Mavzu: Davlat daromadlari va xarajatlarini boshqarish


Download 0.51 Mb.
bet2/8
Sana24.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1653541
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi J RamazonovMM 51 2 Davlat daromadi va xarajatini boshqarish

Kurs ishining maqsadi bo’lib O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadi va xarajatlarini sarfini boshqarishdagi muommolarni hal qilishning samarali yo’nalishlarini aniqlash va ularni hal qilish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishining oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:
 Davlat budjeti haqida umumiy tushuncha hosil qilish va uning iqtisodiy mohiyatini o’rganish, budjet mablag’larining tarkibiy tuzilishi va klassifikatsiyasini ko’rib chiqish
 O’zbekiston Respublikasi G’aznachiligining budjet mablag’laridan samarali foydalanish va tartibga solishdagi o'ziga xos o'rnini tadqiq etish
 O'zbekiston Respublikasida budjet mablag’laridan samarali foydalanishning tashkiliy-huquqiy asoslarini ko’rib chiqish
 Budjet daromadlari va xarajatlaridan samarali foydalanish va boshqarish holatini tahlil etish
 O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromadlari va xarajatlari ijrosining joriy holati tahlilini amalga oshirish
 Davlat budjeti mablag’laridan foydalanishda g’aznachilik tizimi rolini oshirish masalalarini tadqiq etish
 Davlat budjeti mablag’larini shakllantirish va foydalanishda xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining ob’ekti. O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromadlari va xarajatlari kurs ishining ob’ekti hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti. Davlat budjetining daromad va xarajatlarini boshqarish jarayonida yuzaga chiqadigan moliyaviy munosabatlar kurs ishining predmeti bo’lib hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusining nazariy va amaliy ahamiyati. Davlat budjeti mablag’larini samarali sarfini ta’minlashga va boshqarishga qaratilgan amaliy tavsiyalardan maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin. Shuningdek ishda keltirilgan ilmiy xulosalar va natijalar budjet mablag’larini shakllantirish boshqarish mexanizmini takomillashtirishning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini yanada chuqurroq o’rganuvchilar uchun nazariy asos bo’lib xizmat qilishi, budjet mablag’larini real hayotda amal qilish mexanizmi mazmunini teranroq anglashga xizmat qilishi mumkin.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling