k.ga yordam koʻrsatish) sarflari 40 %, milliy mudofaa xarajatlari (28—30 %) eng muhim oʻrinda turadi.
Hozirgi davrda oz sonli sotsialistax mamlakatlarda davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi davlat sektori (ijtimoiy mulk)dan tushadigan mablagʻlardan, kooperativlar, xususiy korxonalardan, aholidan olinadigan turli soliqlardan hosil boʻladi va asosan xalq xoʻjaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy-maishiy tadbirlarga sarflanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti respublika davlat byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi D.6., viloyatlar va Toshkent sh. mahalliy byudjetlarini birlashti-radi. Oʻzbekistonning birinchi davlat byudjeti 1924—25-yillarda tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi.
Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun davlat byudjeti yil yakuni (dek. oyining oxiri)da OʻzR Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan davlat byudjeti qonun kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng davlat byudjetining shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga oʻtish davridagi oʻzgarishlar bilan bogliq holda bordi. Oʻzbekistan Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliklar hisobiga olinmoqda.
1995-yilda Oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3 %, 1996-yilda 3,5 %, 1997-yilda 2,2 %, 2000-yilda yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 mlrd. soʻm)ga teng boʻldi. Amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari jamgʻarmalar (ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mul-ki qoʻmitasi jamgʻarmasi, mineral xom ashyo bazasini tak ishlab chiqarish fondi, oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlarining maxsus fondlari)ning maqsadli yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda, 1995-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjetida jami daromadlar va xarajatlar oʻzgarishlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi daromadlarining oʻsishi asosiy ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda davlat byudjetini shakllantirish tartibi Oʻzbekistan Respublikasining 2001-yil 1 yanvardan kuchga kirgan „Davlat byudjeti tizimi toʻgʻrisida“ qonuni (2000-yil 14-dekabr)ga muvofiq olib boriladi.

Download 144.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling