Mavzu: davlat kredit turlari re’JA
Muddati uzaytirilgan kredit
Download 63.46 Kb.
|
Mavzu davlat kredit turlari re’JA-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muddati o’tgan kreditlar
- Alohida ssuda hisob-raqami
- Lombard krediti
- Overdraft hisob-raqami
Muddati uzaytirilgan kredit - ayrim hollarda kreditni qaytarish muddati kelmasdan avval qarzdor tomonidan bankka taqdim etilgan iqtisodiy asoslangan yozma iltimosnoma asosida kreditni qaytarish muddatini keyinroqqa surilishi to’g’risida filial kredit komissiyalari qarorlari asosida Bosh bank kredit qo’mitasi bilan kelishilgan holda ijobiy qaror qabul qilingan qarzlar.
Muddati o’tgan kreditlar - kredit shartnomasida belgilangan qaytarish muddati, shuningdek, garchi ularning muddati uzaytirilgan bo’lsa, uzaytirish muddati ham tugagan qarzlardir. Muddati o’tgan kreditlar iqtisodiy mohiyatiga ko’ra qayta rasmiylashtirilgan hisoblanadi, chunki kredit shartnomasida muddati o’tqazib yuborilganligi uchun oshirilgan foiz stavkalarini qo’llash ko’zda tutiladi. Alohida ssuda hisob-raqami orqali berilgan kreditlar muddati o’tgan hisob raqamiga kreditni qaytarish muddati o’tgan va hisob raqamida mablag’lar mavjud bo’lmagan taqdirda o’tkaziladi. Kontokorrent hisob-raqamidan berilgan kreditlar kredit shartnomasida ko’rsatilgan muddatda qaytarilmagan va 12 oy muddat tugagandan keyin kredit saldo yopilmagan bo’lsa muddati o’tgan hisoblanadi Lombard krediti kredit shartnomasida ko’rsatilgan muddatda qaytarilmagan bo’lsa, muddati o’tgan hisob raqamiga o’tkaziladi. Kredit shartnomasida imtiyozli davr o’rnatilgan bo’lsa, “Garov to’g’risida” gi qonunga muvofiq garov predmetini muomaladan olib qo’yishga ruxsat berilmaydi. Overdraft hisob-raqami orqali berilgan kreditlar har oyning oxirida kredit saldo qoldig’i bilan ta’minlanmagan bo’lsa kelasi oydan boshlab yoki shartnomada ko’rsatilgan muddatda qaytarilmagan bo’lsa muddati o’tgan hisoblanadi. V. Miqdori bo’yicha kreditlarning quyidagi turlari mavjud: V.1. Mikro-kreditlar: Mikrokredit - qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoridan oshmaydigan ssudadir. Boshlang’ich (start) sarmoyasini shakllantirish uchun mikrokreditlar: - yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan tadbirkorlik subyektlari uchun eng kam oylik ish xaqining 50 baravarigacha miqdorda; - mikrofirmalar va dexqon xo’jaliklari uchun (yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan) eng kam oylik ish xaqining 100 baravarigacha miqdorda; - fermer xo’jaliklari uchun eng kam oylik ish xaqining 200 baravarigacha miqdorda beriladi. Download 63.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling