Mavzu: Davlat byudjeti ijrosi g’aznachilik tizimiga o’tishning zarurligi, mohiyati va vazifalari
Download 1.02 Mb.
|
davron
Yordamchi ishlab chiqarish harajatlarining yig‘ma sintetik hisobi bosh kitobda 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schyotida olib boriladi. Ushbu schyotning debetida va kreditlanadigan korrespondensiyalanuvchi schyotlarda (1000, 6710, 6520, 0200, 6000, 6990 va boshqalar) mos ravishda yordamchi ishlab chiqarishga ketgan material, ish haqi, ijtimoiy sug‘urta, amortizatsiya, turli xizmatlar va boshqa sarf-harajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlanadi. 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schyotining kreditida yordamchi ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, qurilish materiallari, konstruksiyalar, moslama va buyular, shuningdek ko‘rsatilgan xizmatlarga ketgan jami sarf-harajatlarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Maxsus qurilish konstruksiyalari va moslamalarini yasash sexlari bo‘yicha tugallanmagan ishlab chiqarish mavjud bo‘lishi mumkin. Bu hollarda 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schyoti qoldiqqa ega bo‘ladi. Qolgan hollarda ushbu schyotning debetida to‘plangan summa mos ravishdagi boshqa schyotlarga o‘tqaziladi va shu yo‘l bilan u yopiladi. 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schyotining yopilishi quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiriladi: (1) yordamchi ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotlar olinganda: Debet 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar» Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»(2) yordamchi ishlab chiqarishdan yarim tayyor mahsulotlar olinganda: Debet 2110 «Yarim tayyor mahsulotlar» Qurilish tashkilotlarida umumishlab chiqarish harajatlarining hisobi va ularning taqsimoti Qurilish tashkilotlari o‘zlarining hisob siyosatida belgilangan tartibga muvofiq umumishlab chiqarish harakteriga ega bo‘lgan harajatlar hisobini 2500 «Umumishlab chiqarish harajatlarini hisobga oluvchi schyotlar» tizimida alohida olib borishlari mumkin. Ushbu schyotlar tizimida ochiladigan maxsus schyotlarda, chunonchi, quyidagi harajatlar aks ettiriladi: a) qurilish mashinalari va uskunalarini saqlash hamda ularni ekspluatatsiya qilish harajatlari; b) ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari; b) ishlab chiqariga doir asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlari; v) ishlab chiqarishdagi mol-mulkni sug‘urtalash harajatlari; g) ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash harajatlari; d) ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga olish harajatlari; e) ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan ishlab chiqarish xodimlariga hisoblangan mehnat haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; j) umumishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa harajatlar.Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling