Mavzu: davlat kredit turlari re’JA


Download 63.46 Kb.
bet1/12
Sana29.10.2023
Hajmi63.46 Kb.
#1732825
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu davlat kredit turlari re’JA-fayllar.org


Mavzu: davlat kredit turlari re’JA

Mavzu:DAVLAT KREDIT TURLARI
RE’JA
1 Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari.
2 Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyati.
3Kreditning turlari va shakillari.


KIRISh
Insoniyat turmush tarzini banklar xizmatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki banklar xo’jalik subyektlarini kredit mablag’lari bilan ta’minlab, ijtimoiy sarmoyani qayta taqsimlash jarayonida vositachi sifatida qatnashadi va jamiyat miqyosida umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Aynan shu jarayonda bank va mijoz o’rtasida qonun talabi va me’yoriy hujjatlar asosidagi, turli shakl va usulga ega munosabatlar yuzaga keladi. Bu munosabatlar jahon andazalari talabida shakllanishi va huquqiy tenglik asosida rivojlanib borishi davr talabi bo’lib, endilikda banklar faoliyatining rivoji bevosita mijozlar faoliyatiga bog’liqdir.
Ma’lumki, respublikamiz mustaqillikka erishishi bilan, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda banklar tomonidan berilayotgan kreditlarning ahamiyati beqiyos darajada oshib bormoqda. Bank kreditlari yordamida iqtisodiyotning muhim tarmoqlari rivojlantirilmoqda, yangidan-yangi korxonalar barpo etilmoqda va aholi uchun qo’shimcha ish joylari tashkil qilinmoqda, ilg’or texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlar joriy etilmoqda, yangidan-yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda.
Har qanday taraqqiyot jarayoni qarama-qarshiliklar, muammolar asosida mukammallashib boradi. Mamlakatimiz banklari taraqqiyot jarayonini ham muammolardan xoli deb bo’lmaydi. Ushbu muammolarning bank faoliyatiga salbiy ta’sir etish doiralarini aniqlash va bartaraf etish bizlardan ijodiy izlanishni talab etadi.
O’zbekiston tijorat banklari bilan aholi o’rtasidagi kredit munosabatlarining rivojini tavsiflovchi ko’rsatkichlar sur’atini tahlil qilish muammoli kreditlarning yuzaga kelayotganligini namoyon qilmoqda. Bunday ahvolning yuzaga kelishiga sabab bo’lguvchi omillar qatoriga qo’yidagilarni kiritish mumkin:
1.Ssudadan boshqa maqsadalarda foydalanish yoki aholining bank oldidagi qarzini o’z vaqtida qaytarmaslik kabi holatlarning tez- yuz berib turishi;
2.Bankning foiz siyosati , qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholashdagi kamchiliklar va hokazolar.
Mazkur yuqoridata’kidlab o’tilgan omillar ta’sirini pasaytirish chora-tadbirlari hamda kredit turlari va shakillari rivojlantirish istiqbollarini o'z ichiga oladi.
Bundan maksad, Respublikamiz tijorat banklari kredit siyosatinin. amaldagi holatini tahlil qilish va banklararo raqobatni rivojlantirish sharoitida kredit turlari va shakllarini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritib berishdan iborat.


Download 63.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling