Mavzu: Davlat byudjeti. Davlat soliq siyosati


Download 208.84 Kb.
bet11/12
Sana14.11.2021
Hajmi208.84 Kb.
#173754
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
26 MAVZU DAVLAT BUDJETI BUDJET SOLIQ SIYOSATI ¬«»¿´

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari oʻz tarkibiga maorif, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy taʼminot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan hizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga beriladigan ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini oʻzida aks ettirib, bu guruhdagi byudjetning xarajatlari xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy hizmatga boʻlgan talabini qondirishga, ijtimoiy sugʻurta va ijtimoiy taʼminotni amalga oshirishga keng yoʻl ochib beradi.

  • Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari oʻz tarkibiga maorif, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy taʼminot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan hizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga beriladigan ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini oʻzida aks ettirib, bu guruhdagi byudjetning xarajatlari xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy hizmatga boʻlgan talabini qondirishga, ijtimoiy sugʻurta va ijtimoiy taʼminotni amalga oshirishga keng yoʻl ochib beradi.
  • Milliy iqtisodiyotga byudjetdan xarajat qilinishi davlatning xoʻjalik yurituvchi asosiy subyektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar keng miqyoslarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industriya asosida qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini texnika vositalari bilan qayta taʼminlashga imkon yaratadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining bu xarajatlari orasida iqtisodiyot va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari alohida oʻrin egallaydi. Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning oʻz mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi zarurligi bilan bogʻliqdir. Qurolli kuchlarning barcha turlari byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Download 208.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling