Mavzu: Davlat byudjeti g’azna ijrosining zamonaviy modellari


Download 5.44 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi5.44 Kb.
#1779035
Bog'liq
Davlat byudjeti g’azna ijrosining zamonaviy modellari.


MAVZU: Davlat byudjeti g’azna ijrosining zamonaviy modellari.
Bajardi: Nursaxatov.A
Qabul qildi: Ravshanov. X
Budjet g`azna ijrosi hisobi - bu budjet g`azna ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat budjeti, Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalari budjeti ijrosi jarayonida hisobga olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir.
Davlat budjetining g’azna ijrosi — davlat budjetining barcha daromadlarini yagona g’azna hisob-raqamiga kiritishdan, shuningdek, davlat budjetining xarajatlarini shu hisob-raqamdan to’lashdan iborat.
Davlat byudjeti g‘azna ijrosining qonuniy-huquqiy asosi yaratildi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat byudjeti g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi 664-II sonli Qonuni (26.08.2004)
Davlat budjetining g'azna ijrosini joriy etish - keng qamrovli masala bo'lib, o'zaro bog'liq bo'lgan qator masalalami hal qilishni talab etadi, xususan:
huquqiy jihatdan - davlat budjeti g'azna ijrosiga o'tish va amal qilishining qonuniy-huquqiy asosini yaratish va takomillashtirish;
tashkiliy jihatdan - Moliya vazirligi tarkibida maxsus ixtisoslashgan g'aznachilik boshqarmasini, shuningdek, uning hududiy va mahalliy bo'linmalarini tashkil etish;
uslubiy jihatdan - g'aznachilik faoliyatining uslubiy asoslarini shakllantirish, hisob va hisobot tizimini qayta tuzish, Yagona g'azna hisobvarag'ini ochish va yuritish;
texnik va texnologik jihatdan - davlat moliyasi bo'yicha katta hajmdagi axborotni to'plash va qayta ishlashga imkon beradigan samarali faoliyat qiluvchi integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan tizimni yaratish va joriy qilish;
kadrlar ta ’minoti jihatidan - Moliya vazirligi tizimidagi moliya organlarining hamda budjet tashkilotlarining xodimlari va buxgalterlarini g'aznachilik sharoitida ishlash bo'yicha qayta o'qitish va malakasini oshirish.
Byudjet g`azna ijrosi hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga byudjet ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat.
Byudjet g`azna ijrosi hisobining predmeti bu byudjet g`azna ijrosi jarayonida byudjet mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir.
Byudjet g`azna ijrosi hisobining obektlari bo’lib, byudjet g`azna ijrosi jarayonida byudjet daromadlari va xarajatlari, byudjet pul mablag’lari, byudjet ssudalari, hisoblashuv bo’yicha mablag’lar, aylanma kassa mablag’lari, byudjet tashkilotlarining xarajatlari, moliyaviy aktivlar, majburiyatlari va moliyaviy natijalari hisoblanadi.
Budjet g`azna ijrosi hisobi Davlat budjeti, Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg’armalari budjeti g`azna ijrosi bo’yicha yuritiladi va budjetlar g`azna ijrosi holati haqida ma’lumotlarni shakllanishini ta’minlaydi.
Budjet g`azna ijrosi hisobining vazifalari:
  • budjet g`azna ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
  • budjet g`azna ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro’yhatga olish;
  • budjet g`azna ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda budjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish;
  • budjet tashkilotlari smetalari g`azna ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
  • budjet g`azna ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir.

BUDJET G’AZNA IJROSI HISOBI
Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlar g`azna ijrosining hisobi
Davlat maqsadli jamg’armalari shuningdek boshqa budjetdan tashqari jamg’armalar budjeti g`azna ijrosining hisobi
Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosining hisobi
Download 5.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling