Mavzu: Davlat daromadlari va xarajatlarini boshqarish
-2017- yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlari miqdori va davlat budjet xarajatlardagi ulushi (mlrd so‘mda)9
Download 0.51 Mb.
|
Kurs ishi J RamazonovMM 51 2 Davlat daromadi va xarajatini boshqarish
2015-2017- yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlari miqdori va davlat budjet xarajatlardagi ulushi (mlrd so‘mda)9
Davlat byudjeti xarajatlarining eng yirik qismi maorif xarajatlariga to‘g‘ri kelib, maorif xarajatlari tarkibiga bilamizki, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, mehribonlik uylari va bolalar shaxarchalari, musiqa va san’at maktablari, kadrlar tayyorlash xarajatlarini o‘z ichiga oladi. 2015-yilda maorif xarajatlari 12162,2 mlrd so‘mni tashkil qilib, davlat byudjet xarajatlaridagi tutgan ulushi esa 33,3 foizni tashkil qilgan. 2016-yilda esa maorif xarajatlari miqdori 13831,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, 2015-yilga nisbatan 13,7 foizga nisbatan oshgan,2017-yilda esa davlat byudjeti maorif xarajatlari miqdori 15977,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, davlat byudjeti xarajatlardagi ulushi 32,4 foizni tashkil qilgan. O‘tgan yilgiga nisbatan esa 15,5 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Davlat byudjet xarajatlarining tarkibida yetakchi o‘rinni egallagan. Sog‘liqni saqlash xarajatlariga ambulatariya xizmatlari, klinika, kasalxonalar, tibbiyot birlashmalari va markazlar, tez hamda shoshilinch tibbiy yordam respublika markazlari va hududiy bo‘limlari, koykali maxsus markazlar, kasalxonalar va dispamserlar, tug‘ruqxonalar, akusherlik majmualari, sanitariya-epidemalogiya markazlari, qariyalar va nogironlar uchun sanatoriylarga ketadigan xarajatlar kiradi. 2015-yilda sog‘liqni saqlash xarajatlari 5218,5 mlrd so‘mni tashkil qilib, davlat byudjet xarajatlaridagi tutgan ulushi esa 14,3 foizni tashkil qilgan. 2016-yilda esa sog‘liqni saqlash xarajatlari miqdori 5811,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, 2015-yilga nisbatan 11,3 foizga nisbatan oshgan. 2017-yilda esa davlat byudjeti sog‘liqni saqlash xarajatlari miqdori 7030,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, davlat byudjeti xarajatlardagi ulushi 14,2 foizni tashkil qilgan. O‘tgan yilgiga nisbatan esa 20. 9 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida keying o‘rinda iqtisodiyot xarajatlari turadi ya’ni miqdor jihatdan. Davlat byudjetinig iqtisodiyot xarajatlari tarkibiga suv xo‘jaligini eksplutatsiya qilish xarajatlari, hosildorlik past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliglarini maqsadli mablag‘lar bilan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shaxar va tuman posyolkalarini obodonlashtirish, xarajatlaridan iborat. 2015-yilda iqtisodiyot xarajatlari 3821,3 mlrd so‘mni tashkil qilib, davlat byudjet xarajatlaridagi tutgan ulushi esa 10,5 foizni tashkil qilgan,2016-yilda esa iqtisodiyot xarajatlari miqdori 4319,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, 2015-yilga nisbatan 13 foizga nisbatan oshgan. 2017-yilda esa davlat byudjeti iqtisodiyot xarajatlari miqdori 5280,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, davlat byudjeti xarajatlardagi ulushi 10,7 foizni tashkil qilgan. O‘tgan yilgiga nisbatan esa 22,4 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Shunday ekan har qanday hududning daromadlar bazasini oshirish va xarajatlarni optimal sarflash uchun, daromadlarni oshirish doirasida turli kreditlar ajratish, investitsiyalar jalb qilish, kerak ekan. Xarajatlarni optimal sarflashda esa ob’ektivlikka yo‘l qo‘yish kerakligi, zamonaviy texnalogiya usullaridan keng foydalanish evaziga samaradorlikka erishish mumkin. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling