Mavzu: Davlat interaktiv xizmatlari


Download 0.9 Mb.
Sana31.03.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1312952

MAVZU: Davlat interaktiv xizmatlari.
“Elektron hukumat” tizimining muhim belgisi – oflayn xizmatlar o‘rniga onlayn xizmatlarning joriy qilinishi. Ma’lum bir hujjat uchun yana boshqa o‘nlab idoradan hujjat to‘plashga chek qo‘yilishidir. Qanday qilib? Davlat idoralarining ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlarini integratsiya qilish, ularni o‘zaro bog‘lash orqali. Ayniqsa, biznes jarayonlarini qayta injenering qilish orqali qisqartirish kerak. Odamlarga onlayn tarzda ariza topshirish va xizmatlarni olish, ma’lumotlar, ariza topshirish va hokazo xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratish axborotlashgan jamiyat omillaridir.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi 181-son qarori bilan «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari to'g'risida nizom» va «Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri» tasdiqlangan. Ushbu Nizom davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda xizmatlarni ko'rsatish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Ushbu Nizomga muvofiq Qo'mita zimmasiga Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestrini yuritish, shuningdek zaruratga ko'ra vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestriga o'zgarishlar kiritish bo'yicha umumlashtirilgan taklif kiritish vazifasi yuklatilgan.
Bugungi kunda Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri 197 turdagi xizmatlardan tashkil topgan. Davlat organlari tomonidan veb-saytlar orqali 617 ta interaktiv xizmat turlari ko'rsatilmoqda
Davlat organlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini to‘ldirish, ularni integratsiyalash va tartibga solish mamlakatda “elektron hukumat” tizimini joriy qilish va rivojlantirishning navbatdagi muhim bosqichi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 14 fevraldagi PF-1920-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Obod turmush yili” Davlat dasturiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 30 dekabrdagi 378-son qaroriga asosan, Internet tarmog‘ining my.gov.uz manzilida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali test rejimida ishga tushirildi. Bugungi kunda Yagona portal orqali aholiga interaktiv xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 378-son Qaroriga muvofiq, davlat organlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboriladigan aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan davlat interaktiv xizmatlari sonini ko‘paytirish yuzasidan loyihalarni amalga oshirmoqdalar.
XIX asrda telegraf va telefonning ixtiro qilinish bilan boshlangan va insoniyat sivilizatsiyasini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqqan axborot kommunikatsiya texnologiyalari erasi, bugungi kunda o’z taraqqiyotining yuqori cho’qqisiga chiqdi desak yanglishmagan bo’lamiz.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari, rivojlanishning turli bosqichlarida, tarkiban kengayib, funksional jihatdan boyib bordi: Telegraf orqali matn jo’natish bilan, qandaydir daqiqalar ichida manzilga yetkazilgan xabar yoki yangilik, o’z vaqtida, oddiy qog’ozli pochta jo’natmasi bilan yuborilgan va manzilga yetgunicha, kamida bir, ikki hafta talab qilingan kommunikatsiya usulini qanchalik inqilobiy tarzda o’rin almashtirgan bo’lsa, uning faqat matn uzatishga moslashganligi singari kamchiliklarini, Bell ixtiro qilgan telefon apparati to’ldirdi. Popov ixtiro qilgan radioto’lqinlarni masofaga maqsadli uzatish texnologiyasi, axborot kommunikatsiya texnologiyalari olamida yana bir o’ziga xos burilish yasab berdi. Zvorikinning elektron nur trubkasi jamiyatni axborotlashtirishning eng samarali vositalaridan biri – televideniye davrini boshlab bergan bo’lsa, XX asrning 60-70 yillarida EHMlarning rivojlanishi asnosida yuzaga kelgan, kompyuter va tarmoq texnologiyalari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyotining mantiqiy davomi sifatida yuzaga chiqdi.
Endilikda internet va uning ilg’or texnologiyalari qo’llanilmagan, foydalanilmagan soha «qoloq» sifatiga mansub desak ajablanmang! Zero, internet taqdim etayotgan qulayliklar tufayli, bugun biz, faqat qo’shni viloyatdagi yaqinlarimizgagina emas, balki, boshqa materikdagi tanish-bilishlarimizga ham videoqo’ng’iroqlar qilishimiz, foydalanilgan xizmatlarga haq to’lashimiz, mahsulotlarga buyurtma berishimiz va sotib olishimiz - tobora oddiy kundalik holatga aylanib bormoqda. Internet bizlarga taqdim etayotgan eng oddiy interaktiv xizmat – elektron xat-xabar almashinuv (e-mail yoki, ijtimoiy tarmoqlar)dan boshlab, elektron kutubxona (e-Library), elektron masofaviy ta’lim (e-learning) kabi, hamda, elektron tijorat (e-commerce), elektron to’lovlar (e-Payment), elektron birja (e-Exchange) kabi ilg’or interaktiv xizmat turlari, jamiyat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga jadallik bilan kirib kelib bo’ldi. Endilikda, tomonlardan birining (yoki ikkisining ham) shaxsan hozir bo’lishi talab etilmaydigan xizmat ko’rsatish sohalarida internetni joriy qilish, ham iqtisodiy ham ma’naviy jihatdan maksimal samaradorlik beradigan darajaga erishmoqda. Umumiy xulosa qilib aytganda, internet, axborot kommunikatsiya texnologiyalari olamidagi o’z ajdodlarining barcha yutuq va imkoniyatlarini o’zida jamlagan, va ulardan farqli ravishda, bir tomonlama axborot taqdim etish vositasigina bo’lib qolmay, balki, interfaol, ko’p qirrali kommunikatsion vosita sifatida yuksak samaradorlik potensiali namoyon qilmoqda.
Bugungi kunda Davlat soliq qo‘mitasining «Elektron davlat xizmatlari — my.soliq.uz» portali orqali 35 turdagi elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Elektron davlat xizmatlaridan 15 tasi — axborot davlat xizmatlari, 20 tasi — interaktiv davlat xizmatlari tarkibiga kiradi. Portalda yuridik, jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq to‘lovchining «shaxsiy kabinet»lari joriy etilgan.
Soliq tizimidagi interaktiv xizmatlar orqali soliq to‘lovchining «shaxsiy kabineti» yordamida murojaatlarni yo‘llash, soliq organlarida hisobga turish, nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ortiqcha soliq to‘lovlarini qaytarish to‘g‘risida arizalarni jo‘natish, soliq hisobotlari va deklaratsiyalarni elektron ko‘rinishda yuborish, soliq qarzi mavjud emasligi, soliq organlarida hisobda turganligi (STIR), O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lganligi to‘g‘risida va boshqa ma’lumotnomalarni olish mumkin.
  • Interaktiv xizmatlar tushunchasi. Interaktivlik orqali foydalanuvchi moddiy, ma‟naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axboriy va ishlab chiqarishning turli manbalaridan ko„riladigan manfaat mavjud bo„lsa, unga interaktiv xizmat qilingan deb tushuniladi. Ya‟ni, kompyuter dasturlari orqali foydalanuvchiga interaktiv xizmat tashkil etilgan deb tushuniladi. Internet tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmat turlari. Hozirgi vaqtda, Hukumatimiz tomonidan interaktiv xizmatlarni shakllantirish, tashkil etish va ularni boshqarishga katta e‟tibor berilmoqda. Interaktiv xizmatlarni tashkil etishning eng tez va yaxshi yo„li, bu, ularni internet tarmoqlari orqali amalga oshirish hisoblanadi. Internet tarmog„i orqali ko„rsatiladigan interaktiv xizmat turlariga quyidagilar kiradi: Transport vositalarning harakatlanish jadvali. Respublikadagi transport vositalarini harakatlarini ifodalash jadvali bir nechta saytlarda berilgan. Foydalanuvchi saytdan o„ziga maqul transport vositalarini qatnovi jadvallari haqidagi ma‟lumotlarni topadi. Quyida ushbu web sahifalarni keltirilgan:

  • http://www.orexca.com– sayyohlar uchun mo„ljallangan web sahifa; http://www.tgpt.uz– toshkent shahridagi transport vositalari haqidagi web sahifa; http://www.goldenpages.uz/- O‟zbekiston transport qatnovi reys jadvallari sahifasi. Avia reyslar jadvali. Avia reyslari bo„yicha ma‟lumotlar jadvalini aniqlash, ulardan foydalanish uchun http://uzairways.com- O‟zbekiston xavo yo„llari aviya kompaniya web sahifasiga murojat qilinadi. Saytda xalqaro va O‟zbekiston miqyosidagi aviya qatnov jadvallari keltirilgan.

E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT!
Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling