Mavzu: Davlat byudjeti ijrosi g’aznachilik tizimiga o’tishning zarurligi, mohiyati va vazifalari


Download 1.02 Mb.
bet5/6
Sana17.11.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1782615
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
davron

Hisobot oyi moboynida 2510 «Umumishlab chiqarish harajatlari» schyotining debetida va mos ravishdagi boshqa schyotlarning kreditida nomlari yuqorida zikr etilgan harajat moddalari bo‘yicha ma’lumotlar jamlanadi. Oy oxirida ushbu schyotning debetida to‘plangan harajatlar qurilish tashkiloti hisob siyosatida keltirilgan tartibga muvofiq asosiy ishlab chiqarish (2010 schyot) va yordamchi ishlab chiqarish (2310 schyot) harajatlariga olib boriladi. Umumishlab chiqarish harajatlarini taqsimlash tartibini ularning alohida moddalari misolida 2-mavzuda ko‘rib chiqqan edik. Xuddi shunga o‘xshash yoki qabul qilingan boshqa tartiblarga ko‘ra umumishlab chiqarish harajatlarining qolgan moddalari ham mos ravishdagi qurilish ob’ektlari o‘rtasida taqsimlanishi lozim. Umumishlab chiqarish harajatlari va ular taqsimotining analitik hisobi umumishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari bo‘yicha 10-s jurnal-orderda alohida moddalari bo‘yicha yuritiladi.

Qurilish tashkilotlarida qurilish ishlarining reja tannarxi, normativ tannarxi va haqiqiy tannarxi hisob-kitob qilinadi. Reja yoki normativ tannarx, odatda, qurilish ishlari boshlanishidan oldin hisob-kitob qilinadi. Haqiqiy tannarx qurilish ishlari yakunlanganda va buyurtmachilarga topshirilayotganda aniqlanadi. Qurilish ishlarining reja, normativ va haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish bir qancha maqsadlarda, chunonchi: (1) qurilish ishlariga ketishi kerak bo‘lgan va haqiqatda ketgangan sarf-harajatlar summasini; (2) tugallanmagan qurilish qiymati (tannarxi)ni; (3) qurilish ishlari sotish tannarxini; (4) sotishdan kutilayotgan va haqiqatda olingan yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) summasini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Qurilish ishlarining haqiqiy tannarxi turli usullarda kalkulyatsiya qilinishi mumkin. Amaliyotda eng keng tarqalgan usullar bo‘lib buyurtmali, jarayonli va hissali (tugallanish foizi) usullari hisoblanadi. Buyurtmali usulda bajarilgan har bir qurilish ishi harajat ob’ekti sifatida qaraladi. Uning haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish qurilish ob’ektiga (buyurtmaga) ochilgan 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotida to‘plangan hisob ma’lumotlari asosida ob’ekt (ish) buyurtmachiga topshirishgandan keyin amalga oshiriladi. Ushbu schyotning debetida alohida korrespondensiyalanuvchi schyotlar bo‘yicha ko‘rsatilgan yig‘ma ma’lumotlar buyurtmaga ochilgan kalkulyatsiya kartochkasining tegishli harajat moddalarini to‘ldirishga asos bo‘ladi


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling