MAVZU: Davlat innovasion siyosatini shakllantirish va uning asosiy yo‘nalishlari - Davlat innovasion siyosati – bu innovasion faoliyatni faollashtirish va uning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar yig‘indisidir, bundan tashqari innovasion faoliyat natijalaridan mamlakatning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishida va jamiyat ehtiyojlarini to‘la qondirishda keng foydalanishdir. Davlat innovasion siyosati uchta bosqichdan tashkil topgan:
- Innovasion faoliyatni rivojlantirishning ilmiy asoslangan konsepsiyasini ishlab chiqish;
- Innovasiyani davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash;
- Innovasion faoliyatni faollashtirish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadga erishishga amaliy ta’sir ko‘rsatish.
- Innovasion siyosatning ikki turi mavjud: strategik va taktik. Davlat innovasion siyosatining strategiyasi mamlakatning ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining uzoq muddatli konsepsiyalari asosida shakllantiriladi. Innovasion siyosat strategiyasini tanlash o‘z navbatida quyidagilarni talab qiladi: innovasion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash, ilmiy potensialni rivojlantirish va undan foydalanish metodlarini tanlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga mos holda innovasion rivojlanishning asosiy maqsadlarini belgilash.
- Taktik innovasion siyosatda joriy maqsadlar va bu maqsadlarga yuqori samaradorlik bilan erishishni ta’minlaydigan aniq tadbirlar aniqlanadi. Taktik vositalar – bu ilmiy tadqiqot va loyiha –konstruktorlik ishlarni moliyalashtirish, moddiy-texnik va axborot ta’minoti, xodimlarni tanlash, innovasiyani rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun huquqiy va tashkiliy sharoitlar yaratishdir.
- Davlat innovasion siyosati, uni shakllantirish metodlarining samaradorligini va innovasiyani qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha davlatda fan texnikaning rivojlanishiga baho berish mumkin. Fan texnika rivojlangan mamlakatlarda ilmiy-texnika natijalarini (lisenziya, patent va boshkalar) eksport qilish kengayadi, tayyor yangiliklarni eksport qilish ko‘payadi va boshqa mamlakatlarga ilmiy-texnik innovasion yordam ko‘rsatish kengayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |