Mavzu: davlat innovatsion siyosati davlat innovasion siyosatini shakllantirish va uning asosiy yo‘nalishlari


Download 13.54 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi13.54 Kb.
#1584863
1   2   3   4
Bog'liq
Давлат инновацион сиёсати

Innovasion siyosatning shakllanish metodlari, sharoitlaridan kelib chiqqan holda, davlat tomonidan innovasiyani qo‘llab quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari aniqlanadi. Innovasiyani davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan tashkil topgan:

  • perspektiv yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlarning (fundamental, izlanish, amaliy) rivojlanishini qo‘llab quvvatlash;
  • innovvasion faoliyatni mutaxassislar bilan ta’minlash;
  • innovasion faollikni oshirishga yo‘naltirilgan turli xil dasturlarni ishlab chiqish;
  • alohida firma (korxonalar)ning innovasion faoliyatining samaradorligini oshirishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatuvchi fiskal va boshqa dastaklarni davlat tomonidan tartibga solish;
  • fanning turli sohalarining (akademiya, tarmoq va oliy o‘quv yurti) o‘zaro aloqasini samarali tashkil etishda davlat vositachi sifatida ishtirok etishi va oliy o‘quv yurtlari (universitet, institut, akademiya) bilan sanoat korxonalari orasidagi innovasiya ishlamalari bo‘yicha korporasiyani rag‘batlantirish;
  • innovasion ishlamalarga davlat buyurtmalarini shakllantirish;
  • viloyatlardagi innovasion faoliyatni tartibga solish;
  • innovasion faoliyatni huquqiy bazasini yaratish;
  • innovasion jarayonlar bo‘yicha xalqaro aloqalarni tartibga solish.

Innovasion faoliyat bo‘yicha xalqaro aloqalarni tartibga solish shakllari turli xildir. Ulardan asosiylari quyidagilardir:

    • xorijiy innovasion investisiyalarni rag‘batlantirish;
    • hamkorlikning eng perspektiv va ustivor yo‘nalishlarini asosli tanlash;
    • innovasion ishlamalarni eksport nazoratidan o‘tkazish;
    • xalqaro kichik innovasion tadbirkorlik aloqalarini qo‘llab quvvatlash;
    • hamkorlikda bajarilayotgan innovasion loyihaning ishtirokchi davlatlarga (korxonalarga) maxsus soliq va kredit imtiyozlarini qo‘llash;
    • mamlakatga xalqaro standart va normalarni joriy qilish

Innovasiya sohasini davlat tomonidan tartibga solish metodlari

  • Innovasion faoliyatga davlat tomonidan ta’sir qilish metodlarini ikki guruhga bo‘lish mumkin: to‘g‘ri va egri.
  • Innovasion jarayonni davlat tomonidan tartibga solishning to‘g‘ri metodlarini ikki shaklda amalga oshiriladi: ma’muriy, dasturli-maqsadli. Ma’muriy shaklda innovasiyaga bevosita ta’sir qilish maqsadida u moliyalashtiriladi. Ushbu moliyalashtirish maxsus qonunlar asosida amalga oshiriladi. Innovasiyalarni dasturli – maqsadli tartibga solishda yangiliklar qo‘llab-quvvatlashning davlat maqsadli dasturlari bo‘yicha innovasiyalar kontrakt asosida moliyalashtiriladi. Ya’ni, davlat tomonidan yangiliklarni (tovar, texnologik jarayon, xizmat) kontrakt asosida sotib olish tizimi tashkil etiladi. Kontrakt asosida moliyalashtirish – hozirgi kunda keng tarqalgan – buyurtmachi va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida shartnoma tizimining bir elementidir.
  • Shartnomada ishlarni tugatish vaqti, ishlarni ishtirokchilar orasida taqsimlashini moddiy rag‘batlantirish aniq ko‘rsatiladi. Bu yerda o‘zaro majburiyatlar, iqtisodiy sanksiyalar kelishib olinadi.
  • Innovasion jarayonga davlat tomonidan bevosita ta’sir qilish metodlar tizimida sanoat korxonalar va universitetlar kooperasiyasini rag‘batlantiruvchi tadbirlar muhim o‘rin egallaydi.
  • Sanoat va universitetlar kooperasiyasi natijasida birinchidan ilg‘or ilmiy g‘oyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish imkoni yaratilsa, iikinchidan sanoat korxonalarining fundamental va izlanish tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun qiziqish paydo bo‘ladi.
  • Innovasion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishda egri metodlar ham muhim o‘rin tutadi. Davlat innovasion siyosatini amalga oshirishda qo‘llaniladigan ushbu metodlar birinchidan innovasion jarayonlarni rag‘batlantirishga va ikkinchidan innovasion faoliyat uchun qulay muhit (iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik) yaratishga yo‘naltirilgan. Innovasion faoliyatni davlat tomonidan tartibga soluvchi egri metodlarning tarkibi, tuzilishi va mazmuni turlicha. Ushbu metodlarga soliq imtiyozlari va kredit imtiyozlarini kiritish mumkin.
  • Soliq imtiyozlari quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi: perspektiv innovasion ishlamalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan korxona foydasini soliqdan ozod qilinadi; ilmiy-texnik mahsuloti sotishdan olingan ilmiy institut va oliy o‘quv yurtlarining valyuta mablag‘lari soliqqa tortilmaydi; ilmiy-texnika tashkilotlarining mulki, yeri kamaytirilgan qo‘shimcha qiymat solig‘iga tortish; korxona (firma)larning yangiliklarni joriy qilish hisobiga olingan foydasi ma’lum davrga imtiyozli soliqqa tortish.

Download 13.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling