Mavzu: davlat ekologik ekspertizasi xulosalarini ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish
Download 20.09 Kb.
|
11 mavzu Davlat ekologik ekspertizasi xulosalarini ijro etilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar: davlat ekologik ekspertizasi, ekspert komissiya, shtatsiz ekspert.
- Nazorat savollari
MAVZU: DAVLAT EKOLOGIK EKSPERTIZASI XULOSALARINI IJRO ETILISHI USTIDAN NAZORATNI AMALGA OSHIRISH Reja: 1. Davlat ekologik ekspertizasini tashkil qilish va o‘tkazish. 2. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun ekspert guruhi tashkil qilish va uning ish yuritish tartibi. 3. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi. Tayanch so‘zlar: davlat ekologik ekspertizasi, ekspert komissiya, shtatsiz ekspert. Davlat ekologik ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat komiteti tizimidagi ekspert organlari mutaxassislari kuchi bilan yoki olimlar, mutaxassislar va jamoatchilik vakillaridan tashkil topgan (ilova 4) ekspert komissiyalari (guruhlari) yordamida o‘tkazilishi mumikn. Ekspertiza o‘tkazish muddati, qoidaga binoan materiallarning to‘liq komplekti topshirilgan kundan uch oydan oshmasligi kerak. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish jarayoni uch bosqichdan iborat: tayyorlov, asosiy va yakunlovchi bosqichlar. tayyorgarlik (Tayyorlov) bosqichida O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tizimining shtatidagi ekspertlari tomonidan: Tavsiya qilingan hujjatlar tarkibi mazkur xujjatning talablariga mos kelish kelmasligi tekshiriladi; Ekspertizaning vazifalari, chegarasi va yo‘nalishi tariflanadi; uning formasi (shakli) va o‘tkazish usuli aniqlanadi; Ekspertizaning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxasislardan shtatdan tashqari ekspert komissiyasi guruhi tuziladi, uning a’zolari o‘rtasida vazifalari taqsimlanadi, ish grafigi tuziladi, kerakli hujjatlar rasmiylashtiriladi va hokazo. asosiy bosqich davomida ekspertizaga tavsiya qilingan hujjatlar ko‘rib chiqiladi va tekshiriladi, unda; Mazkur xo‘jalik faoliyati turini amalga oshirishga ehtiyojning asoslanishi, uni realizatsiya qilish usulini tanlash tavsiya qilinayotgan texnik muhandislik va arxitektura - rejaviy echimlarning progressivligi, material xom-ashyo va energetik resurslardan va boshqalardan foydalanishning komplektligi va ratsionalligi; Aniqlangan omilning to‘liqligi va ularning ekologik xavfi darajasi atrof muhitga xo‘jalik faoliyatining ta’siri ehtimoli masshtablari; Tabiat muhofazasi qonuniyatlari talablarini taminlashga, shuningdek avariya vaziyatlarini oldini olish (ogohlantirish) va ularning mumkin bo‘lgan oqibatlarini tugatishga qaratilgan chora-tadbirlarning yetarliligi; Mazkur xo‘jalik faoliyatining ekologik xavfsizligi va atrof muhitning sifat me’yori taminlanishining foydalanishga tavsiya qilingan operativ va boshqa xil nazorat usullari; ishlab chiqarilgan mahsulotning va hosil bo‘lgan chiqindilarning ekologik xavfi darajasini baholash, shuningdek ularni qayta ishlashda hududiy koperatsiyalanish imkoniyatlari; Ekspertizani amalga oshirishda ekologik ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlar to‘g‘risida ma’lumotlarning borligi inobatga olinadi. Ekspertiza ishlari jarayonida oldindan ta’riflangan ekspertiza yo‘nalishlari bo‘yicha individual ekspert guruhi xulosasi tayyorlanadi. Agar yangi vazifalar yoki ko‘rib chiqish yo‘nalishlari aniqlansa, ekspert komissiyasi (guruhi) davlat ekologik ekspertizasini tayinlangan organ oldiga ekspertiza o‘tkazish muddatini o‘zgartirish, ko‘riladigan masalalar bo‘yicha qo‘shimcha ekspertlar jalb qilish masalasini qo‘yish mumkin. Ekspertiza davomida xujjatni tayyorlovchilar tomonidan inobatga olinmagan potentsial xavfli tasirlar aniqlangan taqdirda, loyiha ushbu tasirning xavflilik darajasi va uning oqibatlari baholanmagan holda qayta ishlashga qaytariladi; v) yakunlovchi bosqich davomida ekspert komissiyasi tomonidan ko‘tarilgan hujjat bo‘yicha jamlanma xulosa loyihasi tayyorlanib u buyurtmachi, loyihani ishlab chiqilgan tashkilot vakillari, jamoatchilik qatnashgan ekspert komissiyasi majlisida muhokama qilinadi. Jamlama xulosa ekspert komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va ularning roziligisiz o‘zgartirilmaydi. g) ekspert komissiyasi (guruhi)ning jamlanma xulosasi quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: amalga oshirilgan tavsiya qilinayotgan xo‘jalik faoliyatining qisqacha tavsifi; tavsiya qilinayotgan xo‘jalik faoliyati echimining ekspert baholari; loyiha bo‘yicha prinspial mulohazalar; xulosalar; loyihani amalga oshirish imkoniyatlari va shartlari (reja, dasturlar); uni qayta ishlashga yoki qayta qurishga ehtiyoj; amalga oshirishga muvofiq kelmaydigan chetga chiqishlar; xulosa va takliflar aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. Jamlama xulosaga ekspert komissiyasi azolari tomonidan bildirilgan alohida fikrlar ilova qilinadi. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun ekspert guruhi tashkil qilish va uning ish yuritish tartibi. Ekspert komissiyasi (guruhi) - bu konkret xo‘jalik faoliyatini, davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun vaqtincha tuzilgan mutaxassislar jamoasidir (shtatsiz ekspertlar). Ekspert guruhini tuzish va unng ishini tashkil qilishni hamda shtatsiz ekspertlarining mehnatga haq tulashini davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish vazifasi yuklangan davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining ekspert bo‘limi amalga oshiradi. Ekspert guruhining soni va shaxsiy tarkibi davlat ekologik ekspertizaga topshirilgan hujjatlarning xususiyati va murakkabligi bilan aniqlanadi. Ekspert komissiyasini tuzishda va uning faoliyatini tashkil qilishda quyidagilarni ta’minlovchi barcha shart sharoitlar yaratilishi shart. Ekspert komissiyasining malaka saviyasi etarli va ko‘p pozitsiyali bo‘lishini; Davlat Ekologik ekspertizasining yuqori sifatini; Ekspert bahosining va ekspert komissiyasi (guruhi) xulosalarining sifatini; Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish va uning natijalarining oshkoraligini e’tiborda tutadi. Ekspert komissiyasi (guruhi)ni tuzish printsipi va tarkibi shtatsiz ekspertlardan iborat bo‘ladi, uning ishiga respublika ilmiy-tekshirish institutlarining, vazirliklar muassasalar, tarmoq ilmiy-tekshirish va loyihalash tashkilotlarining olimlari va mutaxassislari jalb qilinishi mumkin. Ekspert komissiyasi (guruhi)ning shaxsiy tarkibi Bosh davlat ekspertiza boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi shaxsiy tarkibiga quyidagi mutaxassislarni jalb qilish taqiqlanadi. Ularning shaxsiy roziligi bo‘lmasa; Ekspertizaga topshiriladigan xujjatlarni tayyorlashda qatnashganlar; Ko‘riltgan loyiha bo‘yicha oldin matbuotda o‘z fikrini bosib chiqarganlar ekspert komissiyasi tarkibiga kiritilmaydi. Mutaxasisning shtatsiz ekspert sifatidagi faoliyatini ekspert komissiyasi (guruhi) tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan boshlanadi va tasdiqlangan ish grafigiga mos olib boriladi. Shtatsiz ekspert davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda asosiy ishdan ajralmagan holda, o‘ziga qulay vaqtda qatnashadi, uning ishlashi uchun barcha sharoit yaratilishi kerak. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi. Davlat ekologik ekspertizani o‘tkazayotgan ekspert organi va xo‘jalik faoliyati loyihasini ko‘rib chiqadi va «Davlat ekologik ekspertiza» xulosasini tayyorlaydi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: ekologik oqibatlar va loyihani amalga oshirish shart sharoitlari to‘g‘risidagi xulosalar. Qiziquvchi tomonlarga fikr va takliflarni ko‘rib chiqish davomida paydo bo‘lgan muloxazalar; Ko‘riltgan xo‘jalik faoliyati loyihasini amalga oshirish shart-sharoitlari bo‘yicha buyurtmachi va qiziquvchi tashkilot va muassasalar uchun tavsiyalardan iborat bo‘ladi. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi ekspert kengashi majlisida muhokamaga chiqarilishi mumkin. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi loyihasi buyurtmachiga va boshqa kuzatuvchi tashkilotlarga yuboriladi. Xo‘jalik faoliyati loyihasini amalga oshirish uchun mablag‘ faqat Davlat ekologik ekspertizasining xulossi ijobiy bulsagina ajratiladi. Ekspertiza tugagach hujjatlarning asl komplekti buyurtmachilarga yuboriladi. Hujjatlarning nusxasi ekspertiza o‘tkazgan organ arxivida olib qolinadi, rasmiylashtiriladi va belgilangan ish yuritish tartibiga asosan saqlanadi. Nazorat savollari: 1. Davlat ekologik ekspertizasini tashkil qilish va o‘tkazish tartibi haqida so‘zlang. 2. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun ekspert guruhi tashkil qilish va uning ish yuritish tartibi qanday? 3. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi qanday tartibda shakllantiriladi. Download 20.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling